2 - pediatriya, neonatologiya kursi bilan kafedrasi
Menu Close Menu

2 - pediatriya, neonatologiya kursi bilan kafedrasi

AXMEDJANOVA NARGIZA ISMAILOVNA

Kafedra mudiri: tibbiyot fanlari doktori, dosent


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 14:00-15:00
Tel: +998902827950
E-mail: nargizaaxmedjanova80@gmail.com
Manzil: Samarqand sh., G’iyosiddin Jamshid ko’chasi 21 uy

KAFEDRA A'ZOLARI


F. I. SH. Lavozimi
Yuldashev Botir Axmatovich
Aralov Mirza
Axmatov Ablokul
Ergashev Abdurashit Xursanovich
Ruziqulov Norqul Yokubovich
Raxmanov Yusup Abdullayevich
Abdurasulov Foziljon Pardayevich
Mamatkulova Feruza Xamidovna
Axmatova Yulduz Ablakulovna
Murodova Malika Djamolovna

KAFEDRA TARIXI


  2-gospital pediatriya kafedrasi 1981 yilning 22 sentyabrida SamDTI rektori (prof. S.A.Aripov) ning 105-0 sonli buyrugi asosida tashkil qilingan. Kafedra mudirligiga yosh olim, tibbiyot fanlari doktori J.Eshqobilov tayinlandi. J.Eshkobilov kafedra tashkil etilishidan oldin sobiq Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasining xaqiqiy a’zosi, professor V.A.Tabolin konsultantligida «Zabolevaniya pochek u detey v usloviyax jarkogo klimata Uzbekistana» («O’zbekistonning issiq iklim shiroitida bolalarda buyrak kasalliklari») mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. YAngi tashkil qilingan kafedraga shu yili oktyabr oyida kafedra mudirining ustozi V.A.Tabolin tashrif buyurdi. Professor V.A.Tabolin kafedra bazasi – shahar bolalar klinik shifoxonasida kafedra xodimlari, shifoxona ordinatorlari va talabalar ishtirokida bemorlar ko’rigi va konsultatsiyalar utkazdi.

SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi, prof. V.A. Tabolin kafedrani yangi bazasida bemorlarni klinik kurigi (1 – sonli Samarqand shahar bolalar klinik shifoxonasi, (1981))


SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining akademigi, prof. V.A. Tabolin (1981).

  Kafedra jamoasii bilan muloqotda V.A.Tabolin ilmiy yo’nalish sifatida «Bolalarda irsiy va orttirilgan buyrak kasalliklari» mavzusini tavsiya etar ekan, o’zbek populyasiyasida inbriding (qarindosh nikoh) koeffitsenti yuqoriligi bois siydik tizimi a’zolari patologiyasining irsiy aspektlarini, shuningdek O’zbekistonning siydik tosh kasalligi bo’yicha endemik regionligini hisobga olgan xolda dismetabolik nefropatiyalarni tadqiq qilishning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Professor V.A.Tabolin ilmiy tadqiqotlarni siydik tizimi kasalliklari tarqalishini yoshga va jinsga ko’ra o’ziga xosligini va va nozologik strukturasini inobatga olgan xolda yo’naltirilgan tadqiqotlarni boshlashni maslahat berdi.

6075f7b08031d.jpg

SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining akademigi, prof. V.A. Tabolin SamGosMI pediatriya kafedralari va 1- sonli shahar bolalar klinik shifoxonasi xodimlari orasida (1981).

  Kafedra jamoasi Jonxo’roz Ishqobilovich rahbarligi ostida tashkil etilgan davrdanoq MOLGMI 2-son gospital pediatriya kafedrasi (mudiri-prof. V.A.Tabolin), nefrologiya bo’limi (mudiri-prof. V.I.Naumova), sobiq Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasining Pediatriya ITI (direktor-akad. M.YA.Studenikin), nefrologiya bo’limi (mudiri-prof. M.S.Ignatova), Moskva pediatriya va bolalar xirurgiyasi ITI (direktor-akad.YU.E.Veltiщev) bilan yaqin hamkorlikda ishlay boshladi.

