Ichki kаsаlliklаr propedevtikаsi kаfedrаsi
Menu Close Menu

Ichki kаsаlliklаr propedevtikаsi kаfedrаsi

Yarmukhamedova Saodat Habibovna

Kafedra mudiri t.f.n., dots


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 14:00
Tel: +998 90 224 46 86
E-mail: saodat.66@mail.ru
Manzil: Kafedra manzili: SamMI 1- klinikasi, kardiologoya bo’limi

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Samiev Utkur Basirovich Dotsent
Nazarov Feruz YUsufovich Assistent
Gaffarov Xudoyor Xudoyberdievich Аssistent
Maxmudova Xanuza Davronovna Аssistent
Xolturaev Abdigappor Tojievich Аssistent
Vafoeva Nigora Abrorovna Аssistent
Bekmurodova Maxsuda Salxiddinovna Аssistent
Xusayinova Munira Alisherovna Аssistent
Normatov Murodjon Buriboevich Assistent
Yarmatov Suvon Totliboevich Assistent

KAFEDRA TARIXI


  Samarkand Davlat Tibbiyot Instituti faoliyatining dastlabki yillarida birinchilar qatorida barpo etilgan klinik kafedralardan bittasi bu ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi edi. Bu kafedra 1932-1933 o‘quv yilida xozirgi SamMI klinikasi terapevtik bo‘limi bazasida tashkil etilgan. Uning tashkilotchisi va birinchi mudiri – Leningradlik professor S.P.Zavadskiy bo‘lgan.

  Sergey Petrovich Zavadskiy Leningradlik professor, kafedraning birinchi tashkilotchisi va mudiri bo‘lgan. S.P.Zavadskiy qiska muddatda mudirlik qilgan. Davlat arxivida etarli ma’lumot qolmagan. Bundan tashqari usha vaqtda kafedrada dotsent A.R.Gextman va assistent YU.A.Teper ishlaganlar. 1934 yil S.P.Zavadskiy Samarqand shahridan ko‘chib ketganligi sababli kafedra mudirligini dotsent A.R.Gextman egallagan.

  Dots. A.R.Gextman Leningradlik SamTIda 1933-1936 yillar ishlagan. 2 yil (1934-1936) kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. Bu davrda kafedra faoliyatida deyarli uzgarishlar bo‘lmagan.

  1934 yil sentyabr oyida kafedra shaxar kasalxonasiga ko‘chirilgan va terapevtik bo‘limida joylashgan. Kafedrada dotsent A.R.Gextmandan tashqari assistentlar M.G.Iren, P.A.Teper va B.D.Davidovlar ishlagan.

  1936-1941 yillar kafedraga dotsent T.S.Mnatsakanov mudirlik qilgan. U bir vaqtning o‘zida fakulьtet dekani va direktor muovini bo‘lib ishlagan. Usha vaqtda kafedra yana SamTI klinikasiga ko‘chirilib, ilmiy-pedagogik ish ancha jonlantirilgan. Bir necha ilmiy ish chop etilgan. Kafedra xodimlari T.S.Mnatsakanov, assistentlardan B.D.Davidov va A.F.Tekuchevalardan iborat bo‘lgan.

  Tegran Sergeevich Mnatsakanov. t.f.d. professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Baku shahrida tug‘ilgan. Ozarbayjon universiteti tibbiyot fakulьtetini bitirgan (1925). Samarqand shaxriga kelib, O‘pka kasalxonasida ishlagan (1925-1930). SamTIni tashqil etishda faol qatnashgan. Fakulьtet terapiya kafedrasida assistent (1930-1936), Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri (1936-1941), fakulьtet terapiya kafedrasi mudiri (1941-1949) bo‘lib ishlagan. Bir vaqtning o‘zida tashkilotchilik ishlari bilan xam shug‘ullangan. Dekan muovini (1933-1935), fakultet dekani (1935-1938), ilmiy va o‘quv ishlari buyicha direktor o‘rinbosari (1938-1941) bo‘lib xizmat qilgan. SamTIda 30 ga yaqin ilmiy ish chiqarib fan nomzodlari etishtirgan. 2 ta orden va bir necha medallar bilan mukofotlangan.

  1941 yil urush boshlanishi bilan, kafedraning faoliyati, vaqtincha to‘xtatilgan. CHunki SamTI klinikasining korpuslariga S.M.Kirov nomidagi Leningrad xarbiy tibbiyot akademiyasining kafedralari joylashgan.

  1942 yil kafedra yana uz ishini boshlagan, dotsent A.X.Malyar mudir, N.KPonomareva va O.K.Kodirovlar assistent bo‘lganlar. Aleksandr Xaritonovich Malyar. Ukrainada tug‘ilgan, Dnepropetrovsk tibbiyot institutini bitirib (1921) usha erda ordinator, assistent, dotsent bo‘lib ishlagan. II-Jaxon Urushi boshlanishi bilan Samarkandga evakuatsiya qilinib, ko‘chib kelgan (1941). Bir necha yil davomida (1942-1943 va 1945-1949) ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan. Ilmiy ishlari kup bo‘lmagan.

