Dаvolаsh fаkulteti pediаtriya kаfedrаsi
Menu Close Menu

Dаvolаsh fаkulteti pediаtriya kаfedrаsi

Garifulina Lilya Maratovna

Tibbiyot fanlari nomzodi, dosent


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 15:00
Tel: +998915497971
E-mail: ms.garifulina77.mail.ru
Manzil: Samarqand shahar, A. Ikromov ko‘chasi, 9 a uy

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Garifulina Lilya Maratovna Kafedra mudiri, t.f.n., dosent
Rasulov Saydullo Qurbanovich d.m.n., dosent
Qudratova Gulsara Najmiddinovna t.f.n., dosent
Ishkabulova Gulchexra O‘ktamovna t.f.n., assistent
Sanaqulov Abdulatif Burxanovich assistent
Haydarova Xadicha Remizovna assistent
Ashurova Maqsuda Jamshedovna assistent
G‘oyibova Nargiza Salimovna assistent
To‘raeva Dilafruz Xolmuradovna assistent
Xolmuradova Zilola Ergashovna assistent

KAFEDRA TARIXI


  Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash fakul'teti bolalar kasalliklari kafedrasi 1933 yilda institutning ilk kafedralari qatorida SamMI klinikasida bolalar kasalliklari bo‘limi bazasida tashkil qilingan. Keyinchalik bu kafedradan boshqa bir qator kafedralar ajralib chiqqan. Kafedra tashkil qilingan yilida tajribali vrachlar dastlab V.A. Razlovskiy, keyinroq A.N. Kiselev va G.Yu. Barevich rahbarlik qilishgan. 1935 yildan 1950 yilgacha kafedrani professor A.N. Ivanov boshqargan. professor A.N. Ivanov rahbarligida ilmiy muammo yo‘nalishi sifatida bolalarda periferrik qon holati va suyak iligida qon hosil bo‘lishi o‘rganilgan. Uning rahbarligida 1937 yilda O.A. Korneteva qon quyish tajribasini umumlashtirish, 1944 yilda V.I. Gofman limfositlar, meningit va ushbu kasallikda orqa miya suyuqligini o‘zgarishlarini differensial diagnostik ahamiyati haqida ilmiy ishlarini yakunlaganlar. Bolalar kasalliklari kafedrasiga dos. B.X. Qoraxo‘jaev ikki marta rahbarlik qilgan. Birinchi marta 1950-1954 yillari, ikkinchi marta 1958-1977 yillarda. Dosent M.A. Mirzamuxammedov 1954 yildan 1957 yilgacha bolalar kasalliklari kafedrasiga mudirlik qilgan.
  B.X. Karaxodjaev bolalarda malyariya kasalligida uglevod va pigment modda almashinuvidagi o‘zgarishlarini ifodalab berdi. Uning rahbarligida 14 kishi tibbiyot fanlari nomzodlik darajasi uchun dissertasiya himoya qilgan. Asosan ikki yo‘nalishda ilmiy izlaniy olib borishgan: bolalarda revmatizm kasalligi kechadigan o‘zgarishlar; bolalarda ovqatlantirishni surunkali buzilishi Davolash fakul'teti bolalar kasalliklari kafedrasiga 1977 yildan X.M. Mamatqulov mudirlik qilgan. Uning rahbarligida 11 ta nomzodlik dissertasiyasi tibbiyot fanlari nomzodlik darajasi uchun dissertasiyasi va 2 ta doktorlik dissertasiyasi yoqlandi.
  Prof. H.Mamatqulov fakul'tet peditriya kafedrasining mudiri qilib tayinlanganligi sababli davolash fakul'teti bolalar kasalliklari kafedrasining mudiri qilib 1988 yil dosent S.K. Abduraxmonova saylandi. 1994 yilda «Kichik yoshdagi bolalarda nefropatiyaning tarqalishi, klinik geneologiyasi va bioximik xarakteristikasi» degan mavzusida doktorlik dissertasiyasini muvofaqqiyatli himoya qiladi va unga 1995 yilda professor ilmiy unvoni beriladi. Uning tomonidan 77 ta ilmiy maqola, 1 ta monografiya («Bollalarda dismetabolik nefropatiya») chop etilgan, 3 ta ixtiroga patent olgan. Shu kafedrada Abdullaeva M.N. 1992 yilda professor Shabalov N.P. va professor Mamatqulov X.M. rahbarligida «Aktivnost' proteoliticheskix sistem krovi etkozonodov immunokompleksnix mexanizmov i ix korreksiya pri ostroy pnevmonii u detey rannego vozrasta» mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqladi. 1995 yilda bugungi kunga qadar yangi tashkil qilingan neonatologiya kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
  2000 yildan 2004 yilgacha kafedra bolalar kursi sifatida 1-son bolalar kasalliklari kafedrasiga qo‘shilgan (kafedra mudiri prof. Mamatkulov X.M.) 2004 yil iyun' oyidan boshlab alohida davolash fakul'teti bolalar kasalliklari kafedrasi bo‘lib faoliyat yurita boshladi va mudir etib t.f.d. professor Bobomuratov T.A. saylandi. Bobomuratov T.A. 1987 yilda SamTI pediatriya fakul'tetini bitirgan. professor X.M. Mamatqulov rahbarligida 1994 yilda «Kichik yoshli bolalar bronx-o‘pka kasalliklarini kompleks davolashda regional limfatik terapiya i tor spektrli infrakizil nurlarini qo‘llash» mavzusida doktorli dissertasiyasini himoya qilgan.
  2009 yilning 3-sentyabridan fakul'tet pediatriya kafedrasi tarkibida davolash fakul'tetining bolalar kaslliklari kursi tashkil etildi. Kurs mudiri etib, t.f.d. Rasulov S.K. tayinlandi.
  2014 yildan hozirgi kunga qadar kafedra mudiri sifatida dosent Garifulina L.M. tayinlandi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida o‘tkaziladi. Rejaga muvofiq, tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport o‘yinlariga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkaziladi. Bizning kafedraga biriktirilgan davolash fakul'teti murabbiylik guruhlari bilan har bir kafedra xodimi rejaga asosida ishlar olib boradi. Guruh murabbiylari murabbiylik guruhlari talabalarining yashash sharoiti bilan tanishib chiqadi. Har bir murabbiyda guruh studentlari haqida to‘liq ma'lumotlar mavjud va guruhlar bilan doimiy ravishda muloqotda bo‘ladi. Murabbiylik guruhlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, tarixiy obidalar va muzeylarga borildi. Haftaning har payshanba kuni guruhlar uchun “Axborot soatlari” ma'lumotlari bilan anishtiruv o‘tkaziladi.

