Pаtologik fiziologiya kаfedrаsi
Menu Close Menu

Pаtologik fiziologiya kаfedrаsi

Samieva Gulnoza Utkurovna
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba–Shanba soat 9:00-15:00
Теl: + 99890-605-77-44
E-mail: Samg83@rambler.ru
Manzil: SamMI 1-klinikasi, Morfologiya korpusi, 3-qavat

KAFEDRA A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.SH Lavozimi
Xaydarova Dilorom Safoevna Dotsent
Lapasova Zebiniso Xidirovna O’qituvchi
Kurbonova Gulbaxor Aslamovna O’qituvchi
Abdirashidova Gulnoza Ablakulovna O’qituvchi
Tairova Sakina Baxodirovna O’qituvchi
Pardaeva Zilola Suvankulovna O’qituvchi
Narzulaeva Umida Raxmatulloevna O’qituvchi
Mavlyanova Umida Nematovna O’qituvchi
Eshniyazov Otabek Namazovich O’qituvchi
Kurbanov Golib Tolmasovich O’qituvchi
Sattarova Sabina Zavkievna O’qituvchi
Saidova Feruza Salomovna O’qituvchi
Nasirova SHaxlo SHavkatovna O’qituvchi

KAFEDRA TARIXI


  Patofiziologiya kafedrasi 1930 yilda tashkil topgan bo‘lib, u avval Engel’s №84 (xozir Maxmud Koshkariy) ko‘chasida joylashgan. 1993 yilda kafedra O‘zbek Davlat tibbiyot instituti O‘zbek Davlat universiteti tarkibiga tibbiyot fakul’teti shaklida kushilgandan keyin, universitet korpuslarini birida joylashgan. 1942 yilda esa u Frunze №18 (Amir Temur) ko‘chasidagi tibbiyot instituti bosh binosiga ko‘chirilgan. 1963 yilda kafedra Jitomir, 6 (Ankaboy) ko‘chasidagi F.Xodjaev nomli klinik shifoxonasi xududidagi morfologik korpusning 3 qavatida joylashtirilib, xozirgacha shu erda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedraning birinchi mudiri dotsent Xakim Raimovich Farxadi bo‘lgan. 1927 yilda Moskva davlat universiteti tibbiyot fakul’tetini a’lo baxolar bilan tugatib, I.P.Pavlov eksperimental laboriyatoriyasi xodimi bo‘lib ishlagan. 1929-1930 yillarda Toshkent tibbiyot instituti fakultativ terapiya klinikasi ordinatori, 1930 yil may oyidan X.R.Farxadi SamDTI patologik fiziologiya kafedrasida oldin assistent, dotsent, keyin kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. Kafedra mudiri lavozimida 1952 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. X.R. Farxadi raxbarligida 4 nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan. Uning ishlaring asosiy yo‘nalishi allergiya va to‘qima terapiyasiga bag‘ishlangan.
  X.R.Farxadidan keyin kafedraga tibbiyot fanlari doktori Ivan Polikarpovich Miщinko raxbarlik qilgan. 1922 yilda u Xarkov tibbiyot institutiga prof. A.V.Reprev raxbarlik kilayotgan patofiziologiya kafedrasiga assistent qilib ishga olinadi, “O protsessax sinteza va analiza v rakovom organizme po dannыm azotistogo obmena,, mavzusiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Mishenko I.P. ko‘p yillar davomida Ukraina rentgen-radiologiya va onkologiya ilmiy-tadkikot institutining eksperimental-biologik markaziga raxbarlik qiladi. U 107 ilmiy ishlar muallifi,bu ishlar rus, ukrain, nemis va fransuz tillarida chop kilingan. Prof. I.P.Mishenko 1950 yildan 1965 yilgacha Samarqand tibbiyot institutining patologik fiziologiya kafedrada mudir bo‘lib ishlagan. Uning raxbarligida 3 ta doktorlik va 22 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.