  Sobiq Ittifoqning ushbu yirik ilmiy nefrologik maktablarining ta’sirida kafedrada qisqa muddat ichida metabolik statusni tadqiq qiluvchi zamonaviy tekshirish usullari (triptofan metabolitlari xromotografiyasi - T.F.Ernazarov, siydik kislotasi, oksalatlarni aniqlash – T.K.Knapp, «Solifoli» plastinkalarida yupqa qavatli xromotografiya va densitometriya yordamida qon lipidogrammasi – A.A.Axmatov, N.A.Karimova, R.R.Tuxvatullina, kolonnali xromotografiya usulida biriktiruvchi tuqima metabolitlarini aniqlash –K.R.Dilmuradova, bolalar buyrak kasalliklarida fermenturiya (neytral va nordon α – glyukozidazalar, β – geksozaminidazalar, β - galaktozidazalar)ning klinik-diagnostik axamiyatini kursatuvchi tekshirish usullari –A.S.Diveeva) yo’lga qo’yildi. Gormonal tekshirishlar SamDTII nur diagnostikasi va nur terapiyasi kafedrasining radioimmunologik laboratoriyasi bilan hamkorlikda yo’lga qo’yildi (Kaf.mudiri-prof. T.M.Mamajonov).

SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining akademigi, MITM (MNIC) pediatriya va bolalar jarrohligi ilmiy-tadqiqot markazining direktori, prof. Yu.E. Veltischev (qo'il ko'tarilgan), prof. A. Knapp (Germaniya)

6075f8475d32e.jpg

Prof. V.I.Naumova (chapdan uchinchi) va. SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining nefrologiya bulimi xodimlari bilan Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishmoqda (1991)

Akademik V.A.Tabolin shogirdlari bilan (prof. X.M.Mamatqulov va prof. J.Ishkabulov) Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishmoqdalar (1981)

  Bir necha yillar davomida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida O’zbekistonda birinchi marta Zarafshon vohasida buyrak kasalliklarining epidemiologiyasi o’rganildi. Samarqand shahridagi 2,4,5 poliklinikalarning bolalar uchastkalarida 1-14 yoshdagi 9665ta bola tekshirishlardan o’tkazildi. Tadqiqot natijalari siydik a’zolari tizimi patologiyasining bolalar o’rtasida ancha keng (7,4%, 74±2,66 xar 1000ta bolada) tarqalganligini ko’rsatdi.


  Ilmiy tadqiqotlar natijasida XX asr 80-yillarida tekshirilgan 715 nafar nefropatiya bilan bolalar o’rtasida quyidagi nozologik struktura aniqlandi: siydik yo’llari infeksiyasi, jumladan, pielonefrit (49,2%), dismetabolik nefropatiyalar (29,1%), glomerulonefrit (20%). Birinchi marta O’zbekiston iqlim sharoitida nefropatiyalar strukturasida uratli nefropatiyalarning uchrash chastotasi aniqlandi. Dispanserizatsiyani patologiyaning premanifest shakllarini aniqlash va profilaktik choralar samardorligini oshirish maqsadida oilaviy prinsipda o’tkazish zarurligi asoslab berildi. Uratli nefropatiyalar premanifest bosqichining klinik-laborator mezonlari ishlab chiqildi va klinik amaliyotga joriy etish taklifi berildi (shajara tahlili,urikemiya va urikozuriya ko’rsatkichlari, ksantinoksidaza faolligi va buyraklar ammonio-atsidogenetik faoliyatini baholash). 1977 yilda MDX davlatlari orasida birinchi marta «amaliy vrach kutubxonasi» seriyasida «Dizmetabolicheskie nefropatii u detey» monografiyasi (Dj.Ishkabulov, S.Abduraxmanova) chop etildi. Ushbu monografiyada jahon ilmiy adabiyotlari ko’rsatkichlari tahlili bilan bir qatorda 2-gospital pediatriya kafedrasida qariyib 20 yil davomida bolalarda nefropatiyalar bo’yicha o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari umumlashtirildi. Monografiyada birinchi marta turli genetik gipotezalarni (monogen, multiomilli) qo’llagan xolda segregatsion tahlillar natijalari ko’rsatilib, dizmetabolik nefropatiyalar uchun patologiyaning poligen (multiomilli) modeli xos ekanligi asoslandi.   Amaliy vrachlar tushunchasini osonlashtirish maqsadida mualliflar tomonidan ko’plab klinik vaziyatli misollar-uraturiya, giperoksaluriya, sistinuriya fonidagi nefropatiyalar, bemorlarning irsiy shajaralari keltirilgan. Birinchi marta dizmetaboliya turiga va kasallik evolyusiyasiga (premanifest boskich, DMN, interstitsial nefrit, ikkilamchi pielonefrit, siydik-tosh kasalligi) ko’ra dieto-, medikamentoz davo usullari keltirilgan.


