×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Nurli diаgnostikа vа terаpiya kаfedrаsi

Mardieva Gulshod Mamatmurodovna
Kafedra mudiri, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba–Shanba soat 14:30-15:00
Tel: +998907420915
E-mail: gulshod_1965@rambler.ru
Manzil: SamMI 1-klinikasi.

KAFEDRA A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.SH

Lavozimi

Mardieva Gulshod Mamatmurodovna

Kafedra mudiri,Dotsent

Karimov Zafar Berdimurodovich

O`quv ishlar bo`yicha ma'sul assistent

Turdumatov Jamshed Anvarovich

Ilmiy ishlar bo`yicha ma'sul assistant

Yakubov G`olib Akbarovich

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha ma'sul assistent

Yanova Elvira Umarjanovna

PHD, doktarant

Giyasova Nigora Kabuljanovna

assistent

Shukurova Laziza Barisovna

assistent

Baxriddinov Bekzod Rustamovich

assistent


KAFEDRA TARIXI


  Nurli diagnostika va nur terapiyasi kursi 1931- yil tashkil topgan, shu yil UzDU tibbiyot fakultetining ichki kasalliklar kafedrasida G.S. Kuznesov rentgenologiya fanidan dars bera boshladi va 1937-yilda shu kafedrada kurs tashkil etildi. Uning tashkilotchisi va birinchi mudiri G.S. Kuznesov hisoblanadi. Ulug` vatan urishi davrida G.S. Kuznesov urushda qatnashgan paytda, rentgenologiya bo`yicha mutaxasis sifatida Samarqandga yuborilgan. Leningrad harbiy medisina akademiyasining professori Nemenov M.I. va rentgenolog-vrach I.M. Akimovlar (1942-1946 yillar) UzDUda dars berganlar. 1949-1950 yillarda rentgenologiya va radiologiya kursini dos. D.M. Abdurasulov boshqargan.
  1955- yildan bu kurs rentgenologiya va tibbiyot radiologiyasi kafedrasiga aylantirilgan. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri dosent G.S. Kuznesov bo`lgan va 1966-yilgacha kafedrani boshqargan.
  Bu davrda kafedrada Dokuchaeva N.F., Ablakulova S.B. va Priev I.G. assistent bo`lib ishlaganlar. 1957-yil N.F Dokuchaeva, 1961- yil S.B. Ablakulova, va 1965- yil I.G. Prievlar nomzodlik dissertasiyalarini yoqlaganlar.
  1962-yilda institut klinikasi qoshida «Radionuklid diagnostika va radioterapiya» bo`limi tashkil etildi. Kafedra qoshidagi radiologiya bo`limida turli onkologik va unga aloqador bo`lmagan kasalliklarda yuqori texnologiyalar darajasida nur terapiyasi va radionuklid tadqiqotlar o`tkazilgan.
  1966-1973-yillarda kafedrani professor A.I. Nesis boshqargan. 1967-yilda kafedra “Viloyat onkologiya dispanseri” bo`limiga ko`chirilgan va 1970-yilga qadar dispanserga nurli diagnostika va nur terapiyasi bo`yicha amaliy va konsultativ yordam ko`rsatilib kelingan. Kafedra assistenti Mamadjanov T.M. 1968-yilda nomzodlik dissertasiyasini, A.I. Nesis1970-yil N.F. Dokuchaeva1972-yilda doktorlik dissertasiyalarini himoya qilishgan. Kafedra xodimlari asosan har xil ichki kasalliklar rentgeno-diagnostikasi va qo`shma radiatsion jarohatlar bilan shug`illanganlar.