  1965 yilni oktyabr oyidan boshlab SamDTI patofiziologiya kafedrasiga professor Raim Pulatovich Pulatov raxbarlik qilgan. 1930 yili Samarqand tibbiyot institutiga kirib, talabalik yillaridayoq faol ijtimoiy faoliyat olib boradi va institut komsomol tashkilotining birinchi kotibi bo‘lib ishlaydi va patologik fiziologiya kafedrasida ishga qoldiradi. 1939 yilda «Novыy biolgicheskiy metod diagnostiki beremennosti» mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1940-1941 yillari Samarkand viloyati sog‘liqni saqlash bo‘limini boshqaradi. 1941-1944 yilda esa Toshkent Davlat tibbiyot institutida direktor bo‘lib ishlaydi. 1944 yildan 1955 yilgacha Irkutsk oblastini rayonlarida rentgenolog, terapevt, ftiziator, teri-tanosil shifokori bo‘lib ishlaydi. 1956-1957 yillar mobaynida Andijon viloyati sil dispanseri bosh vrachi o‘rinbosari sifatida, 1957-1960 yilarda esa Andijon Davlat tibbiyot instituti patofiziologiya kafedrasining tashkilotchisi va mudiri bo‘lib ishlaydi. 1960 yilda R.P.Pulatov O‘zbekiston sil ilmiy – tadqiqot institutining Namangan filiali tashkilotchisi va 1965 yilgacha uni derektori bo‘lib faoliyat yuritgpn. 1965 yilni oktyabrdan SamDTI patofiziologiya kafedrasining mudiri bo‘lib ishlay boshlaydi. 1970 yilni yanvar oyida «Materialы po organizatsii sanatoriy dlya reabilitatsii i vliyanie trudovыx protsessov na funksionalnoe sostoyanie nekotorыx sistem u bolnыx tuberkulezom legkix» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 1973 yilda patofiziologiya bo‘yicha professor unvonini oladi. R.P.Pulatov bir vaqtda SamDTI Markaziy ilmiy- tadqiqot laboratoriyasini (MITL) mudiri sifatida xam 1972 yilga qadar ishlaydi. R.P.Pulatov ilmiy ishlarining asosiy yo‘nalishi oshqozon –ichak patologiyasini modullashtirishdan iborat. Uning raxbarligida 11 ta kandidatlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan, u 120 tadan ortiq ilmiy ish chop qilgan.
1979 yil 9-oktyabrda patofiziologiya kafedrasi negizida davolash fakulteti patofiziologiya kafedrasi (mudiri prof. R.P.Pulatov) va pediatriya fakulteti patofiziologiya kafedrasi (prof.O.A.Xusinov) tashkil qilinadi. Prof R.P.Pulatov vafot qilgandan keyin, ikkala fakultet patofiziologiya kafedralari biriktirilib, 1982 yil 11 oktyabrdan boshlab bitta patofiziologiya kafedrasi tashkil kilinadi va uning mudiri etib prof.O.A.Xusinov saylanadi.
  Prof. Otaboy Avezovich Xusinov 1950 yili SamDTI o‘qishga kirgan, uni 1956 yili alo baxolar bilan tugatadi va patofiziologiya kafedrasida aspiranturada qoldiradi. 1960 yili prof.I.P.Mishenko raxbarligida «Morfologicheskie i funksionalnыe izmeneniya v legkix sobak pri povrejdenii razlichnыx otdelov blujdayushego nerva» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 1957 yildan boshlab u bir vaktda kafedrada assistent bo‘lib xam ishlaydi. 1964 yili dotsent unvonini oladi. 1966-1969 yillari Moskva sil kasalliklari ilmiy-tadkikot institutida katta ilmiy xodim sifatida ishlaydi. Prof.I.M.Bondarev raxbarligida “Gormonы korы nadpochechnikov i evolyusiya eksperimentalnoy tuberkuleznoy kavernы legkogo” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini tugatib, uni 1972 yili muffakiyatli ravishda yoqladi.1973 yildan tibbiyot fanlari nomzodi,1966 yildan patologik fiziologiya kafedrasi professori. 1979 yildan boshlab oldin pediatriya fakulteti patofiziologiya kafedrasini, keyin davolash va pediatriya fakultetlari birlashgan patofiziologiya kafedrasini mudiri bo‘lib ishlaydi. 1983-1985 yillarda bir vaqtda institut MITL ni xam boshkaradi. U 4 ta xalkaro ilmiy anjumanlar, simpozum va konferensiyalar ishtirokchisi. Bu anjumanlarda prof. O.A.Xusinov tomonidan sil kasalligini o‘ta muxim masalalari, pestitsidlar tasirida qator patologik jarayonlarni (o‘pka sili, zotiljam kasalligi, reperativ regeneratsiya) kechish xususiyatlari batafsil yoritilgan. 1990 yilda u O‘zbekiston Respublikasi «Faxriy yorlig‘i» bilan taqdirlandi. O‘tkazilgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha prof.O.A.Xusinov raxbarligida 13 ta nomzodlik dissertatsiyasi va 1 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlangan va yoklangan. O.A.Xusinov 1983 yilda kafedra bazasida 3-butun ittifoq neyroendokrinologlar anjumanini o‘tkazishiga erishdi va bu institut xayoti va tarixida katta iz koldirdi.
