Jаmoаt sаlomаtligi vа sogʼliqni sаqlаsh menejmenti kаfedrаsi
Menu Close Menu

Jаmoаt sаlomаtligi vа sogʼliqni sаqlаsh menejmenti kаfedrаsi

Aminov Zafar Zayirovich
PhD, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 15:00
Теl: +998 979179173
E-mail: aminov.zafar@sammi.uz
Manzil: Samarqand shahar, M. Qoshg’ariy 90.

Kafedra a'zolari


F.I.O Lavozimi
Rizaev Jasur Alimdjanovich professor
Askarova Nilufar Qudratovna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Karabaev Sanjar Abdusamatovich tibbiyot fanlari nomzodi
Israilova Sohiba Bo’ribayevna katta o’qituvchi
Xakimova Xolbuvi Xakimovna katta o’qituvchi
Kushmatova Dildora Ergashevna assistent
Mamasoliyeva Shohista Abdugaffarovna assistent
Kurbanov Anvar A’lamovich assistent
Dustova Gulzoda Komiljonovna assistent
Kurbonov Xurshed Rahmatullayevich assistent

KAFEDRA TARIXI


“Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti” kafedrasi

  Kafedra 1934 yilda tashkil etilgan boʼlib, unga 1939 yilgacha dotsent D.А. Drobinskiy, 1939-1942 yillarda dotsent E.S. Timm, 1942-1944 yillarda I. Braun, 1944 – 1949 yilgacha yana E.S. Timm, 1949-1954 yilgacha dotsent L.E. Diskinlar rahbarlik kilgan. Kafedrada ish asosan 2 yo’nalishda olib borilgan boʼlib, bular asosan Samarqand viloyatida tibbiyot tarixi rivojlanishi va sogʼliqni saqlashni tashkillashtirishning baʼzi bir xususiyatlariga bagʼishlangan. Shu bilan birga kafedra xodimlarning ilmiy ishlari sogʼlikni saqlashning amaliyot bilan bogʼlanishiga, mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan travmatizm va kasb kasalliklariga bagʼishlangan edi.
  Kafedraga 1954-1960 yillarda dotsent R.R. Farxadi, 1960-1966 yillarda dotsent А.А. Gevorkov rahbarlik qilgan boʼlib bu davrda Samarqand viloyatida va Respublikada qishloq aholisiga dispanser xizmatini tashkil qilish va uni samaradorligini oshirish boʼyicha ishlar olib borildi.
1966-1970 yillarda kafedraga dotsent M.N. Xaitov, 1970-1972 yillarda professor T.U. Аripovalar rahbarlik qildilar. Bu davrda birinchi marotaba aholining sogʼligi boʼyicha ijtimoiy gigienik tadqiqotlar boshlab yuborildi.
  1973-1981 yillarda professor А.А. Qodirov rahbarligida respublikada sogʼlikni saqlashni tarixi boʼyicha yirik tadqiqotlar olib borildi va shu yoʼnalishda uquv kullanmalari chop etildi. Kafedraga 1981-1993 yillarda ikkinchi marta professor T.U. Аripova rahbarlik kilgandan boshlab ijtimoiy gigiena xamda sogʼlikni saqlashning Samarqand viloyatida rivojlanishi boʼyicha monografiya chop kilindi. 1993-1994 yillarda dotsent Z.X. Аripova, 1995-1996 yillarda dotsent U.O. Oblokulovlar kafedrani boshkargan. 1997-2005 yillarda kafedra mudiri etib dotsent B.T. Tilavov tayinlandi. Uning rahbarligida kafedrada oʼquv jarayoni sifati yaxshilandi, aholi salomatligi va soglikni saklashni tashkillashtirish yunalishi boʼyicha 300 dan ziyod ilmiy makolalar chop etildi hamda 2001-2004 yillarda Respublika ahamiyatiga molik 2 ta konferentsiya oʼtkazildi va ularning materiallari toʼplami yaratildi. Kafedraga 2006 yildan 2013 yilga qadar dotsent Yo.X. Kushmurodov rahbarlik qildi. 2013 yildan hozirgi paytgacha dotsent Z.Z.Аminov kafedrani boshqarib kelmoqda.