  1943-1945 yillar kafedraga professor A.S.Mnushkin rahbarlik qilib, dotsent A.X.Malyar, assistentlar A.F.Tekucheva va O.K.Kodirovlar bilan birga ishlagan.

  Aron Salomonovich Mnushkin t.f.d. (1942) professor (1942). Minsk viloyati Bobruysk shahrida tug‘ilgan. Voronej Davlat Universitetining tibbiyot fakulьtetini bitirgan (1928). Termiz shahrida harbiy xizmatda bo‘lgan. Armiyadan bushalishi bilan Toshkent shaxriga ko‘chib kelib, ToshTIda fakterapiya kafedrasida assistent (1933-1936), katta assistent (1936-1939), dotsent (1939-1941) bo‘lib ishlagan.

  1945 yil professor A.S.Mnushkin gospital terapiyasi kafedrasiga mudir bo‘lib utishi sababli, A X.Malyar yana kafedrani boshqargan (1945-1949).

1949-1951 yillar kafedraga mudirligiga dotsent B.D.Davidov saylangan, usha vaqtda kafedra xodimlari T.F.Tekucheva N.K.Ponomareva, B.X.Xamzaliev (0,5stavka) va dotsent B.D.Davidovdan iborat bo‘lgan.

  Boki Davidovich Davidov t.f.n. (1944), dotsent (1947), 1901 yil O‘zbekistonda tavallud topgan. Birinchi Moskva tibbiyot institutini bitirgan (1930). SamTIda 1931 yildan aspirant, assistent, dotsent, kafedra mudiri. SamTIda 1959 yilgacha ishlagan.

  1951 yil kafedra mudirligiga professor M.K.Kulmatov saylangan va kafedra yana 1-son shaxar kasalxonasiga ko‘chirilgan. Professor M.K.Kulmatov 12 yil mudirlik davrida (1951-1963) dotsent B.D.Davidov (1959 yilgacha), dotsent U.K.Vaxobova (1973 yilgacha), assistentlar: M.N.Xayitov, B.X.Xamzaliev, T.A.Arustamyan, V.I.Garkusha, T.T.Lomasheva (1955), P.A.CHernova (1955), S.A.Aripov, T.I.Isametdinova, F.A.Asliddinov, M.Z.Lazereva, A.Z.Zokirovlar kafedrada ishlaganlar.

  Muxammadjon Kulmatovich Kulmatov t.f.d. (1951), professor (1951). Kukon shahrida tug‘ilgan. 1925 yil Moskva universiteti tibbyot fakulьtetiga o‘qishga kirgan, sungra Leningrad xarbiy tibbyot akademiyasiga utib, uni 1931 yilda tug‘ilgan. Akademik Pavlov laboratoriyasida tajriba ortirgan (1931-1932). ToshTIda muta’dil fiziologiyadan dars bergan (1932-1936), terapevt bo‘lib ishlagan (1937-1942). Tojikiston tibbiyot instituti gospital terapiya kafedra mudiri qilgan (1942-1946). SSSR TFA doktoranturani utib (1947-1950) SamTIga ishga utgan. SamTI ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri (1951-1963), bir vaktning o‘zida fakulьtet dekani (1959-1960) lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. SamTIda ishlagan vaktida 10 ta ilmiy makola nashr etgan. 2 ta fan nomzodligi dessertatsisiga raxbarlik qilgan . 1963 yil professor M.K.Kulmatov institutdan ishdan bo‘shaganligi sababli, kafedra mudirligi vazifasini dotsent U.K.Vaxobova bajargan (1963-1965).

  Uktam Karimovna Vaxobova t.f.d. (1972), professor (1973). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), V-VI-chakirik sobik SSSR Oliy Soveti deputati. Margilon shahrida tug‘ilgan (1928). SamTIni imtiyozli diplom bilan bitirgan (1950) va shu institutda 1950 yildan boshlab ishlabgan. Gospital terapiya kafedrasida klinik ordinator (1950-1953), aspirant (1953-1956), assistent (1956-1959), ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti (1959-1963), mudir (1963-1965), pediatriya fakulьteti terapiya kafedrasini tashkil etib mudirlik qilgan (1973-2005).

  Uktam Karimovna bir vaktning o‘zida SamTI o‘quv ishlari buyicha prorektor (1961-1966), rektor (1966-1981), ToshTI prorektori (1982-1986) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1995 yildan «Nuroniylar» jamg‘armasining SamTI buyicha rahbari sifatida xizmat qilgan Professor U.K.Vaxobova talabalar, SamTI xizmatchilari va shahar fuqarolari orasida ulkan obruy qozongan. 200 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi, 2 fan doktori, 10 dan ziyod fan nomzodlari uning rahbarligida dissertatsiya tayyorlanganlar. U.K.Vaxobova xukumat tomonidan 3 ta orden va kup medal faxriy yorliklar bilan mukofotlangan. U kafedrani boshqargan payti bir vaqtning o‘zida SamTI o‘quv ishlari buyicha direktor muovini bo‘lib ishlagan. Kafedra xodimlari: F.A.Asliddinov, M.Z.Lazereva, T.I.Isametdinova, A.Z.Zokirov, S.M.Alizoda, M.K.Kadinalardan iborat bo‘lgan.

