Jismoniy tаrbiya vа sport kаfedrаsi
Menu Close Menu

Jismoniy tаrbiya vа sport kаfedrаsi

Muratov Muzaffar Shermamatovich

Kafedra mudiri


Qabul vaqti:

Dushanba–Shanba soat 8:00-16:00

Tel:

+99891 523-46-35

E-mail: muzaffarmuratov@gmail.com,
Manzil: Kafedra manzili Daxbed -41

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi

Muratov Muzaffar Shermamatovich

Kafedra mudiri
Axmedjanov Shuxrat Boltayevich Katta o’qituvchi
Normaxmatov Ilxom Zayniddinovich assistent

Ziyatov Muhammad Nomozovich

assistent
Sattarov Qarshiboy Norqulovich assistent
Hayitova Ulfatoy Tursunovna stajyor assistent

KAFEDRA TARIXI


  Samarkand Davlat tibbiyot institutida jismoniy tarbiya darslari 1938-1948 yillarda fakultativ sifatida o‘tkazila boshladi.SamDTIda jismoniy tarbiya kafedrasi birinchi bo‘lib 1948 yilda tashkil etilgan. Kafedrani turli yillarda turli raxbarlar boshqargan.1948-1950 yillar B.P.Kondratyuk, 1950-1964 yillar Y.S.Skitov, 1964-1996yillar P.V.Tokarev, 1997-1998 yillar M.X.Hamroqulov, 1998-2000 yillar E.A.Abduraupov, 2000-2005 yillar I.Z.Normaxmatov, 2005-2006 yillar S.Mamarasulov, 2006 yildan hozirgi vaqtgacha M.SH.Muratov boshqarib kelmoqda.
  2006 yildan boshlab jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri M.SH.Murodov. Kafedra o‘qituvchilari bilan ish davomida ko‘plab tanlovlar o‘tkazib, talabalar ishtirokini ta’minlab kelishmoqda. Kafedrada barcha o‘quv vaqtlari davomida talabalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha sport seksiyalari, voleybol, basketbol, shaxmat, futbol, stol tennisi va boks turlariga barcha sharoitlar yaratilgan.
  Kafedra o‘qituvchilari muntazam ravishda talabalar sporti va boshqa musobaqalarda qatnashadilar. Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchilari talabalar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlaydilar,ularni viloyat respublika va boshqa nufuzli sport musobaqalariga tayyorlaydilar.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlarga darslardan tashqari, vaktlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, kafedrada sportning 6 turidan to’garaklar tashkil qilingan ular voleybol, basketbol, futbol, shaxmat, stol tennisdan iborat.
  Kafedra jamoasi institut, viloyat va Respublika jumladan «Universiada» sport musobaqalarida sport turnirlarida, talabalar spartakiadalarida, institutda faoliyat koʼrsatgan mashhur kishilarning xotirasiga bag’ishlangan tadbirlar hamda tarixiy sanalari va milliy qadriyatlarimizni oʼzida aks ettirgan anʼanaviy baylarmlarimizda ham oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshib kelganmoqdalar.
2019yil jaxon sogliqni saqlash xodimlari o’rtasida Toshkent shaxrida o’tkazilgan futbol buyica jaxon chimpionatida institutimiz xodimlari faol ishtirok etib faxirli 2-o’rinni egallashdi.
  Jumladan, 2020 yilda Navoiy shahrida oʼtkazilgan «Universiada-2020» talaba-yoshlar sport musobakasida institutning talabasi Inoyatullo Raximov sportning shaxmat turibo’yicha o’tkazilgan musobaqada faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritgan.
  Bundan tashqari respublika yoshlar itfoqi tashabbusi bilan “Shaxmot taxtasi”sport musobaqasining viloyat final bosqichida 1-o’rinni egallab respubliкa final bosqichiga yullanmani qo’lga kiritdi.
  2020 yil 1-yarim yillikda Respublika miqyosida onlayn o’tkazilgan “Talabalar festivali-2020” doirasida “Sport mahoratim” jismoniy qobiliyatlar tanlovida institut davolash fakulteti talabasi Zubaydullayeva Zarina faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
2020yil Samarqand viloyat xokimi kubogi minni fudbol buyicha SamDTI jamoasi 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Jismoniy madaniyat va sport tizimida ta’limning uzluksiz jarayonini tashkiliy asoslari.(Uslubiy qo’llanma bosma tabog’i 8,5)2018 yil.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Ziyatov M.N maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya mashg’ulotlari asosida egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishni optimallashtirish texnalogiyalari.Doktorlik dissertatsiya (PhD) mavzusi bо'yicha ishlarini amalga oshirmoqda.

  Xayitova U.T. ommaviy jismoniy tarbiya va sport sog’lomlashtirish mashgu’lotlari bilan mustaqil shug’llanish asoslari. Doktorlik disertatsiya (PhD) mavzusi bo’yicha ilmiy ishlarini amalga oshirmoqda.