  1973-1975-yillarda kafedraga professor Dokuchaeva N.F. mudirlik qilgan. Kafedra xodimlari asosan “Kombinasiyalangan radiosion jarohatlar” ustida ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.Ushbu mavzu asosida assistent Artamanov V.I. 1972-yilda nomzodlik dissertasiyasini yoqladi.
  1975-1990-yillarda kafedra mudiri dotsent S.B. Ablakulova bo`lgan. Kafedra xodimlari asosan har xil kasalliklar rentgeno-diagnostika sohasida ilmiy izlanishlar olib bordilar. Natijada 1975-yil assistent Aslanov A.A. va 1980-yilda assistent Axrorov A.A. nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishgan. 1979-1985-yillarda institutning 1-son klinikasi qoshida “O`sma bo`lmagan kasalliklarni nur bilan davolash” bo`limi faoliyat ko`rsatgan. 1985-yilda esa “Radionuklid diagnostika” bo`limi alohida tashkil etildi. Bu davr mobaynida rentgenologiya va tibbiyot radiologiya fani bo`yicha quydagi o`qituvchilar dars berganlar: t.f.n. Priev I.G., t.f.n. Aslanov A.A., t.f.n. Axrorov A.A., t.f.n. Artamonov V.I., Ashurov A.A.
  1990-2006-yillari kafedrani professor T.M. Mamadjanov boshqargan. 1992-yildan boshlab kafedra nomi “Nurli diagnostika va nur terapiyasi” deb o`zgartirilgan va 2005-yilda kursga aylantirilgan. Mamadjanov T.M. 157 ta ilmiy ishlar, 1 ta o`quv qo`llanma, 12 ta o`quv-uslubiy qo`llanmalar chop etgan. Uning rahbarligida 2 ta fan nomzodi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “O`zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi” qoshidagi onkologiya va klinik radiologiya bo`yicha dissertasiyalar yoqlash ixtisoslashgan ilmiy kengash a'zosi, «Sog`liqni saqlash a'lochisi». T.M. Mamadjanov rahbarligida kafedra so`ngi 10-15 yilda o`quv jarayoniga turli yangi texnologiyalar kiritgan. Joriy, oraliq va yakuniy test nazoratlarini o`quv jarayoniga institutda birinchilar qatorida bundan 20-25 yil oldin tadbiq etgan. T.M. Mamadjanov tomonidan Nurli diagnostika bo`yicha elektron vizualizasiyali sinov dasturi tayyorlangan va u 2005-yilda davlat attestasiyasida muvaffaqiyatli sinalgan. 1997-yil kafedra qoshida vrachlar malakasini oshirish fakultetining “Nurli diagnostika” kursi tashkil etildi. Kurs mudiri vazifasini dotsent Ashurov A.A. bajarib kelgan. Diplomdan keyin rentgenologiya va UZI vrachlari tayyorlashda dos. Ya.A Axmedov, t.f.n. U.X. Rustamovlar faoliyat ko`rsatdilar. T.M. Mamadjanov rahbarligida kafedrada “Turli kasalliklarda gepatobiliar sistemaning morfofunksional holatini radionuklid tadqiqotlari”, “Zamburug`li kasallik-pesilamikozlarda o`pkadagi rentgenologik o`zgarishlar” va boshqa mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Kafedra xodimlari boshqa kafedralar bilan hamkorlikda “Skeletning turli kasalliklarida kuzatiladigan osteoplastik va fibroplastik jarayonlarning radionuklid tadqiqoti” mavzusida tadqiqot ishlarini olib borishgan.