  1965 yildan boshlab dotsent B.X.Xamzaliev kafedra mudiri etib saylangan. Institutda talabalar soni o‘sishi bilan, dars soatlari xam ko‘paygan. YAngi assistentlar ishga qabul kilinganlar: S.D.Soy, R.M.Xusanova, T.YU.YUsupov, R.X.Saydukova, D.D.Martirosova, R.R.Prieva, G.Raxmonova, M.Jalolov va boshqalar. Bundan tashqari kafedrada G.X.Gulomov, X.O.Nasrulloeva, A.M.Yuldoshev, N.Kurbonaliev, U.B.Samiev U.D.Dodojanovlar assistent bo‘lib ishlaganlar.

  Bakir Xamzalievich Xamzaliev t.f.d. (1977), professor (1977). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘likni saqlash xodimi (1980), II-Jaxon Urushi faol ishtiroqchisi (1942-1945). Quqon shahrida tug‘ilgan (1919), SamTIni bitirgan (1942) dan keyin urushga xarbiy tibbiyot ofitseri sifatida katnashgan, bir necha bor jaroxatlangan. SamTIda 1946 yildan fakultet terapiya kafedra ordinatori (1947-1950), ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi assistent (1950-1952), gospital terapiya kafedrada assistent (1952-1958), dotsent (1958-1964), ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri (1965-1992), professor (1992-1999), SamTI VMOF terapiya kafedrasida professor konsultant (1999 yildan) bo‘lib ishlagan. Professor B.X.Xamzaliev 110dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Uning rahbarligida bir necha nomzodlik dissertatsiya tayyorlanib yoqlandi. 3 jangovar orden va 15 dan ziyod medallar soxibi. SamTIda bir necha yil davomida urush va mexnat faxriylarining boshligi bo‘lgan. Professor B.X.Xamzaliev ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida 27 yil davomida (1965-1992) mudirlik qilgan. O‘quv, ilmiy va davolash ishlarini yuksak darajaga ko‘tardi. SHu davrda kafedra uz manzilgohini 2 bor uzgartirgan. 1965-1973 yillar M.N.Xayitov nomidagi shahar shifoxonasi terapevtik bo‘limlarida, 1973-1995 yillarda 1-son viloyat kasalxonasi binosida faoliyat ko‘rsatgan.

  1992 yil kafedra mudirligiga professor G.X.Xaydarova saylangan (1992-1995). Bu davrda G.X.Xaydarova bilan birgalikda professor B.X.Xamzaliev, dotsentlardan T.YU.YUsupov, X.G.Gulomov, U.B.Samiev, G.D.Dadajonov; assistentlardan: SH.A.Kuraxmedova, X.A.Nasrulloeva, A.Z.Zokirovlar ishlaganlar.

  Gulsun Xaydarovna Xaydarova t.f.d. (1990), professor (1992). Samarkand viloyati Bulungur tumanida tug‘ilgan (1944), SamTIni bitirgan (1966), SamTI 1-ichki kasalliklar kafedrasida aspirant (1968-1971). SHu kafedrada assistent, dotsent bo‘lib ishlagan (1971-1992). 1992 yildan SamTI ichki kasalliklar propedevtikasi kafedra mudiri bo‘lib 1995 yilgacha ishlagan.

  Professor G.X.Xaydarova 1995 yildan, bir vaqtning o‘zida davolash fakulьteti dekani bo‘lib ishlagan. G.X.Xaydarova kafedraga rahbarlik qilgan davrda kafedra shtati quyidagilardan iborat edi. (1992-1995). Professor G.X.Xaydarova, professor B.X.Xamzaliev, dotsentlar T.YU.YUsupov, X.G.Gulomov, U.B.Samiev, U.D.Dadajonov, assistentlar A.Z.Zokirov, S.D.Soy, X.A.Nasrulloeva, X.A.Nuraxmedova va boshqalar.

  1995 yil G.X.Xaydarova boshka kafedraga mudir bo‘lib utganligi sababli kafedrani t.f.d. R.R.Sattorov boshqargan (1995-1997).

  Rashid Raimovich Sattorov t.f.d. (1993), dotsent (1972). Samarqand tumani CHordara qishlog‘ida tug‘ilgan. SamTIni bitirgan (1965), Urgut tumani Markaziy kasalxonada vrach-terapevt (1965-1967), SamTI gospital terapiya kafedrasida klinik ordinator (1967-1969), bo‘lim mudiri (1969-1972), assistent (1972-1992), dotsent (1992-1995), ichki kasalliklar propedevtikasi kafedra mudiri (1995-1997) va shu kafedrada dotsent (1999). R.R.Sattorov kafedra mudiri bo‘lgan davrda fakulьtet talabalarining umumiy soni kamaygan bulishi sababli, kafedra shtati xam keskin qiskartirilgan. Ko‘pchilik pedagoglar boshka ishga o‘tib ketganlar yoki nafaqaga chiqib ketganlar.