M.N. Xayitov

Z.X. Aripova

A.A.Qodirov

B.T.Tilavov

Yo.X. Kushmurodov

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR ;


  Kafedra jamoasi va aloxida tarzda oʼqituvchi tomonidan rejaga asoslanib bir qator ishlar olib borimoqda. Maʼnaviyat va axborot soatlarini oʼtilishini samarali oʼtkazilishi uchun yil davomida har xaftada bir marta bittadan masʼul kishi belgilangan va roʼyxatlari tuzilgan. Talabalar turar joylarida kafedra mudiri boshchiligida, xodimlar va talabalarga murabbiylik ishlari olib boruvchilar bilan TTJda suhbatlar va uchrashuvlar olib boriladi.
Barkamol avlodni jismonan va maʼnan sogʼlom etib tarbiyalashga qaratilgan sogʼlom turmush tarzi, sogʼlom ovqatlanish, kasalliklar profilaktikasi, oila munosabatlari kabi mavzularda tadbirlar oʼtkaziladi.
  Bundan tashqari Ozbekiston Respublikasi prezidenti va hukumatimizning qarorlari va qonunlari targ’ibot qilib kelinmoqda.
Kafedra professor-o'qituvchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PQ-4947-sonli qarori bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi" ni o'rganish va o'qitish ustida doimiy ish olib bormoqdalar.
  Zaminimizda tugʼilib, kamol topgan mutafakkirlarning jahon ilm-fani rivojiga qoʼshgan hissasi va ularning boy maʼnaviy merosni yoshlarga yetkazish maqsadida allomalar hayoti va ijodi toʼgʼrisida kafedrada davra suxbatlari tashkil etiladi. Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini oʼrganish, yoshlar orasida keng targʼib etish, ularda milliy gʼurur va iftixor tuygʼusini mustahkamlash maqsadida yurtimizdagi tarixiy obidalar, buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan bogʼliq muqaddas ziyoratgohlarga tashriflar uyushtiriladi.
Talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar onlayn tarzda olib borildi va shu asnoda o'quvchilar o'qish va tayyorlanishlarini ta'minlashiga zamin yaratishdi.


O’quv uslubiy qo’llanmalar

O’quv uslubiy qo’llanma nomi

Mualliflar

1 Valeologiya
Samarqand 2020.
S.B. Israilova, А.А. Kurbanov
2 Практические навыки по предмету Гигиена. Медицинская экология Самарканд, 2020. З.З. Аминов, З.С. Наимова, Х.А. Курбанова
3 Gigiyеna.Tibbiy ekologiya fanidan amaliy ko’nikmalar
Samarqand 2020.
Z.Z. Aminov, Z.S. Naimova
X.A. Qurbanova

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menjmenti kafedrasida 11 nafar professor – o'qituvchilar faoliyat olib bordi: professor,tibbiyot fanlari doktori J.A. Rizayev, kafedra mudiri Phd, dotsent Z.Z. Aminov, PhD S.A. Karabayev, t.f.n. N.K. Askarova, katta o'qituvchilar – S.B. Israilova, X.X. Xakimova, assistentlar – Sh.A. Mamasoliyeva, D.E. Kushmatova, G.K. Dustova, A.A. Kurbanov, X.R. Kurbonov o'zlarining pedagogik faoliyatlarini olib borishmoqda.
  Kafedra xodimlari 11 nafarni tashkil etadi. Shulardan 46% ini 40 yoshgacha va 15% ini 50 yoshgacha bo'lgan professor o'qtuvchilar tashkil etadi. Yoqlangan dissertatsiyalar 4 nafar professor-o'qituvchida. Chop qilingan makolalar – 49 ta (2020 yil xisobidan), shulardan- respublikada 29 ta, xorijda 11 ta, Scopus va Web of Scienceda 9 ta. Chop qilingan monografiyalar 1 ta (Z.Z. Aminov, N.I. Xodjayev “Tibbiyotda islohotlarning yangi davri”). D.E. Kushmatova, X.X. Xakimova tomonidan patent olingan (Yangi pestitsidlarning toksikologiyasini baholash bo'yicha elektron platforma). Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasida bajarilgan grant ishlari

Muallifi Rahbari 2020 – yilda ajratilgan summa
1 Z.Z. Aminov
Supporting the Professionalization of Health Engineering studies and Related areas in Asia (SPHERA)
573909-EPP-1-2016-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP
141 000 евро
2 J.A. Rizaev Fostering the doctor of the 21st century: education for patient-centered communication
619037-EPP-1-2020-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP
951 234 евро
3 Z.Z. Aminov Harmonization and mutual recognition of MSc programmes in Occupational and Environmental Health
618829-EPP-1-2020-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP
999 485 евро

Kafedra xodimlarining Google scholar tizimidagi ma’lumoti

F.I.Sh. Jami Google scholar tizimidagi ixtiboslik soni Xirsh indeks
1 J. A. Rizaev 353 9
2 Z. Z. Aminov 231 8

Kafedraning qolgan xodimlari reja asosida ilmiy maqolalar, o’quv uslubiy, hamda uslubiy qo'llanmalar yaratish ustida o'zlarining pedagogik izlanishlarini olib bormoqda