  2012 yildan fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri etib t.f.n. dotsent Karabaev Aminjon Gadaevich saylandi. Karabaev A.G. 1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1990 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi anesteziolog-reanimatolog. 1990 patologik fiziologiya kafedrasi assistent lavozimida va Samarqand bolalar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida ishlagan. 1999 doktorlik "Morfofunksionalnыe izmeneniya v gopotalamo-gipofizarno-neyrosekretornoy sisteme v protsesse umiraniya i ojivleniya" mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan. 2000 yildan kafedra dotsenti lavozimida ishlagan. 2001 -2003 yillarda SamDTI Markaziy ilmiy-tadqiqot markaziga rahbarlik qilgan va shoshilinch tibbiy yordam markazida anesteziolog va reanimatolog bo‘lib ishlagan. 2003-2005 yillarda patologik fiziologiya kafedrasida dotsent, 2005-2012 yillarda fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2012-2017 yillarda Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan. 120 dan ortiq ilmiy ishlarga ega. 12 ta tibbiyot amaliyotida vnedreniy, 5 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya muallifi.
  2017 yildan buyon Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudirligiga tibbiyot fanlari doktori Samieva Gulnoza Utkurovna tayinlandi. Samieva Gulnoza Utkurovna 1983 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan.1999 yili SamDTI o‘qishga kirgan, uni 2006 yili alo baholar bilan tugatadi va Otorinolaringologiya kafedrasida magistraturaga o‘qishga kirdi. 2017 yili prof. X.E. Karabaev rahbarligida «Sovreshenstvovanie kompleksnoy diagnostiki, lecheniya i profilaktiki stenoziruyuщix laringotarxeitov u detey» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 2017 yildan boshlab Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudirligiga tayinlandi. G.U. Samieva kafedrada pedagogik jarayonni zamon talabiga ko‘tarishda katta ishlar qilayapti. Kafedrada G.U. Samieva tashabbusi bilan TIJ faoliyati jadallashdi. Oxirgi o‘quv yillarida talabalar doimiy ravishda fiziologiya va patologik fiziologiya fanlaridan faxrli o‘rinlarni egallashmoqda. dots. G.U. Samieva tashabbusi bilan fiziologiya va patologik fiziologiya fanini o‘qitishda tibbiyotga kirish amaliy ko‘nikmalari bevosita SamMI 1-klinikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib borilmoqda. Oxirgi 3 yilda kafedra xodimlari tomonidan maqolalar, tezislar tayyorlanishi va chop etilishi, o‘quv qo‘llanmalar nashr qilinishi sezilarli darajada oshdi. 3 ta xodim mustaqil tadqiqotchi sifatida t.f.d., dots. Samieva G.U. rahbarligi ostida ilmiy izlanishlarni boshlashdi. 2019 o‘quv yilida Oliy Ta’lim Vazirligiga yuborilgan talabnoma asosida Fiziologiya va patologik fiziologiya yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga qabul boshlandi.
  2020 yil Normal va patologik fiziologiya kafedrasi “Fiziologiya” va “Patologik fiziologiya” kafedralariga ajraldi. Dots. Samieva G.U. Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri bo‘lib faoliyat yuritmoqda. T.f.d., dots. Samieva G.U. bilan birga ishlayotgan xodimlar: dots.D.S.Xaydarova, assistentlar: Lapasova Z.X., Kurbonova G.A., Abdirashidova G.A., Tairova S.B., Pardaeva Z.S., Narzullaeva U.R., Kurbonov G.T., Mavlyanova U.N., Eshniyazov O.N., Sattarova S.Z., Saidova F.S., Nasirova SH.SH. pedagogik va ilmiy ishlarni yo‘lga qo‘yilishi va olib borilishida katta yordam ko‘rsatmokdalar.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr – muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir institutda o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. SHuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garaklar, klub va yig‘inlarni tashkil etiladi. SHu bilan birga kafedra o‘qituvchilari talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishida ham ishtirok etishadi.