  Dj.I.Ishkabulov raxbarligi ostida 3ta doktorlik va 13ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Xozirgi paytda uning shogirdlari MDX davlatlarining deyarli barchasida faoliyat ko’rsatmokdalar. O’zbekistonda bolalar nefrologiyasi asoschisi sifatida Jonxo’roz Ishkabulovich tomonidan 400dan ziyod ilmiy ishlar chop etilgan: 2 ta darslik, 2 ta monografiya, 40 dan ziyod o’quv-uslubiy qo’llanmalar.

  2012yil iyun oyidan 2020 yil oktyabr oyiga qadar t.f.n, dotsent YUldashev B.A. kafedra mudiri sifatida faoliyat ko’rsatdi.

  2019 yil oktyabr oyidan kafedra mudiri sifatida t.f.d., dotsent N.I. Axmedjanova faoliyat ko’rsatmoqda. Uning rahbarligi va konsultantligida zamonaviy pediatriyaning dolzarb mavzularida 1 doktorlik va 2ta nomzodlik dissertatsiyalari ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda.


  Xozirgi vaqtda kafedra SamDTI 2-pediatriya kafedrasi Samarqand viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi klinik bazasida joylashgan. Bu erda talabalar ixtisoslashtirilgan: pulmonologiya, allergologiya, kardiologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, erta yoshli bolalar patologiyasi, funksional va laborator diagnostika bo’limlarida tahsil olishadi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  O’sib kelayotgan avlod tarbiyasi, har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashga intilish – o’zbek halqining o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Murabbiylar rahbarligida talabalar jamoat tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar, madaniy dam olish, Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylarida, teatr va muzeylarda bulmoqdalar.

  Jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar institut sport majmuasida tashkil etilgan futbol, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, tennis, suzish, milliy kurash, yengil atletika bo’yicha sport seksiyalarida qatnashib kelmoqdalar. Ular nafaqat mahalliy, balki Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqdalar.

  Kafedramizning shiori – «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». Sharq donishmandligi ta’kidlaganidek «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bulmaydi».



  Kafedrada talabalar va professor-o’qituvchilar o’rtasida quyidagi ishlar olib borilmoqda:

  • Prezident Sh.M.Mirziyoyevning avlodni har tomonlama barkamol rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Kengashining qarorlari, shuningdek mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari asosida shaxsning ma’naviy dunyoqarashlari, ma’naviy-tarbiyaviy sifatlarini uyg’unlashtirishni oshirish va mukammallashtirish;
  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik va isloxotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ruxida tarbiyalash;
  • talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish;
  • talabalar o’rtasida siyosiy-huquqiy madaniyatni oshirish;
  • yurtimizda va jahon miqyosida ahamiyatga molik siyosiy va ijtimoiy o’zgarishlardan talabalarni o’z vaqtida xabardor qilib borish;
  • talabalar o’rtasida sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish;
  • talabalarning bush vaqtlarini mazmunli tashkil qilishlarida, qiziqish va qobiliyatlariga ko’ra turli tugarak va seksiyalarda qatnashishlarini ta’minlash, tegishli mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha tavsiya va maslaxatlar berish.

  Kafedrada har bir murabbiy ishchi dastur - yo’l xaritasiga ega bo’lib, uning asosida murabbiylik guruhi bilan turli tadbirlarni o’tkazadi. Har bir murabbiyda talaba to’g’risidagi barcha ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, o’tkazilgan tadbirlar ko’lamini yoritib beruvchi albomlar va disklar mavjud. Dekan va dekan o’rinbosarlari tomonidan muntazam ravishda murabbiylar va talabalar bilan uchrashuv, suhbatlar o’tkazilib kelinmoqda. Talabalar haftaning har payshanba kunlari «Axborot soati» materiallari bilan tanishtirib boriladi.