  Shu yillar kafedra SamMI 1-son klinikasiga qo‘chirildi va 2-terapiya bazasida joylashdi. Fakulьtetda talabalar soni kamaygan, terapiyadan dars soatlari qiskargan. SH.A.Kuraxmedova, X.A.Nasrulloevva, T.YU.YUsupov ishlaganlar.

  1997 yil talabalar soni kamayib borgan sari terapiya fanlaridan, jumladan ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan xam soatlar keskin qisqardi. SHu bois ichki kasalliklar propedevtikasi, fakultet terapiya, gospital terapiya, fizioterapiya fanlari birlashtirilib yangi 1-son Ichki kasalliklar kafedrasi tashkil qilindi va kafedra mudiri etib qaytadan professor G.X.Xaydarova (1997-1999) tayinlandi va kafedra SamMI 2-son klinikasi xududiga ko‘chirildi.

  SamTI II-son klinikasi 1999 yil yozida viloyat SHoshilinch tibbiy yordam markaziga aylantirildi va u erda bo‘lib utgan bo‘limlar restrukturizatsiyasi natijasida bir qator kafedralar jumladan «I-son ichki kasalliklari» kafedrasi xam o‘quv bazasiz koldi. SHu bois SamTI rektori va SamTI klinikasi bosh vrachining qo‘shma buyrug‘iga asosan «I-son ichki kasalliklar» kafedrasi uchun o‘quv-davolash bazasi sifatida 1999 yil 1 avgust SamMI klinikasida II-terapiya bo‘limi ochildi. 1999 yil 26 avgustdan boshlab SamMI 1-klinikasi 2-terapiya bo‘limda SamTI «I-son ichki kasalliklar» kafedrasi joylashib uz faoliyatini davom ettirdi.

  Shu yil 1 avgustdan boshlab kafedra mudirligiga dotsent U.B.Samiev tayinlandi. Usha paytda kafedrada kuyidagi xodimlar ishlar edi. Kafedra mudiri, dotsent U.B. Samiev, dotsent t.f.d. R.R. Sattorov, assistentlar t.f.n. X.B. Berdikulov, S.X. Karaxodjaeva, SH.B. Rustamova, assistentlar Z.P. Kurbanova, K.X. Xujamurodov, X.D. Maxmudova, F.D. Xamrakulova, katta laborant Xamrakulova M, laborant Artamonova A, jami 11 kishi. Va urindosh assistentlar Raximova G.A. Isankulova L.X.

  2002-2003 o‘quv yiliga kelib institutda talabalar soni kupayganligi munosabati bilan kafedra shtatlari kengaydi va «I-son ichki kasalliklar» kafedrasidan «fakultet terapiya, fizioterapiya, davolovchi jismoniy tarbiya, vrach nazorati» fanlari ajralib chiqib aloxida kurs tashkil etilib va bu kurs shahar kasalxonasining III-terapiya qoshiga joylashtirildi.

  Klinikaning II-terapiya bo‘limida esa «Ichki kasalliklar propedevtikasi» kafedrasi uz nomini kayta tiklab faoliyat kursata boshladi. Kafedra mudiri etib dotsent U.B.Samiev tayinlandi. Kafedrada dotsent Gulyamov X.G. assistentlar Karaxodjaeva S.X., Rustamova SH.B., YArmuxammedova S.X., Xolturaev A.T., Kuylieva F.M., Maxmudova X.D., Juraeva N.T. ishlay boshlaganlar. Dotsent U.B.Samiev aslida yangi kafedrani tashkil eta boshlagan. Kafedra shtatiga keskin o‘zgarishlar vujudga kelgan. YAngi terapevtik bulim, dars xonalari, kabinetlar yangitdan barpo etilgan.

  Utkur Basirovich Samiev t.f.n. (1986), dotsent (1993). Samarqand tumanida tug‘ilgan (1952), SamTI davolash fakultetini bitirgan (1975), ped.fak terapiyasi kafedrasida aspirant (1980-1983), assistent (1983-1986), dav.fak. ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida assistent (1986-1993), dotsent (1993-1999), 1999-2002 1-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri 2002 yildan buyon ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan. U.B.Samiev 70 dan ortik ilmiy makolalar, uslubiy tavsiyanomalar, informatsion ma’lumotlar muallifi. Afg‘on urushi ishtiroqchisi (1979-1980). 2 ta medal, bir qator Respublika va viloyat faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Dotsent U.B.Samiev bir vaqtning o‘zida dav.fak dekan muovini (1987-1992), institut xodimlari kasaba uyushmasi raisi (1992-1998), ma’naviy-ma’rifiy masalalar buyicha SamTI birinchi prorektori (1998-2006) lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Institut va fakulьtet jamoat ishlarida faol qatnashgan.

