×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

2-son xirurgik kаsаlliklаr kаfedrаsi urologiya kursi

Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich,t.f.n. dosentt


Qabul vaqti: Seshanba, Juma – soat 15:00
Tel: +998 90 212 72 84
E-mail: mustafakulov1970@gmail.com
Manzil: Davolash fakulteti 2-son xirurgik kasalliklari kafedrasi RShTYoIM Samarkand filialining 5 qavati o’quv korpusida joylashgan. Manzili M. A’zam ko’chasi, 18.

KAFEDRA A’ZOLARI


F.I.Sh.

Lavozimi

1. Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich

Kafedra mudiri, t.f.n. dosent

2. Karabayev Xudoyberdi Karabayevich

Kafedra professori, t.f.d

3. Ruziboyev Sanjar Abdusalomovich

Kafedra dosenti, t.f.d

4. Elmuradov Axtam Norbekovich

Kaferda o’qituvchisi, t.f.n.

5. Shakirov Bobir Magrufovich

Kaferda o’qituvchisi, t.f.n.

6. Avazov Abduraxim Abduraxmonovich

Kaferda o’qituvchisi

7. Daminov Feruz Asadullayevich

Kaferda o’qituvchisi, t.f.n.

8. Hursanov Jakub Erkin ygli

Kaferda o’qituvchisi

9. Umedov Xushvakt Alisherovich

Kaferda o’qituvchisi

10. Normamatov Baxriddin Pirmamatovich

Kafedra katta laboranti


KAFEDRA TARIXI


  A.A. Kozrev birinchi bo’lib 1932 yili xirurgiya propedevtikasi kafedrasini tashkil qildi, 1933 yilda esa unga gospital xirurgiya kafedrasini tashkillashtirish yuklatildi va kafedra shaxar klinik shifoxonasi ichida tashkil topdi. A.A. Kozыrev kafedrani bir necha oy boshkardi, undan keyin dosent S.P. Shilovsev 1934-1939 yillar davomida kafedra mudirligi va klinika rahbarligini olib bordi va 1936 yili «Vitaminnoye pitaniye i zajivleniye kostnыx perelomov» mavzusidan doktorlik dissertasiyasini himoya kildi. Shunday qilib S.P. Shilovsev klinikada birinchilardan bo’lib medisina fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo’ldi. Uning rahbarligida kafedra asisstentlari A.G. Glagolev, A.A. Rush, M.S. Grigoryev, A. Alisov nomzodlik dissertasiyalarini ximoya kilishdi. 40 dan ziyod ilmiy ishlar chop etildi. Klinika xodimlari abdominal urgent xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, shuningdek onkologiya bilan shug’ullanishgan. Professor S.P. Shilovsev bizning regionda rakga qarshi kurash tashkilotiga asos soldi.
  1939 yilda professor S.P. Shilovsev kafedradan ketganidan keyin uning o’rniga kafedra mudirligi professor G.B. Monashkinga topshirildi. U avval Xarkov medisina instituti gospital xirurgiya kafedrasida professor I.S. Trinkler qo’lida, undan keyin Maxachkala medisina institutida kafedra mudiri bo’lib ishlagan. Professor G.B. Monashkin Samarqanda 1939-1949 yillar ishlagan. «Zabolevaniye mochetochnika v klinike i v eksperimente» mavzusidan doktorlik dissertasiyasini ximoya kildi. U klinikaga kuplab urologik operasiyalarni kiritdi. G.B. Monashkinning tashabbusi bilan dala-xarbiy jarroxligi kursi (zav.- dosent F.T. Baydalov) va studentlar ilmiy to’garagi tashkil qilindi. Assistentlar A.X. Xaydarov, V.R. Varlamov, N.I. Grin, L.K. Gusevlarning nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi. 50 dan ortiq ishlar chop etildi.
  G.B. Monashkin o’limidan keyin kafedrani boshqarish dosent F.T. Baydalovga topshirildi.