  Kafedra yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda institutning jamoat tashkilotlari ya’ni institut YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, YOshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan chambarchas holda faoliyat olib boradi.
Patologik fiziologiya kafedramizda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan etuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
  Kafedramizda olib boriladigan ma’naviyat va ma’rifat shlarining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.
  Patologik fiziologiya kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishning asosiy yo‘nalishlari:
– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
– talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
– talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
– talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
– talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
– manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish. Patologik fiziologiya kafedrsidagi ma’naviy va ma’rifiy ishlardan lavhalar



1.
« Ларинготрахеиты у детей » monografiya – Samieva G.U., SHamsiev A.M.
2. « Физиология сенсорных систем » o‘quv uslubiy qo‘llanma – Samieva G.U., Nasretdinova M.T.
3. «Eshitish va muvozanat analizatori fiziologiyasi» o‘quv qo‘llanma – Samieva G.U., Narzulaeva U.R., Abdirashidova G.A.
4. « Патофизиология иммунодефицитных состояний » o‘quv uslubiy tavsiyanoma – Samieva G.U., Pardaeva Z.S., Abdirashidova G.U.
5. «Ovkat xazm qilish tizimi fiziologiyasi» o‘quv uslubiy qo‘llanma – Samieva G.U., Kurbonov G.T., Nurimov P.B.
6. « Патофизиология лимфатической системы » o‘quv uslubiy tavsiyanoma – Samieva G.U., Kurbonova G.A., Abdirashidova G.A.
7. «Issiq iqlimda kechuvchi gipertoniya kasalligi boshlang‘ich bosqichlarida gemoreologik va dislipidemik buzilishlar va ularni korreksiyalashda sog‘lom turmush tarzini faol qo‘llashning ahamiyati» uslubiy tavsiyanoma – Narzulaeva U.R., Samieva G.U., Abdirashidova G.A.
8. « Немедикаментозная коррекция дислипидемических расстройств и артериальной гипертензии на раннем этапе развития гипертонической болезни у лиц молодого возраста » uslubiy tavsiyanoma – Samieva G.U., Narzulaeva U.R., Abdirashidova G.A.
9. « Мигрень » monografiya – Xaydarova D.S.
10. «Patologiya» o‘quv qo‘llanma – Samieva G.U., Abdirashidova G.A., Kurbonova G.A.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Patologik fiziologiya kafedrasida 14 nafar professor – o‘qituvchilar, SHulardan 1 nafar tibbiyot fanlari doktori, 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat olib boradi: kafedra mudiri t.f.d., dotsent Samieva G.U., t.f.n. dotsent Xaydarova D.S., assistentlar: Lapasova Z.X., Kurbanova G.A., Abdurashidova G.A., Toirova S.B., Narzullaeva U.R., Mavlyanova U.N., Kurbonov G.T, Eshniyazov O.N., Sattarova Z.S., Nasirova SH.SH., Saidova F.S.lar uzlarining pedagogik faoliyatlarini olib bormoqda.
  Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor - o‘qituvchilarning 2 tasi: 1 ta tayanch doktorant Kurbonov G.T (ilmiy rahbar: t.f.d. prof. Iriskulov B.U.) “Характеристика пролиферативной стадии восполения при асептическом повреждении верхних дыхательных путей” mavzusidagi 14.00.16 – shifrli, Patologik fiziologiya ixtisosligi buyicha, va 1 ta mustakil izlanuvchi Narzulaeva U.R (ilmiy rahbar t.f.d, dots. Samieva G.U) “Issik iqlimda kechuvchi gipertoniya kasalligi boshlang‘ich bosqichlarida dislipidemik va gemoreologik buzilishlar va ularni korreksiyalash” mavzusidagi 14.00.05 – shifrli, ichki kasalliklar ixtisosligi buyicha (PhD) ilmiy tadkikot ishlarini olib bormokda. Boshqa o‘qituvchilar ham ilmiy tadqiqot ishi mavzularini tasdiqlatish bosqichida.