  Ashurov Abdusalom Ashurovich “Nur diagnostikasi kursi” mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent.SamMI davolash fakultetini (1972), hamda “Rentgenologiya va tibbiy radiologiya” kafedrasi qoshida klinik ordinaturani tugatgan. 1981-yildan boshlab kafedra assistenti sifatida ishlagan. 1993-yilda «Izuchenie vozmojnosti bioindikasii luchevix porajeniy na osnove opredeleniya kolichestvennix izmeneniy elementnogo sostava krovi s pomosh'yu yaderno-fizicheskix metodov analiza» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. 1997-yil kafedra dotsenti lavozimiga saylangan. 1997-2005-yillar institut VMOF “Nurli diagnostika kursi” mudiri vazifasini bajargan. 1 ta monografiya, 130 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta rasionalizatorlik takliflari va 4 ta uslubiy qo`llanmalar muallifi. Oliy toifali klinik radiolog, “Samarqand viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi”ning bosh radiologi bo`lib faoliyat olib borgan.

  Dotsent Axmedov Ya.A. 1973-yil Samarqand davlat medisina institutini va 1986-yilda A.I. Sechenov nomli Moskva Medisina instituti “Rentgenologiya va radiologiya” kafedrasida klinik ordinaturani tugatgan. 1987-yildan boshlab kafedra assistenti lavozimida ishlagan. 1997-yil «Diagnosticheskaya znachimost mikrokalsinatov v raspoznovanie subklinicheskogo raka molochnoy jelezi» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan, 2001-yilda kafedra dotsenti etib saylangan. 1ta monografiya, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 ta ratsionalizatorlik taklifi va 16 dan ortiq “Talabalar va vrach-rentgenologlar uchun uslubiy qo`llanma” lar muallifi.2010-yilda Axmedov Ya.A rahbarligida ass. Mardieva G.M «Rentgenoproteologicheskie paralleli pnevmonii novorojdyonnix v zavisimosti ot stepeni zrelosti» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Oliy kategoriyali vrach-rentgenolog, 2001-2013-yillarda“Samarqand viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi”ning bosh rentgenologi sifatida faoliyat olib borgan.

  Dotsent Mardieva G.M. –1988 yilda SamMIni bitirgan va kafedrada assistent sifatida 1998-yilda faoliyat yuritgan. Oliy toifali vrach-rentgenolog. 2010-yilda «Rentgenoproteologicheskie paralleli pnevmonii novorojdyonnix v zavisimosti ot stepeni zrelosti» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 155 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 ta uslubiy qo`llanma va 1 ta monografiya muallifi.2015-2020 - yillar kurs mudiri va 2020 yildan kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

  Assistent Fayzieva D.A. – SamMI va kafedrada klinik ordinaturani tugatgan. Kafedrada 1999 -2018 yillar assistent bo`lib ishlagan. Klinikaning fakultet xirurgiya bo`limi qoshidagi rentgenodiagnostika kabineti mudiri lavozimida ham ishlagan. Oliy toifali vrach-rentgenolog. 25 ta ilmiy maqola va 2 ta o`quv-uslubiy qo`llanmalar mualifi.

  1998-2008 yillari kafedrada sog`liqni saqlash tizimiga klinik ordinatura bo`yicha 22ta, vrachlar malakasini oshirish fakulteti tomonidan rentgenologiya bo`yicha 51 ta yuqori malakali vrach rentgenologlar va 5 ta vrach-radiolog tayyorlan. Bundan tashqari Respublikaning turli viloyatlaridan 902 ta vrach-rentgenologlar o`z malakalarini oshirdilar.

  2020 yil sentyabr oyidan boshlab kurs “Nurli diagnostika va terapiya kafedrasi” deb nomlana boshlandi.Hozirgi vaqtda kafedrada 1 ta dosent, 5 ta assistent: Karimov Z.B.,Turdumatov J.A.,Yakubov G`.A.,Giyasova N.Q.,Shukurova L.B va 5 ta o`rindosh assistent faoliyat olib bormoqda.Kafedra bazasida hozirda birinchi bosqich doktorant Yanova E.U.,114 ta magistratura rezestentlari «Tibbiy radiologiya» yo`nalishida va 33 ta ikkinchi bosqich klinik ordinoatorlar «Klinik radiologiya» yo`nalishida taxsil olmoqdalar.


MA'NAVIY – MARIFIY ISHLAR


  Kafedraning asosiy faoliyatidan biri bu kafedraga biriktirilgan murabbiylik guruhlari bilan ishlash bo`lib, talabalarning o`qishi, qiziqishlarini qo`llab quvvatlash va bo`sh vaqtlaridan unumli foydalanishga ularga ko`maklashish bilan ma'naviy va ma'rifiy ishlar yuzasidan suhbatlar olib borish,madaniy meros obektlariga sayohatlarni tashkil qilishdan iborat.Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun har bir kafedraning malakali xodimlariga Pediatriya fakultetining 2 kurs guruhlari biriktirilgan, murabbiylik guruhlari bilan ishlash uchun kafedrada tasdiqlangan reja asosida ishlar olib boriladi.Institut tomonidan kafedrada biriktirilgan murabbiylar Yakubov G.A.,Karimov Z.B., Turdumatov J.A.,Yanova E.U.,Giyasova N.Q lar Intitut tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda, reja asosida, Samarqand shahridagi qadimiy yodgorliklarga,muzeylar,teatrlarga sayrlar tashkil qilib boriladi, shu bilan bir qatorda viloyatda tashkil qilingan marafonlar,milliy bayram tadbirlarda faol ishtrok etib keladilar.

