×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi

Narzullayev Sanat Inoyatovich,

t.f.n. dosent


Qabul vaqti: Seshanba, Juma – soat 15:00
Tel: +998 98 273 92 02
E-mail: narzullaev.sanat@sammi.uz
Manzil: RShTYoIM Samarkand filialining 5-chi qavati o’quv korpusida joylashgan. Manzili M. A’zam ko’chasi, 18.

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Narzullayev Sanat Inoyatovich Kafedra mudiri, t.f.n. dosent
Zamanov Yuliy Rafkatovich Kafedra dosenti, t.f.n.
Achilov Mirzokarim Timurovich Kafedra dosenti, t.f.n.
Mizamov Furkat Ochilovich Kafedra dosenti
Shonazarov Iskandar Shonazarovich Kaferda o’qituvchisi, t.f.n.
Kurbonov Nizom Azizovich Kaferda o’qituvchisi
Elmurodov Golib Karshiyevich Kaferda o’qituvchisi
Axmedov Raxmatillo Furkatovich Kaferda o’qituvchisi
Sadinova Yulduz Sirojovna Kaferda o’qituvchisi
Tursunkulov Jonibek Kaxramonovich Kafedra katta laboranti

Kafedra xodimlari


KAFEDRA TARIXI


  Samarqand Davlat tibbiyot instituti DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-ta reanimatologiya kafedrasi 1983 yilda tashkil topgan. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri o’sha paytlarda Viloyat bosh xirurgi t.f.n., dosent A.I. Sidorenko bo’lgan (1983-88).
  1988 yildan kafedraga professor S.A.Abdullayev mudirlik lavozimiga saylangan.
1993-95 yillari kafedra kursga aylantirilgan, va 1995 yili yana kafedraga aylantirilgan.
O’sha vaqtlari kafedra Samarkand shahar 1-son shahar klinik shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasida joylashgan bo’lgan.
Undan so’ng kafedra bir qancha davrga Samarkand tuman markaziy shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasiga ko’chirilgan.

Docent

Sidorenko A.I.

  1997 yili kafedra 1-son shahar shifoxonasidan 1-son Viloyat birlashgan shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasiga ko’chirilgan. 2000 yili kafedra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali bazasiga ko’chirildi. Professor S.A.Abdullayev kafedraga 2003 –2004 o’quv yiligacha mudirlik qildilar. 2004-2005 o’quv yilining boshidan kafedraga t.f.d., professor J.A. Axtamov saylandi. U kishi bir vaqtning o’zida RShTYoIM Samarqand filialining direktori lavozimida ham ishlar edi.

Professor

Abdullayev S.A.

  Professor J. A. Axtamov 1996 yilda Respublikada birinchilardan bo’lib Samarqand shahar №1 klinik shifoxona bazasida ko’pfunksional endoskopik xirurgiya markaziga asos soldi va ushbu bo’limning mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu bo’limga 2002 yildan boshlab Viloyat endoxirurgiya markazi statusi berilgan.

J.A. Axtamov Respublikada birinchilar qatorda xirurgik amaliyotga qorin bo’shlig’i a’zolari kichik chanoq va siydik yo’llarida endoskopik operasiyalarni qo’llash usullarini kiritgan.

  1996 yilda u kishi «Ibn Sino» tibbiyot texnologiyalariga ko’maklashish Fondini asoslagan va shu jamg’arma orqali uzluksiz nashr etilib kelinayotgan kelinayotgan « Umumiy amaliyot do’xtiri axborotnomasi » ilmiy – amaliy jurnaliga ta’sischilik qilgan. Ushbu jurnalning bosh muharriri muovini vazifasini jamoatchilik asosida bajarib kelgan. Shu bilan birgalikda « O’zbekistok xirurgiyasi » jurnalini ma’sul kotibi sifatida ham o’z hissasini qo’shgan. Professor J.A. AxtamovSamarqand va Respublikamizda endoskopik xirurgiyani rivojlanishida o’zining munosib hissasini qo’shgan. U kishining rahbarligida RShTYoIM Samarqand filialida amaliyotga quyidagi davolash usullari kiritilgan: qorin oldingi devori katta, gigant va operasiyadan so’nggi residiv churralarini davolashda polipropilen setkasi yordamida protezlash, qorin bo’shlig’i parenximat o'z a’zolari travmasida «Damage control», og’ir va o’tkazib yuborilgan peritonitlarni davolashda «Rejalashtirilgan laparostoma», qorin bo’shlig’i

Professor J. A.Axtamov magistratura rezidentlari bilan birga (istoricheskoye foto)

parenximatoz a’zolari travmasida konservativ davolash usullaridir.
2008-2009 o’quv yilidan to hozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida dosent Narzullayev S.I. ishlab kelmoqda.