  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan yo’l xaritasi asosida olib borilib, unga ko’ra tarixiy sanalarga, milliy bayramlarga, sport musobaqalariga oid turli chora-tadbirlar o’tkaziladi. Huquqni muhofaza qilish organlari, ma’naviyat markazlari boshqa hamkor tashkilotlar bilan uzviy aloqalar yo’lga qo’yilgan va uchrashuvlar, suhbatlar o’tkazib kelinmoqda.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedraning ilmiy yo'nalishi: "Bolalarda orttirilgan va irsiy buyrak kasalliklari, qarindoshlararo nikoxlarni yuqori inbridingini (qarindoshlararo nikohlarining chastotasini yuqoriligini) hisobga olgan holda o'zbek populiyatsiasida siydik tizimi organlari (STO) patologiyasining irsiy tomonlarini o'rganish. Tarqalishining yosh va jins xususiyatlarini o'rganish (STO kasalliklari epidemiologiyasi) va ularning nozologik tuzilishini.

K.R. Dilmuradova - Bolalarda nefropatiyalarda kanalchalar funktsiyalari va sitomembranlar barqarorligining buzilishi, va ularni tuzatish usullari. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 1986

A.A. Axmatov - Issiq iqlim sharoitida sog'lom va glomerulonefrit bilan kasallangan bolalarda hujayralar membranalarining tuzilishi, funktsional holati va eritrotsitlarning antioksidant himoya tizimi. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 1988

N.A. Karimova - Issiq iqlim sharoitida birlamchi glomerulonefrit bilan kasallangan bolalarda davolashning membrana-destruktiv o'zgarishlar va koagulogramma indekslariga ta'siri. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 1989

R.S. Saidmurodova - Bolalarda penitsillinga allergik reaktsiyalarni tekshirish uchun in vitro testlarning diagnostik ahamiyatini baholash. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 1989

R.R. Tuxvatullina - Bolalarda uratli nefropatiyalarining klinik va biokimyoviy xususiyatlari va oilaviy tibbiy nazorat samaradorligi. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 1991

E.Yu. Pavlova - Poliorganli membranopatiya va uni homiladorlik nefropatiyasi bo'lgan onalardan tug'ilgan chaqaloqlarda antioksidantlar bilan davolash samaradorligi. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 1992

T.F Ernazarov - Bolalarda oksalatli nefropatiyalarda organizmni piridoksin bilan ta'minlangining klinik ahamiyati va triptofan metabolizmi. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 1994

S.K. Abduraxmanova - Yosh bolalarda nefropatiyalar (tarqalishi, klinik, genealogik va biokimyoviy xususiyatlari. (Tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi uchun) 1994

A.S. Diveeva - Bolalarda buyrak kasalliklarida fermenturiyaning kliniko-diagnostik va prognostik ahamiyati.

(Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 1995

R.B. Rustamova - Ichak mikrobiosenozi buzilishining klinik ahamiyati va uni pnevmoniya bilan kasallangan chaqaloqlarda tuzatish 1996

A.S. Kalmikova - Erta yoshli bolalarda miyokarditlar va kardiopatiyalar. (Tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi uchun) 1997

M.M.Ahmedova - Pnevmoniyada metabolik nefropatiyasi bo'lgan yosh bolalarda buyrakning partsial faoliyati va tuzatuvchi terapiya usullari. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 2001 yil 2001

F.S Yakubov - Chaqaloqlarning gemolitik kasalligida buyraklarning funktsional holati va efferent terapiya masalalari. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 2001

K.R Dilmuradova - Gestozi bo'lgan onalardan tug’ilgan chaqaloqlarda buyraklar gomeostatik funktsiyalarining buzilishi va ularni tuzatish usuli (klinik va eksperimental asoslash). (Tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi uchun) 2004

G. D. Ishkabulova - OPG-gestozli onalardan tug'ilgan chaqaloqlarda buyrakning asosiy funktsiyalariga membrana-reparativ terapiyaning ta'siri. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 2001 yil 2005

A.X.Ergashev - Yosh bolalarda norevmatik karditda lipid metabolizmining klinik ahamiyati. (Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun) 2005

ILMIY TADQIQOT ISHLARI

  Kafedra xodimlari tomonidan ushbu davr mobaynida 600 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 150 dan ortiq maqolalar respublika va xorijiy nashrlarda nashr etildi. Bolalarda STO kasalliklarini tashxislash, davolash, reabilitatsiya qilish va birlamchi profilaktika usullarini takomillashtirish bo'yicha 30 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflari kiritildi, ixtirolarga 3 ta patent olindi. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar asosida amaliyotchilar uchun 10 ta uslubiy qo'llanma, pediatriya fakultetining yuqori kurs talabalari uchun 30 ta uquv-uslubiy qo'llanma tayyorlandi.