  Har bir murabbiyda guruh talabalari,ularning oilaviy ahvoli to`g`risida,uning o`qishi haqida ma'lumotlar to`plangan shaxsiy papkalari va guruhlar bilan tushgan suratlar albomi bo`lib,suratlarda barcha tadbirlar haqida foto lavhalar saqlanib kelinadi.Murabbiylar har haftada o`z murabbiylik guruhlari bilan yuzma-yuz uchrashib,hafta davomidagi muamolalar haqida suhbatlashib, ular birgalikda hal etiladi.Qolaversa, murabbiylar TTJga,ijarada yashovchi talabalarning yashash joylariga borib, ular bilan uchrashib, yashash sharoyitlarini yaxshilab o`rganib borishadi va telegramm mesenjerlarda guruhlar tashkil qilingan bo`lib, har kuni guruhlar bilan to`gridan-to`gri muloqotda bo`lib turishadi.

  Kafedrada har payshanba kun « Axborot soati»dan boshlanadi.

Pediatriya fakulteti talabalari bilan uchrashuvda

Pediatriya fakulteti talabalari bilan marafonda

Pediatriya fakulteti talabalari bilan Registon maydonida


O‘QUV VA O‘QUV-USLUBIY ISHLAR


  Nurli diagnostika va terapiya kafedrasida davolash ishi pediatriya ishi, stomatalogiya fakultetlari hamda tibbiy profilaktika va tibbiy pedagogika fakultetlarining 3 va 4 kurs talabalari tahsil oladi. Kafedrada talabalar“Tibbiy radiologiya” fanini o`zlashtirishadi.Talabalar zamonaviy nurli tekshirish usullarini ayniqsa rengenografiya, kompyutorli tamografiya, magnitli rezonans tamografiya va radionuklit tekshirish usuli va qolaversa ultratovushli tekshirish usullarini asosini va ularning ishlash pinsiplarini chuqur o`rganadilar.

  Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limda kafedra rezidentlarini "Tibbiy radiologiya" ixtisosligi bo'yicha klinik ordinaturada va magistrlar tayyorlaydi. Hozirgi kunda 33 nafar rezident klinik ordinaturada, 14 nafar rezident magistraturada tahsil olmoqda.

Rentgenologik diagnostika xonasida magistratura rezidentlari bilan mashg'ulotlar


ILMIY TADQIQOT


  Ilmiy tadqiqot ishlar bo`yicha kafedra xodimlari har doyim pulmonologiya, endokrinologiya, nevrologiya yo`nalishlari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Xozirgi kunda kafedrada bitta PhD-doktorant va ikkita izlanuvchi kafedra mudiri raxbarligida ilmiy ishlarini olib borishmoqda.


DAVOLASH ISHLARI


  Kafedra xodimlari va SamMI ning 1-klinik bazasining rentgen-radiologiya bo`limii xodimlari bilan chambarchas birgalikda nurli tekshirish va davolash ishlarini olib borishadi. Klinik bazalar to`grisida aytadigan bo`lsak, nurli diagnostika va terapiya kafedrasining asosiy klinik bazasi bu SamMI 1-klinikasining rentgen –radiologiya bo`limi hisoblanib,shu bilan bir qatorda Samarkand shaxar onkologiya dispanserining Nurli diagnostika bo`limi ham hisoblanib ushbu bazalarda klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari o`z malakalarini oshirishadi. Ushbu bazalarda rentgendiagnostik va rentgenterapevtik xonalar hamda radionuklid diagnostika mavjud. Ultratovush tekshiruv xonalarida magistrlar va ordinatorlar amalyotda o`z bilim va ko`nikmalarini oshiradilar.Kolaversa kafedraning Samarkand shaxridagi zamonaviy xususiy tibbiy diagnostik markazlar bilan shartnomalari bo`lib ushbu klinikalarda xam magistrlar va klinik ordinatorlar o`z malakalarini oshirib borishadi.