Murabbiylik guruhi bilan Registon maydonida

Murabbiylik guruhi bilan Registon maydonida

Kafedra xodimlari “Navruz” bayrami tadbirlarida


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedra xodimlari tibbiyot instituti talabalari uchun ko‘plab darsliklar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va shifokorlar uchun uslubiy ko‘rsatmalar mualliflari hisoblanishadi. Faqatgina 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 40 dan ziyod o‘quv-uslubiy tavsiyalar, 5ta klinik qo‘llanma , 4ta monografiya va “Bolalarda uchraydigan somatik kasalliklar” nomli o‘quv qo‘llanma chop qilingan


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedrada mustaqil izlanuvchi Garifulina L.M. tomonidan ilmiy yo‘nalishda tadqiqot ishi olib borilmoqda. Mavzu: «Kompleksnaya osenka proyavleniy metabolicheskogo sindroma u detey i podrostkov. Sovershenstvovanie diagnostiki, metodov profilaktiki i korreksii». Rahbar: t.f.d., professor Rustamov M.R.
  Kafedrada mustaqil izlanuvchi Ashurova M.J. tomonidan ilmiy yo‘nalishda tadqiqot ishi olib borilmoqda. «Osobennosti formirovaniya metabolicheskix i kardiovaskulyarnix rasstroystv pri defisite vitamina D na fone ojireniya u detey»
  Kafedrada mustaqil izlanuvchi Goyibova N.S. tomonidan ilmiy yo‘nalishda tadqiqot ishi olib borilmoqda. «Osobennosti porajeniya strukturnix i parsial'nix funksiy pochek u detey na fone ojireniya i izbitochnoy massi tela».
  Kafedrada mustaqil izlanuvchi Turaeva D.X. tomonidan ilmiy yo‘nalishda tadqiqot ishi olib borilmoqda. "Kliniko-metabolicheskaya xarakteristika gepatobiliarnoy sistemi u detey s izbitochnoy massoy tela i ojireniem, optimizasiya terapii"
  Kafedrada mustaqil izlanuvchi Xolmuradova Z.E. tomonidan ilmiy yo‘nalishda tadqiqot ishi olib borilmoqda. "Osobennosti realizasii patologii serdechno-sosudistoy sistemi v zavisimosti ot nalichiya izbitochnoy massi tela i ojireniya u detey".
  Kafedra xodimlari tomonidan xalqaro va respublikamiz jurnallarida maqola va tezislar chop etilmoqda. Xalqaro va Respublikamizda o‘tkazilgan konferensiyalarda, anjumanlarda ishtirok etishmoqda.