  Keng kitobxonlar uchun 1 ilmiy-ommabop nashr, bolalar nefrologiyasi bo'yicha 2 ta monografiya, davlat tilida o'quvchilar uchun 4 ta o'quv qo'llanma va 1 ta darslik nashr etildi. 13 ta yomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Ta'kidlash joizki, kafedra jamoasi O'zbekistonning iqlim va ekologik sharoitida STO kasalliklarining epidemiologiyasi, nozologik tuzilishini, metabolik genezini, nefropatiyalarining turli jihatlarini, dismetabolik nefropatiyalarning preventiv profilaktikasini, neonatal nefrologiyani o'rganishga ustuvor masala sifatida qaraydi.

  1991 yilda kafedraning 10 yilligi munosabati bilan 10 yil davomida olingan materiallarni davlat tilidagi ilmiy-ommabop nashrda umumlashtirishga birinchi urinish qilindi: "Bolalarda buyrak casalliklarida parhez" (J. Eshqobilov, K. Dilmuradova, 1991) nomli qullanma nashr qilindi. Ushbu nashrda tibbiy jamoatchilik va aholining e'tiborini dismetabolik nefropatiyalar muammosining ahamiyatiga qaratishga harakat qilishdi va mintaqamizda milliy oshxonaning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda DMNning dietasi - profilaktikasi va parhez terapiyasi bo'yicha tavsiyalar berilgan.

  1997 yilda MDH mamlakatlarida birinchi bo'lib "Bolalardagi dismetabolik nefropatiya" mustaqil monografiyasi (J.Ishkabulov, S.Abduraxmanova, 1997) "Amaliyotchi kutubxonasi" turkumida nashr etildi.

Tibbiyot institutlari pediatriya fakultetining yuqori kurs talabalari uchun 2001 yilda kafedra xodimlarining ko'p yillik mehnati bilan tuzilgan ikki qismli "Bolalar kasaliklari" davlat tilidagi o'quv qo'llanma nashr etildi. Ushbu qo'llanmaning "Nefrologiya" bo'limida kafedra xodimlarining bolalar nefrologiyasi masalalari bo'yicha olib borgan ko'p yillik ilmiy tadqiqotlari natijalaridan keng foydalanilgan.

  2008 yilda davlat tilida "Bolalar nefrourologiya" monografiyasi nashr etildi (D.I.Ishkabulov, YM Axmedov kafedra xodimlari ishtirokida), unda jahon adabiyotini tahlil qilish bilan bir qatorda kafedra xodimlari tomonidan olib borilgan klinik va geneologik, laborator tadqiqotlar to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

  Hozirgi kunda kafedra xodimlari asosiy ilmiy yo'nalishni davom ettirgan xolda, bolalar nefrologiyasining eng dolzarb masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Ish laboratoriya diagnostikasi va raqamli tibbiyot uskunalarining eng so'nggi usullari yordamida amalga oshirilmoqda. Qon plazmasidagi sistatin - S darajasini baholashga asoslangan buyrak patologiyasini aniqlashning zamonaviy usuli joriy etilmoqda va o'rganilmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlarining eng so'nggi ustuvor yo'nalishlaridan biri bu o'tkir va surunkali buyrak patologiyasida yurak-qon tomir asoratlari diagnostikasi. Jumladan:

  1. Dotsent B.A. Yo'ldoshev, fan doktori dissertatsiyasi (DSc) - "Bolalarda surunkali buyrak kasalliklarida yurak-qon tomir kasalliklari diagnostikasi, davolash va oldini olishga kompleks yondashuv".
  2. Assistent F.P. Abdurasulov, falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi - "Bolalarda surunkali tubulointerstitsial nefritda sitokin holati va davolash taktikasini optimallashtirish".
  3. Yordamchi Yu.A. Axmatova, falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi - "Bolalarda surunkali tubulointerstitsial nefritdagi oqsil almashinuvining holati va davolash taktikasi".
  4. Assistent M.D. Muradova, falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi - "O'tkir glomerulonefritli bolalarda kardiorenal sindromni bashorat qilish va baholash".