  Uning raxbarligida klinika qorin bo’shlig’i organlari jarroxligi bilan shug’ullana boshlandi. Keng mikyosda me’da rezeksiyasi, ichaklardagi operasiyalar, ortopedik kasalliklarda tiklovchi operasiyalar (dosent L.A.Terexin) o’tkazildi.
1951 yil fevraldan professor V.P. Bodulin kafedrani boshqara boshladi, bungacha u umumiy xirurgiya kafedrasini boshqargan. U «Chetыrexzonalnoye deleniye legkix v eksperimente i v klinike legochnыx nagnoitelnыx zabolevaniy» mavzusidan doktorlik dissertasiyasini ximoya qildi, u qorin bo’shlig’i va o’pka kasalliklari xirurgi bo’lgan. U Samarqanda o’pkada qilinadigan operasiyalarga asos soldi. O’pka exinokokkozi, o’pka abssessi, yiringli plevrit va boshqalar bilan bemorlar operasiyalari keng qo’llanila boshlandi. Professor V.P. Bodulin raxbarligida ass. M.A. Yenikeyeva, ass. X.X. Rasulov (1954) lar nomzodlik dissertasiyasini ximoya kilishdi. Ilmiy-pedogogik ish yaxshilandi. Toshkentdan dosent L.M. Obuxova chaqirildi va u yuz-jag’ xirurgiyasi kursini tashkillash topshirildi.
  Professor V.P. Bodulinning Stavropol medisina institutiga o’tishi sababli, 1954 yili kafedrani boshqarish konkurs asosida R.R. Vredena nomidagi Leningrad travmatologiya va ortopediya Institutidan m.f.d. D.M. Zlotnikov keldi. U bu yerda 2 yil ishladi. Bu paytda ass. A.Z. Vaxidov (1955) nomzodlik dissertasiyasini ximoya kildi. Xirurgik praktikada lagoxilus-opyanyayuщiye qo’llanila boshlandi.
  Professor D.M. Zlotnikov ketganidan keyin klinikani boshqarish dosent V.F. Medvedkovga (1956) topshirildi, u avval SamMIda umumiy, undan keyin fakultet xirurgiya kafedrasini boshqargan, u kafedraga 1959 yilgacha raxbarlik qilgan, bu vaqt davomida bir kator ilmiy makolalar chop etildi, ilmiy-pedogogik ishlar bajarildi.
1959 yil Moskvada Vishnevskiy nomidagi xirurgiya institutida akad. P.K. Anoxin raxbarligida A.X. Xaydarov «Nekotorыye fiziologicheskiye xarakteristiki gemodinamicheskix sdvigov pri eksperimentalnoy koarktasii aortы» mavzusida doktorlik dissertasiyasini ximoya kildi. U 1959 yildan 1971 yilgacha klinika raxbarligini boshqardi. Samarqanda birinchi bo’lib, 1960 yili torakal xirurgiya va 1961 yili kuyish bo’limlari tashkil topdi. Maxsus xirurgik yordami darajasi ko’tarildi. O’pka kasalliklarida, yurak-qon tomir tizimi, qizilo’ngach va jigarda operasiya qilish usullari, termik jaroxatlarda va yuz-jag’ kasalliklarida plastik operasiya usullari tadbiq etildi. Kafedrada ilmiy tekshirish ishlari jadallashtirildi. 1968 yili kafedra ilmiy ishlari to’plami chop etildi. 12 ta nomzodlik dissertasiyasi (B.N. Nazarov, K.N. Balandin, S.A. Mulokandov, X.K. Karabayev, A.Ya. Foygelman, N.Sh. Shokanbayev, A.G. Vorobyevskaya, S.A. Abdullayev va boshqalar) va ikkita doktorlik dissertasiyasi (A.Yu. Svidler 1972 yili va X.X. Rasulov 1973 yili) ximoya etildi.
  1971 yildan 1973 yilgacha kafedra mudirligi vazifasini dosent A.Z. Voxidov bajardi.
  1973 sentyabr oyidan boshlab kafedra mudirligi vazifasiga professor X.X. Rasulov konkurs asosida tayinlandi. Jamoa kuch-g’ayrati bilan davolash ishlari ancha yaxshilandi. 1975 yili reanimasiya bo’limida ekspress laboratoriyasi tashkil etildi. O’pka kasalliklarida, yurak-qon tomir tizimi, qizilo’ngach va jigarda operasiya kilish usullari amaliyotga tadbiq etildi. O’rta Osiyoda birinchi bo’lib kuyish kasalligida gnotobiologik izolyasiya kilish (X.K. Karabayev), filtrlangan va abakterial xavo bilan ochiq usulda davolash usuli tadbiq etildi (E.X. Gafarov).