  2011-2014 yillar kafedra mudiri etib dotsent Abdullaev N.A. tayinlandi. U kishi bir vaktning o‘zida SamMI 1 klinikasi bosh vrachi lavozimida ishlab kelgan. O‘sha paytda kafedrada kuyidagi xodimlar ishlar edi. Kafedra mudiri, dotsent Abdullaev N.A. dotsent U.B. Samiev, dotsent t.f.n. S.X. YArmuxamedova, assistentlar t.f.n. SH.B. Rustamova, assistentlar X.D. Maxmudova, A.T. Xolturaev, F.M. Kuylieva, Z.E.Xaydarova. M.B.Xoljigitova, G.Z.SHodikulova, laborant Mirzaeva M,M., va boshqalar- jami 11 kishi.

  2014 yil 26 avgustdan boshlab kafedra mudirligiga dotsent S.X. YArmuxamedova tayinlandi. Usha paytdan xozirgi kungacha kafedrada kuyidagi xodimlar ishlab kelmokda. Kafedra mudiri, t.f.n. S.X. YArmuxamedova, dotsent Abdullaev N.A. (2019 yil dekabrgacha), dotsent U.B. Samiev, assistentlar t.f.n. A.T. Xolturaev, X.D. Maxmudova, N.A. Vafaeva, Z.E.Xaydarova. M.A. Xusayinova, F.YU. Nazarov, M.S.Bekmuradova, X.X.Gaffarov, Normatov M.B., YArmatov S.T., doktorant D.R.Toirov.

  Kafedra tarixida e’tiborga loyiq iz qoldirgan bir qator xodimlar ishlab ketganlar. Bulardan professor T.S.Mnatsakanov, U.K.Vaxobova, S.A.Aripovlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor. B.X.Xamzaliev, dotsent M.N.Xayitov, dotsent V.I.Garkusha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan soglikni saklash xodimi (vrach) faxriy unvoni bilan takdirlanganlar.

  U.K.Vaxobova 2 marotaba sobik SSSR Oliy Sovetiga deputat bo‘lib saylanganlar. M.N.Xayitov (1960-1966), U.K.Vaxobova (1966-1981), S.A.Aripov (1981-1986) SamTIda rektor bo‘lib ishlaganlar. M.I.Xaitov Uzbekiston Respublikasi Soglikni Saklash Vazirligi urinbosari, Samarkand shahrida gorkomning birinchi kotibi bo‘lib ishlagan (1966-1974). S.A.Aripov ministr urinbosari va Uzbekiston Respublikasi soglikni saklash ministri bo‘lib ishlagan (1979-1981).

Kafedrada xozirgi kunda bajarilayotgan ishlar

  Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida institutimizning barcha fakulьtet talabalariga darslar o‘tiladi. Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida «Ichki kasalliklar propedevtikasi», «Terapevtik bemorlar parvarishi» fanlaridan mashg‘ulotlar olib boriladi. Kafedrada yil davomida institutimiz o‘quv bo‘limi tomonidan tuzilgan dars jadvali asosida mashg‘ulotlar o‘tiladi. Bundan tashqari, kafedrada Ichki kasalliklar xamda Kardiologiya yunalishlari buyicha magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar tahsil oladi.

  Xamma amaliy mashg‘ulotlar mavzulari buyicha o‘quv-uslubiy majmualar va uslubiy tavsiyanomalar mavjud.

  Kafedrada ma’ruzalarni kafedra mudiri, dotsent YArmuxamedova S.X., dotsent U.B.Samievlar uqiydilar. Amaliy mashg‘ulotlarning aksariyati kafedra assistentlari tomonidan olib boriladi.

  Mashg‘ulotlarni olib borish davomida kafedrada zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari keng kullaniladi.

  Kafedrada xar o‘quv yilida barcha mavzulardan ma’ruzalar matni kaytadan kurilib chiqilib, yangi ma’lumotlar bilan boyitiladi va elektron variantlari tayyorlanadi.

  Kafedrada oralik va yakuniy nazorat utkazish test sinovi va OTKI (OSCE) usuli bilan utkaziladi. Bu narsa talabalarda bilimlarni uzlashtirishini odilona baxolashga tulik imkon beradi.

Talabalar mustakil ishini professor-ukituvchilar tomonidan qabul kilish jadvali tuzilib tasdiklangan.

Kafedraning asosiy ilmiy yo'nalishlari:

  • YUIK va gipertoniya kasalliklarining tarqalishini aniqlash va bu xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni davolash, reabilitatsiya qilish va kasallikni oldini olish;
  • Podagra kasalligida kardiovaskulyar patologiyani o‘rganish;
  • Buyrak surunkali kasalliklarida, pnevmoniyada markaziy yurak gemodinamikasining ko‘rsatqichlarini baholash mavzulariga bag‘ishlangan.

