×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

1-son xirurgik kаsаlliklаr kаfedrаsi urologiya kursi

Kurbaniyazov Zafar Babajanovich

Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba - Shanba 09:00- 15:00 gacha
Tel: +998979145521
E-mail: dr_zafar@list.ru
Manzil: Samarqand sh. A. Temur ko`chasi 18 – uy

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH.

Lavozimi

Q.E. Raxmanov

PhD, dotsent

D.SH. Abduraxmanov

assistent

I.A. Arziev

PhD, assistent

A.F. Zayniev

PhD, assistent

B.A. Mardonov

PhD, assistent

Z.N. Nazarov

assistent

S.O`. Sulaymanov

assistent

F.K. Saynaev

assistent

J.I. G’ozibekov

assistent

P.A. Yuldashov

assistent

A.M. Nasimov

assistent

SH.N. Usarov

assistent

A.A. egamberdiev

assistent

J.S. Saloxiddinov

assistent

A.A. Anarboev

assistent


KAFEDRA TARIXI


  1-son xirurgik kasalliklar kafedrasi 1933 yilda tashkillashtirilgan bo'lib, unga professor A.A. Kozirev (1933-34 yy.), professor B.YE. Pankrat`ev (1934-42 yy.), dotsent V.F. Medvedkov (1944-45 yy.), professor A.V. Sushevskiy (1946-51 yy.) va G.M. Mints (1951-56 yy.) kabi professorlar har xil yillarda rahbarlik qilishgan.SamMI fakul`tet xirurgiyasi kafedrasi mudiri professor Kozirev

F.M. Golub (1956-14 yy.)

I.R. Rustamov (1987-1997 yy.)

B.U. Sabirov (1997-2009 yy.)

  1956 yildan professor F.M. Golub kafedraga raҳbarlik qilgan. Uning raҳbarligi ostida U.A. Aripov, A.I. Britun, N.F. Dokuchaeva, R.YU. Amirov, M.A. Axmedovlar doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganlar 1964 yilda professor F.M. Golub O`zSSR da xizmat ko`rsatgan fan arbobi unvoniga ega bo`lgan. 1974-87 yillarda kafedraga professor R.YU. Amirov mudirlik qilgan. Kafedraning asosiy ilmiy yo`nalishi jaroҳatning bitish jarayoniga zaxarli ximikatlarning ta`siri bo`yicha eksperimental tadqiqotlar bo`lgan. Xirurgiyada immunologiya muammolari ishlab chiqilgan. Ushbu yillarda kafedrada dotsentlar R.K. Sattarov, L.V. Marokanova, V.N. SHishkinlar ishlashgan. 1988 yildan kafedrani professor I.R. Rustamov boshqargan. Kafedrada professorlar M.X. Xodjaeva va M.A. Faxratov ishlashgan. 1997 yilda fakultet va gospital xirurgiya kafedralari birlashtirildi va kafedra mudiri etib professor B.U. Sabirov saylangan. Kafedraning asosiy ilmiy yo`nalishi torakal va abdominal xirurgiyada miniinvaziv operatsiya usullarini ishlab chiqarish.

  009 yildan 1-son xirurgik kasalliklar kafedrasiga t.f.d. (DSc), professor Kurbaniyazov Zafar Babajanovich raҳbarlik qilmoqda.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Talabalarning bo'sh vaqtlari ma’naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi. Kafedraning har bir guruhiga tajribali o'qituvchilar orasidan saralangan kurator tayinlangan. Kuratorlar rahbarligida kafedra talabalari ommaviy tadbirlarda faol qatnashadilar, madaniy hordiq chiqaradilar, Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.

  Jismoniy tarbiya va sportga katta e'tibor beriladi. Kuratorlik guruhlari talabalari institut sport majmuasi negizida ishlaydigan suzish, tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, jang san'ati, yengil atletika bo'yicha sport to’garaklariga qatnaydilar. Ular ham viloyat, ham respublika sport musobaqalarida faol ishtirok etishadi.

  Kafedra xodimlari futbol bo'yicha O'zbekiston Respublikasi shifokorlar terma jamoasi tarkibida DIFFA tashabbusi bilan 23-26 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tgan futzal bo'yicha xalqaro turnirda ishtirok etishdi. 2 -o'rini olishdi.


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedrada o'quv sikli davomida talabalar o'zlashtirilgan amaliy ko'nikmalar asosida imtihon topshiradilar.

  Oxirgi uch yilda kafedra o'qituvchilari tomonidan yuqori kurs talabalari, magistratura va klinik rezidentlari uchun 27 ta qo'llanma, 2 ta o'quv qo'llanma va 4 ta monografiya ishlab chiqildi.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Soʼnggi 3 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 1 doktorlik va 8 nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, 175dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, shu qatori Nagoya J. Med. Sci., British Journal of Science, Education and Culture, Medical and Health Science Journal, Shpitalnaya xirurgiya kabi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etildi. Kafedra xodimlari tomonidan 4 ta patent (1 ta IAP va 3 ta FAP) va 21 ta dastur (DGU) olindi, 1 darslik, 6 o`quv qo`llanma, 7 monografiya chop etildi. Kafedraning ilmiy yo’nalishlari gepatobiliar va me`da-ichak trakti rekonstruktiv xirurgiyasi, endokrin xirurgiya, xirurgik gerniologiya va ҳ.k. Ҳozirgi vaqtda 2 doktorlik va 11 nomzodlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar davom etmoqda. Ilmiy ishlar klinika bazasidagi diagnostika va davolash ishlarida qo`llanilayotgan ҳozirgi zamon yuqori texnologiyali uskunalar yordamida olingan natijalar asosida olib borilmoqda.

  2019-2021 yillarda kafedrada. 3 nafar talaba Abu Ali ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi va "O'zbekiston yoshlar ittifoqi" stipendiyasi sovrindorlari bo'ldi. Ikki talaba Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi laureati va bir nafar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi laureati bo'ldi.

  2019-2021 yillarda kafedrada. 3 nafar talaba Abu Ali ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi va "O'zbekiston yoshlar ittifoqi" stipendiyasi sovrindorlari bo'ldi. Ikki talaba Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi laureati va bir nafar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi laureati bo'ldi.