  1979 yili doktorlik dissertasiyasi (X.K. Karabayev) va 12 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya etildi. Ikkita doktorlik dissertasiyasi (A.S. Salamov va Dj.A. Axtamov) va bir nechta nomzodlik dissertasiyasi (V.G. Mkrtumyan, Z.J. Kamolov, N.X. Sharapov va boshkalar) tayyorlandi. Markaziy va respublika jurnallarida 250 dan ziyod ilmiy ishlar chop etildi.
  1993 yildan 2008 yilgacha kafedra mudirligi vazifasini professor B.S. Tursunov bajardi. Ilmiy ishlar saloxiyati ancha oshirildi. B.S. Tursunov tomonidan 18 ta monografiya va darsliklar, 550 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Uning raxbarligida uchta doktorlik (S.A. Allazov, K.X. Maxmudov, A.K. Gabchenko) va 13 ta nomzodlik dissertasiyalari yoqlandi (Z.J. Kamalov, Sh.T. Berdiyerov, K.X. Maxmudov, Sh.S. Shaxanov, V.Ye. Makarin, B.X. Karabayev, M.I. Rustamov, A.S. Pogosov, J.A. Djabriyev, U.X. Aminov, A. Usmonov, Z.N. Aptarov, B.M. Shokirov). 1998 yildan B.S. Tursunov Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi.
2000 yildan boshlab kafedra 6-7 kurslar xirurgik kasalliklar kafedrasi deb nomlandi.
  2009 yildan boshlab kafedra mudirligi vazifasini professor X.K. Karabayev bajardi. U kishi 1980-98 yillar pediatriya fakulteti xirurgiya kafedrasini boshqargan, 1999-2008 yillar davolash fakulteti 6-7 kurslar xirurgik kasalliklari kafedrasi professori bo’lgan. Professor X.K. Karabayev raxbarligida uchta doktorlik (B.S. Tursunov, M.E. Eshmirzayev, E.A. Xakimov) va uchta kandidatlik (G.A. Xaydarov, A.D. Davranov, S.K. Kamalov) dissertasiyalari ximoya kilingan, 9 ta monografiya, 885 ta ilmiy ish chop etilgan. Xozirgi kunda uchta nomzodlik va bitta doktorlik dissertasiyasi tayyorlanayapti.
  2010-2017 yillar kafedra mudirligi vazifasini dosent S.A. Ruziboyev bajardi. U kishi 2011 yili «Optimizasiya xirurgicheskogo lecheniya glubokix ojogov u lis pojilogo i starcheskogo vozrasta s otyagoщyennыm premorbidnыm fonom» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, va 2019 yilda Toshkent shaxrida “Reabilitasionnaya programma i profilaktika oslojneniy u bolnыx sirrozom pecheni v otdalennыy period posle portosistemnogo shuntirovaniya” mavzusida doktorlik dissertasiyasiyasini himoya qildi. S.A. Ruziboyev 200 ga yaqin ilmiy ishlar chop etgan.
  2017 yil dekabr oyidan boshlab hozirgi kungacha kafedrani dosent I.B. Mustafakulov boshqarib kelmoqda. U kishi 2009 yilda “Puti uluchsheniya rezultatov lecheniya bolnыx s termoingalyasionnoy travmoy” mavzusida kandidatlik dissertasiyasini yoqlagan, hozirgi kunda doktorlik dissertasiya ustida ish olib borayapti. I.B. Mustafakulov 300 ga yaqin ilmiy ishlar chop etgan.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedramizda ma’naviy-ma’rifiy va murabbiylik ishlarni olib borish va tarbiyaviy soatlarning muntazam o’tkazilib turilishini ass. F.A. Daminov mas’ul shaxs sifatida ta’min etayapti. Tarbiyaviy soatlar institut raxbariyati va “Ma’rifat va ma’naviyat” bo’limi tomonidan belgilangan reja asosida xar xaftada o’tkazilib turildi. Tarbiyaviy soatlarni o’tkazishda kafedra xodimlari va faol talabalar ham jalb etildi.