Dosent Narzullayev S.I.

  U kishi 1972 yili kandidatlik dissertasiyasini himoya qilgan.
1974 yilda «Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
1984 yildan dosent unvoni berilgan. Talabalar va yoshlar kadrlarni tarbiyalashdek muhim ishda o’zining katta hissasini qo’shgan ustoz hisoblanib, tibbiyotda ko’plab yangi davolash-diagnostik usullarni kiritgan. Shulardan biri Samarqandda birinchi bo’lib diagnostik-differensial usul sifatida laparoskopiya usulini amaliyotga tadbiq etgan. S.I. Narzullayev o’zining boy tajribasi va bilimini hozirgi kunda ham ayamasdan kafedraga malaka oshirishga kelayotgan barcha tinglovchilarga o’rgatib, ularda hozirgi kun tibbiyotida yangi dunyo qarash va xirurgiyaning diagnostika va davolash borasida yangi texnologik usullarni keng qo’llashni kabilarni o’rgatmoqda. Mehnat faoliyati davomida Respublikamiz va xorijdagi halqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda fatkanshib kelmoqda. U kishining 200 dan ortiq ilmiy, 20 o’quv va o’quv-uslubiy ishlari, ko’plab rasionalizatorlik takliflri va patenlari chop etilgan.
  Halq sog’ligini tiklash yo’lidagi mehnatlari evaziga Samarqand Davlat institutining 90-yillik yubileyi munosabati bilan uchinchi marotaba «Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada ma’rifat va ma’naviyat ishlari har bir o’quv yilining boshidan reja asosida olib boriladi. Ma’rifat va ma’naviyat ishlarini olib borishdan maqsad nafaqat kafedra xodimlarida, balkim kafedraga malaka oshirish uchun kelgan har tinglovchilarning g’oyaviy va siyosiy bilimlarini oshirish, boyitish, Respublikamiz va butun dunyoda sodir bo’layotgan voqyea va hodisalardan baxobar qilishdan iborat. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun har xafta institutda ma’rifat va ma’naviyat bo’yicha o’tka-ziladigan mashg’ulotdan ko’rsatma olinib, shu ko’rsatma asosida kafedrada ma’rifat ma’naviyat soatlarini o’tkazish amalga oshiriladi. Kafedramizda ma’rifat va ma’naviyat burchagi tashkil qilingan bo’lib, ushbu burchak doimo boyitib boriladi. Har bir davrga kelgan tinglovchi, magistratura rezidenti, klinik ordinatorlar bilan Samarqand shahrining tarixiy obidalari va institutimiz muzeyi borib ko’riladi.

Kafedra mudiri, dosent Narzullayev S.I. ma’rifat-ma’naviyat mashg’ulotida

Ma’rifat-ma’naviyat soati


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedraning asosiy vazifalaridan biri o’quv ishlari hisoblanadi. Institutni bitirgan har bir vrach birinchi uch yil ichida diplom orti malaka oshirishi lozim. Bu xozirgi kun talabi hisoblanadi. Kafedrada o’quv ishlari Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasiga asosan olib boriladi. Buning uchun har yili xirurgiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan mavzular asosida o’quv rejasi tuzilib, o’quv jarayoni ushbu rejaga asosan olib boriladi. Kafedra xodimlarining tarkibi: kafedra mudiri, t.f.n., dosent, 2 dosenta, t.f.n., 1 assistent, t.f.n., va 5 assistentlardan iborat. Dars jarayonini hozirgi kun talabi asosida olib borish uchun kafedra va kafedra joylashgan bazada barcha sharoitlar yetarli darajada. O’quv xonalari hozirgi zamon o’quv jihozlari bilan ta’minlangan