  Kafedrada o‘quv, ilmiy, diagnostika va davolash ishlarini bajarish uchun zamonaviy tekshirish asbob uskunalar mavjud.

Elektrokardiografiya, sutkalik EKG Xolter monitoringi, Exokardiografiya doplerografiya bilan, veloergometriya, SMAD va ozonoterapiya.

  Kafedrada iktidorli talabalar bilan o‘quv-pedagogik ish yuritishga aloxida e’tibor beriladi. Iktidorli talbalar uchun kushimcha mavzu va ma’ruzalar matnlari, testlar tuzilgan. Ular Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasidagi talabalarning ilmiy tugaragida faol katnashishadi. Kafedradagi «YOsh diagnost» ilmiy tugaragi faoliyat ko‘rsatmoqda. Tugarak majlislari oyida ikki marotaba olib boriladi. Tugarak yig‘ilishida ichki a’zolar kasalliklarining klinik belgilari, zamonaviy diagnostika va davolash tamoillari muhokama qilinadi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

  Kafedrada ma’naviy – ma’rifiy va axlok tarbiya ishlari institut tomonidan tasdiklangan rejasiga muvofik olib borildi. Kafedrada xar payshanba kuni ma’naviyat soati utkazib turildi. Ma’naviyat soatini utkazishda kafedraning xamma xodimlari dotsent YArmuxamedova S.X. boshchiligida faol katnashadilar. Har payshanba kuni soat 8.30 da kafedrada talabalarga ma’ruzalar kilinadi va berilgan savollarga tulik e’tibor beriladi. Bunda ma’naviyat va ma’rifat soatlarida videoroliklar namoyish kilinishida, mavzular buyicha ma’ruzani utkazishda kafedraning barcha xodimlari, shu jumladan, kafedra dotsenti Samiev U.B va ass. Maxmudova X.D.lar faol katnashadilar.

  Studentlar kalbi va ongiga milliy istiklol goyasini singdirish: Bulajak shifokorlarni ma’naviy kiyofasini shakllantirish, ularda Vatan va Prezidentga sadokatlilik kabi xislatlarni rivojlantirish, nafakat darsdan tashkari xolatda olib boriladi, kolaversa xar bir amaliy va leksion mashgulotlarning boshlanishida 5-10 dakika axlokiy tarbiyaviy ishlar olib boriladi. SHu bilan birga 2,3 kurs talabalari uchun kafedrada o‘tiladigan barcha fanlardan dars utish jaryonida bulajak shifokorlar ma’naviy kiyofasini shakllantirishga aloxida urgu berildi.

  “2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Xarakatlar strategiyasi” Davlat dasturi buyicha kafedrada ushbu dastur tulik urganib chikilib, uning mazmun va moxiyati xodimlarga, talabalarga etkazildi. Davlat Dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tuzildi, devoriy stendlar tashkil kilindi.

  Xar bir murabbiy uz gurux talabalari bilan suxbat utkazadi, talabalar orasida turmushga chikkan, yosh bolalari bulgan, yakinda farzandli bulgan va xomilador ona talabalarga, oilali yigit talabalarga kerakli maslaxatlar berildi. Talaba kizlar kurikdan utkazilib, nazorat kilib turildi.

  Studentlar uyida olib borilgan ishlar: Kafedradagi murabbiylar uz rejalari buyicha talabalar yotokxonasida bulib u erda yashaydigan talabalari sharoitlari bilan tanishdilar. Tashrif paytida yotokxonadagi talabalar orasida axlok va odobga ta’lukli suxbatlar utkazdilar. Kafedra mudiri, dotsent YArmuxamedova S.X., kafedra assistentlari Toirov D.R. Gafforov X.X, Nazarov F.YU. muntazam ravishda talabalar yotokxonasida bulib turdilar. Uz tashriflari paytida ular talabalarning kayfiyati bilan, ularga yaratilgan sharoitlar bilan kizikib yotokxona komendantiga kerakli tavsiyalar berdilar.

  Student-yoshlar bilan xukukbuzarlik va jinoyatchilikka karshi kurash, ijarada turuvchi talabalar bilan ishlash. Xar bir murabbiy ijarada yashovchi talabaning yashash sharoitlari bilan yil davomida muntazzam borib tanishib turadi. Tashrif davomida ukituvchi uy egasi bilan talabalarning xulki atvori xakida, uyga begona odamlarni kuymaslik, shuningdek talabalarga doimo mexribonlik kilish xakida suxbatlashdilar. Uylarning elektr manbalari, tabiiy gaz bilan ta’minlanganligi, oshxonadagi gaz plitalar xolatlari obdon tekshirildi va institut ma’naviyat bulimiga xisobotlar, bayonnomalar, rasmlar topshirildi. Bu suxbatlarda giyoxvandlik, diniy ekstremizm, akidaparastlik, OITS masalalariga aloxida urgu berildi. Institut ma’naviyat va ma’rifat xodimlari tashabbusi bilan utkazilgan tadbirlarda talabalarning katnashishi ta’minlandi.