Kafedra xodimlari tinglovchilar bilan

Kafedraning magistratura rezidentlari

  Kafedra xodimlarining asosiy vazifalaridan biri – o’quv jarayonida hozirgi zamon o’quv texnologiyalarini qo’llashdir. Asosiy maqsad esa – har bir tinglovchining har bir mavzu bo’yicha bilim darajasini oshirish, hozirgi kun davolash-diagnostik texnologiyalarga chuqur amaliy yondashuvni o’rgatishdan iborat.
  Hozirgi kunda har yili kafedra xodimlari tomonidan qo’shni viloyatlarda Sayyor davrlar tashkil etilib, tibbiyotning oxirgi erishgan yutuqlari amaliyotga tadbiq etish borasida mahalliy halqga amaliy yordam berishmoqda (Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm i Jizzax). Ushbu davrlarni o’tkazish davomida boshqa mutaxassislar bilan birgalikda tibbiyotning dolzarb muammolariga bag’ishlangan amaliy seminarlar ham o’tkazilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tominidan oxirgi 5 yilda quyidagi o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etildi:
1. Ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i a’zolarining ochiq va yopiq shikastlanishlari // O’quv-uslubiy qo’llanma xirurglar, travmatologlar, yosh mutaxassislar va tibbiyot institutining yuqori kurs talabalari uchun mo’ljallangan. Toshkent, 2020 yil, 85 bet.
2. Zakrыtaya sochetannaya travma jivota // Metodicheskoye posobiye dlya studentov starshix kursov medisinskix vыsshix obrazovatelnыx uchrejdeniy. Samarkand, 2019 god, 59 s.
3. Qorin jaroxati diagnostikasi va davolash taktikasi // Metodik qo’llanma xirurglar, travmatologlar, yosh mutaxassislar va tibbiyot institutining yuqori kurs talabalari uchun mo’ljallangan. Samarqand, 2019 y., 56 bet.
4. Otkrыtыye i zakrыtыye povrejdeniya grudnoy kletki i yeye organov // Metodicheskiye rekomendasii dlya klinicheskix ordinatorov, slushateley fakultetov povыsheniya kvalifikasii vrachey (xirurgov), magistrantov i samostoyatelnoy podgotovki studentov starshix kursov vыsshix obrazovatelnыx uchrejdeniy. Tashkent, 2017 g., 41 s.
5. Termicheskiye povrejdeniya // Metodicheskaya rekomendasiya dlya rezidentov magistraturы, klinicheskix ordinatorov i studentov starshix kursov medisinskix VUZov. Samarkand, 2017 g., 32 s.
6. Termik shikastlanishlar // Tibbiyot oliy o’quv yurtlarining magistratara rezidentlari, klinik ordinatorlari, xirurgiya bo’yicha diplomdan keyingi ta’lim eshituvchilari va katta kurs studentlari uchun metodik tavsiyanomalar. Samarqand, 2017 y., 31 b.
7. Termik shikastlanishlar // Tibbiyot oliy o’quv yurtlarining magistratara rezidentlari, klinik ordinatorlari, xirurgiya bo’yicha diplomdan keyingi ta’lim eshituvchilari va katta kurs studentlari uchun metodik tavsiyanomalar. Samarqand, 2017 y., 33.b.
8. Sepsis i septicheskiy shok. Klinika, diagnostika i intensivnaya terapiya. Ojogovыy sepsis. // Metodicheskaya rekomendasiya dlya kursantov, rezidentov magistraturы, klinicheskix ordinatorov i studentov starshix kursov medisinskix VUZov. Samarkand, 2020 g., 102 s.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  2020 yilda kafedrada jami 9 xodim faoliyat yuritishdi. Xodimlardan 4 kishi tibbiyot fanlari nomzodi; 5 ta ilmiy darajaga ega bo’lmaganlar. Kafedra ilmiy saloxiyati 44,4%.
Kafedraning ilmiy yo’nalishi – kuyish kasalligini davolash, hamda ko’krak va qorin bo’shlig’i a’zolari qo’shma jarohatini davolashga bag’ishlangan.
  Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2019-2020 o’quv yilida 45 ta (5 ta uslubiy ko’rsatma va tavsiyanoma, 4 ta guvoxnoma, 2 ta rasionalizatorlik taklifi, 20 ta makola va 14 ta tezis) ilmiy ish chop etilgan. Chop etilgan ishlardan Scopus va Web of Science – 5 ta makola, 6 ta makola va 7 tezislar xorij va MDX nashrlarida, 4 maqola va 12 ta tezislar respublika nashrlarda chop etilgan.
  Kafedra xodimlari yil davomida 3 ta xalkaro ilmiy anjumanlarga katnashib sertifikatlar bilan takdirlanganlar.
Kafedrada klinik ordinator va magistr rezidentlari ishadilar. Klinik ordinator va magistr rezidentlari kafedraning ilmiy yunalishiga mos ravishda ilmiy tadkikot ishlari bilan shugullanishadilar.
  Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan materiallarning iqtiboslik darajasi va Xersh indeksi 4 ta xodimda aniklandi: 1. Kafedra mudiri - t.f.n. Narzullayev S.I. 2. ass. Mizamov F.O. 4. dosent Achilov M.T. 5. ass. t.f.n., Shonazarov