  Student kizlar bilan ishlash. Biriktirgan guruxlarda 28 ta kiz talaba taxsil oladi. Ular orasida murabbiylar muntazam ravishda ish olib bordilar. Kizlarning xulki, axloki, ularning odobi, kelajakdagi baxtli xayotga erishishi uchun kanday ishlarni amalga oshirish kerakligi, xotin – kizlarning jamiyatdagi urni buyicha suxbat utkazdilar.

  Student yoshlar urtasida ta’magirlik, poraxurlik yoshlarning noroziliklari kelib chikishiga yul kuymaslik buyicha kafedrada kuyidagi ishlar a’lo darajada yulga kuyilgan: ekranda reyting oynasi, dars tugashidan baxolar e’lon kilinishi va starosta jurnaliga kayd kilinishi, yakuniy nazorat institut binosi zallarida modul tizimida kabul kilinishi.

  Bayram sanalarini belgilash. Okim talabalari orasida bayram sanalarini utkazishga katta axamiyat berildi. SHu jumladan mustakillik bayrami, Vatan ximoyachilari kuni,

  Navruz bayrami, xotin-kizlar kuni bayrami, 9-may xotira va kadrlash kuni tantanali ravishda biriktirilgan okim va gurux talabalari bilan birga nishonlandi. Ushbu bayramlarda xar bir kutlug sana mazmun moxiyati va tarixi, mustakilllikning mukaddasligi va uning avaylab asrash xakida talabalarga aytib berildi.

  Madaniy va sport ishlari, studentlarning bush vaktlarini samarali tashkil etish tugrisida. Xar bir murabbiy uz guruxi talabalari bilan yil davomida birgalikda 2 - 3 marta kinoteatr, muzeylarga va Samarkand shaxrining kadimiy yodgorliklariga ekskursiya uyushtirdilar. Jumladan, assistentlar Xusainova M, A.ning 305 gurux bilan, Gafforov X.X.ning 302 gurux bilan obidalarga tashrifi studentlarda uchmas xotira koldirdi. SHuningdek okim talabalari institut mikyosida utkaziladigan sport musobokalarida xam faol ishtirok etdilar. Kafedramizda bush vaktni samarali utkazish uchun ichki kasalliklar propedevtikasi fani buyicha ilmiy tugarak xam faoliyat yuritib kelmokda.

Murabbiylik ishlari:

  Kafedraga davolash fakultetining 301- 308 guruxlar studentlari dekanat tomonidan biriktirildi.

  • 301-302 - gurux murabbiysi assistent Nazarov F.YU.
  • 303-304 - gurux murabbiysi assistent Bekmurodova M.S.
  • 305-306 - gurux murabbiysi assistent Gafforov X.X.
  • 309-310 - gurux murabbiysi assistent Vafaeva N.A.

  Murabbiylar uz guruxlari bilan maxsus reja asosida ish olib boradilar.

  Guruh studentlari yil davomida barcha fanlardan dars koldirmasdan yaxshi, a’lo, konikarli baxolarga ukidilar. Jamoat ishlariga 100 % katnashdilar. Barcha talabalarning uylariga, ijarada turuvchilarning xonalariga bir necha marta borildi, uy sharoitlari bilan tanishib ijarada turuvchilar bilan suxbat utkazildi.

  Undan tashqari, kafedra xodimlari tomonidan Ulug‘ Vatan Urushi va Mexnat veteranlaridan xabar olib borilmoqda va kerakli yordam ko‘rsatiladi.

  Yil davomida studentlar bilan Prezident asarlarini urganish borasida maxsus kurslar tashkil kilinib, asarlar urganildi, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining karor va farmonlarini urganish borasida muntazzam ish olib borildi, jumladan Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari tugrisidagi karor barcha xodimlar urtasida keng yoritildi va urganildi.

  Kafedra Davlat ramzlari va tegishli plakatlar bilan to'lik jihozlangan.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI



Muallifning ismi sharifi Ishning nomi Qayerda va qachon nashr qilingan
1 YArmuxamedova S.X., Gaffarov X.X., YArmatov S.T. Klinik tekshirish usullari, ichki a’zolar kasalliklarining umumiy simptomatologiyasi. Toshkent
2 YArmuxamedova S.X., Vafoeva N.A. Nafas tizimi kasalliklarida bemorlarning tekshirish usullari Toshkent
3 YArmuxamedova S.X., Maxmudova X.D YUrak kon-tomir tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari Toshkent
4 YArmuxamedova S.X., Xusayinova M.A. Ovqat xazm qilish tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari Toshkent
5 YArmuxamedova S.X., Nazarov F.YU. Siydik ajratish tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari Toshkent
6 YArmuxamedova S.X., Bekmurodova M.S., Xaydarova Z.E. Endokrin tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari Toshkent
7 YArmuxamedova S.X., Bekmurodova M.S. Qon yaratish tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari Toshkent
8 YArmuxamedova S.X., Gaffarov X.X., YArmatov S.T. Metodы klinicheskogo issledovaniya bolьnogo i obщaya simptomatologiya zabolevaniy vnutrennix organov Toshkent
9 YArmuxamedova S.X., Vafoeva N.A. Metodы issledovaniya bolьnыx s zabolevaniyami organov dыxaniya Toshkent
10 YArmuxamedova S.X., Maxmudova X.D Metodы issledovaniya bolьnыx s zabolevaniyami organov krovoobraщeniya Toshkent
11 YArmuxamedova S.X., Xusayinova M.A. Metodы issledovaniya bolьnыx s zabolevaniyami organov piщevareniya Toshkent
12 YArmuxamedova S.X., Nazarov F.YU. Metodы issledovaniya bolьnыx s zabolevaniyami organov mochevыdeleniya Toshkent
13 YArmuxamedova S.X., Bekmurodova M.S., Xaydarova Z.E. Metodы issledovaniya bolьnыx s zabolevaniyami organov endokrinnoy sistemы Toshkent
14 YArmuxamedova S.X., Bekmurodova M.S. Metodы issledovaniya bolьnыx s zabolevaniyami organov krovetvoreniya Toshkent

  Kafedra xodimlari tomonidan ikkita o‘quv qo‘llanma va ikki monografiya tayyorlangan. Undan tashqari EVM dasturlari ishlab chiqilgan.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Xozirgi vaqtda kafedrada 11 nafar xodim faoliyat yuritadi. 3 kishi tibbiyot fanlari nomzodi, shulardan 2 nafar t.f.n., dotsent, 9 nafar assistentlar ilmiy darajaga ega emaslar.

  Kafedrani ilmiy salohiyati 27,7 % tashkil qiladi.

  Kafedrani hamma xodimlari ilmiy tadqiqot ishlariga qatnashadilar. Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida oxirgi 5 yil davomida 133 ta (92 ta makola va 41 ta tezis) ilmiy ish chop etilgan. Chop etilgan 92 makoladan:, 64 ta Xorijiy nashrlarda (5 ta Scopus), 28 ta Respublika nashrlarda chop etilgan. CHop etilgan 41 ta tezisdan 29 ta xorijiy nashr, kolgan 12 tasi respublika nashrlarida chop etilgan.

  Dotsent Yarmuxamedova S.X, va kafedra xodimlari tomonidan 2ta o‘quv qo‘llanma va 2ta monografiya chop etildi.

2020 yilda kafedra xodimlari tomonidan amaliyotga kiritilgan ilmiy izlanishlar natijalarining soni 9 ta, Samarkand tayanch tibbiyot kolledji va Urgut tibbiyot kolleji bilan 2 tadan maxorat darslari o‘tkazildi. Kafedra xodimlari raxbarligida iktidorli studentlar va magistrlar tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar soni 15 ta ( shulardan,Xorijda 1 ta I darajali, Respublikada 3 ta II darajali diplom)ni tashkil etdi.

Kafedraning asosiy ilmiy yunalishlari:

  • YUIK va gipertoniya kasalliklarining tarqalishini aniqlash va bu xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni davolash, reabilitatsiya qilish va kasallikni oldini olish;
  • Podagra kasalligida kardiovaskulyar patologiyani o‘rganish;
  • Buyrak surunkali kasalliklarida, pnevmoniyada markaziy yurak gemodinamikasining ko‘rsatqichlarini baholash mavzulariga bag‘ishlangan.

  Xozirgi vaqtda kafedrada 1 nafar doktorant D.R.Toirov «Podagra va yurak qon tomir zararlanishlarining komorbid kechuvi: diagnostika va davolash usullari» mavqzusi bo‘yicha PhD darajasini olish uchun ilmiy ish olib bormaqda.

  Kafedra assistenti Nazarov F.YU. «Issiq iqlim sharoitida shifoxonadan tashqari paydo bo'lgan pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda tashqi nafas va markaziy gemodinamikasi ko'rsatkichlarini baholash va korreksiya qilish» PhD mavzusi tasdiqlangan va ilmiy –izlanish ishlar olib borilmoqda.

  Kafedra assistenti Gaffarov X.X. «Jigarssirrozi bilan kasallangan bemorlarda gemodinamik o‘zgarishlar va yurak disfunksiyasini baholash» PhD mavzusi tasdiqlangan va ilmiy –izlanish ishlar olib borilmoqda.

  Kafedra assistenti Vafoeva N.A. «YUrak morfofunksional o‘zgarishlari va kardiorenal o‘zaro bog‘liqlikni buyrak surunkali kasalliklarida o‘rganish» PhD mavzusi tasdiqlangan va ilmiy –izlanish ishlar olib borilmoqda.

Kafedra assistenti Bekmurodova M.S. «Jigarssirrozi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ensefalopatiyasi rivojlanishi bosqichlarida proton pompasi ingibitorlari ta’sirini qiyosiy baholash» PhD mavzusi tasdiqlangan va ilmiy –izlanish ishlar olib borilmoqda.