T.f.n, o’qituvchi A.N. Elmurodov talabalar bilan ma’naviyat soatida.

  Kafedra xodimlariga davolash fakultetining 6-kurs 601-615 gurux talabalari murabbiylik guruxlari sifatida biriktirilgan bo’lib, bu guruxlar bilan assistentlar F.A. Daminov, A.A. Avazov, K.R. Tagayev, X.A. Umidov va I.B. Mustafakulovlar tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borishdi. Yil davomida gurux murabbiylari o’z guruxlari bilan muntazam ravishda xar xaftaga yig’ilishlar o’tkazib, talabalarning davomati, o’zlashtirish darajasi, oilaviy axvoli bilan, yashash joyi sharoitlari bilan tanishib ularga yakindan yordam berib kelishdi. Kafedra xodimlari jadvalga muvofiq talabalar yotokxonasida navbatchilik qilishdi.

Murabbiylar talabalar turar joyida.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil «Yoshlarni kyllab kyvatlash va aholi salomatligini mystahkamlash» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni Samarqand Davlat tibbiyot instituti 2-xirurgik kasalliklar kafedrasi miqyosida amalga oshirib borishdi.

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Xozirgi kunda kafedrada davolash va kasb ta’limi fakulteti 6 kurs studentlariga, xamda xorijiy studentlarga (Koreya) «xirurgiya» fanidan dars beriladi. Bundan tashqari kafedrada 3 ta magistr rezidentlari va 8 ta klinik ordinatorlar xirurgiya fanidan dars o’tishadi.
  Kafedrada o’tkazilayotgan amaliy va nazariy mashg’ulotlar yaratilgan platforma asosida o’tkaziladi. Mashg’ulotlar qo’yilgan talablarga to’liq mos kelgan holda o’tkaziladi. O’qitish jarayeni RShTYoIM Samarqand filialigi barcha bo’limlaridagi mavjud hozirgi zamon texnologiyalaridan to’liq foydalanilgan holda o’tkaziladi.
  Xirurgiya siklini o’tish mobaynida studentlarning chuqur bilim olishlarini ta’minlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ayniksa, umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash uchun zarur amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan chukurroq o’zlashtirishga aloxida etibor berildi – bog’lov xonalarida ishlash, operasiyalarga assistentlik qilish, tungi navbatchiliklarda 2-4 marta ishtirok etish va boshqalar. Amaliy ko’nikma maqsadi, ko’rsatmalari, bajarish texnikalari qadamma-qadam ko’rsatilib baxolash me’zonlari belgilangan.

 Kafedra professor-o’qituvchilari tominidan oxirgi 5 yilda quyidagi o’quv-uslubiy qo’llanmalar va monografiyalar chop etildi:

  • Ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i a’zolarining ochiq va yopiq shikastlanishlari // O’quv-uslubiy qo’llanma xirurglar, travmatologlar, yosh mutaxassislar va tibbiyot institutining yuqori kurs talabalari uchun mo’ljallangan. Toshkent, 2020 yil, 85 bet.
  • Krovotecheniye iz pishyevaritelnogo trakta // O’quv qo’llanma xirurglar, travmatologlar, yosh mutaxassislar va tibbiyot institutining yuqori kurs talabalari uchun mo’ljallangan, Tashkent, 2020 yil, 96 s.
  • Zakritaya sochetannaya travma jivota // Metodicheskoye posobiye dlya studentov starshix kursov medisinskix visshix obrazovatelnыx uchrejdeniy. Samarkand, 2019 god, 59 s.
  • Qorin jaroxati diagnostikasi va davolash taktikasi // Metodik qo’llanma xirurglar, travmatologlar, yosh mutaxassislar va tibbiyot institutining yuqori kurs talabalari uchun mo’ljallangan. Samarqand, 2019 y., 56 bet.
  • Optimizasiya diagnostiki i lecheniya narusheniy sistemi gemostaza pri ojogovoy bolezni // Metodicheskiye rekomendasii dlya studentov starshix kursov medisinskix visshix obrazovatelnыx uchrejdeniy. Tashkent, 2019 g., 28 s.
  • Narusheniye sistemi gemostaza pri ojogovoy bolezni // Uchebno-metodicheskiye rekomendasii dlya studentov starshix kursov medisinskix visshix obrazovatelnыx uchrejdeniy. Tashkent, 2019 g. 20 s.
  • Optimizasiya diagnostiki i lecheniya narusheniy funksii jeludochno-kishechnogo trakta u tyajeloobojjennix // Metodicheskiye rekomendasii dlya studentov starshix kursov medisinskix visshix obrazovatelnыx uchrejdeniy. Tashkent, 2019 g., 27 s.
  • Algoritm lechebno-diagnosticheskoy taktiki i reabilitasii bolnix sirrozom pecheni v otdalennom periode posle portosistemnogo shuntirovaniya // Metodicheskaiye rekomendasii prednaznacheni dlya vrachey-endoskopistov, rezidentov magistraturi i vrachey obshyey praktiki. Tashkent, 2019 g., 22 s.
  • Poliorgannaya nedostatochnost pri ojogovoy bolezni: problemы diagnostiki, profilaktiki i lecheniya // Klinicheskoye rukovodstvo, 2018 g., 233 s.
  • Termoingalyasionnaya travma: diagnostika i lecheniye // Klinicheskoye rukovodstvo, 2018 g., 153 s.
  • Ostraya kishechnaya neproxodimost // Metodicheskoye posobiye dlya klinicheskix ordinatorov, slushateley fakultetov povisheniya kvalifikasii vrachey (xirurgov), magistrantov i samostoyatelnoy podgotovki studentov starshix kursov visshix obrazovatelnыx uchrejdeniy. Tashkent, 2017 g., 56 s.
  • Otkritiye i zakritiye povrejdeniya grudnoy kletki i yeye organov // Metodicheskiye rekomendasii dlya klinicheskix ordinatorov, slushateley fakultetov povisheniya kvalifikasii vrachey (xirurgov), magistrantov i samostoyatelnoy podgotovki studentov starshix kursov visshix obrazovatelnix uchrejdeniy. Tashkent, 2017 g., 41 s.
  • Varikoznaya bolezn // Metodicheskaya rekomendasiya dlya rezidentov magistraturы, klinicheskix ordinatorov i studentov starshix kursov medisinskix VUZov. Samarkand, 2017 g., 24 s.
  • Termicheskiye povrejdeniya // Metodicheskaya rekomendasiya dlya rezidentov magistraturы, klinicheskix ordinatorov i studentov starshix kursov medisinskix VUZov. Samarkand, 2017 g., 32 s.
  • Termik shikastlanishlar // Tibbiyot oliy o’quv yurtlarining magistratara rezidentlari, klinik ordinatorlari, xirurgiya bo’yicha diplomdan keyingi ta’lim eshituvchilari va katta kurs studentlari uchun metodik tavsiyanomalar. Samarqand, 2017 y., 31 b.
  • Termik shikastlanishlar // Tibbiyot oliy o’quv yurtlarining magistratara rezidentlari, klinik ordinatorlari, xirurgiya bo’yicha diplomdan keyingi ta’lim eshituvchilari va katta kurs studentlari uchun metodik tavsiyanomalar. Samarqand, 2017 y., 33.b.
  • Lecheniye ojogov stopi i ix posledstviya // Monografiya, 2016 g., Germaniya. Palmarium Academic Publishing, 115 s.
  • Prospective Study of Patients with Foot Burns in Samarkand// Монография, 2020 й. Nova Biomedical New York, USA.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  2021 yilda kafedrada jami 9 xodim faoliyat yuritishdi. Xodimlardan 2 kishi tibbiyot fanlari doktori; 4 kishi tibbiyot fanlari nomzodi; 5 ta ilmiy darajaga ega bo’lmaganlar. Kafedra ilmiy saloxiyati 66,7%.

  Kafedraning ilmiy yo’nalishi – kuyish kasalligini davolash, hamda ko’krak va qorin bo’shlig’i a’zolari qo’shma jarohatini davolashga bag’ishlangan.

  Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2020-2021 o’quv yilida 115 ta (11 ta uslubiy ko’rsatma va tavsiyanoma, 7 ta guvoxnoma, 3 ta rasionalizatorlik taklifi, 35 ta makola va 59 ta tezis) ilmiy ish chop etilgan. Chop etilgan ishlardan makola va tezislar xorij va MDX nashrlarida, 19 maqola va 24 ta tezislar respublika nashrlarda chop etilgan.

  Kafedra xodimlari yil davomida 7 ta xalkaro ilmiy anjumanlarga katnashib sertifikatlar bilan takdirlanganlar.

  Kafedrada talabalar ilmiy to’garagi tashkil etilgan. Har bir to’garak a’zosiga malakali kafedra o’qituvchilari biriktirilgan. Talabalar o’zi qiziqqan mavzu bo’yicha ilmiy muammolar ustida ish olib borib, tezis va maqolalar shaklida Respublika va Halqaro miqiyosida chop etishadi. Kafedrada iqtidorli talabalarni kelajakda klinik ordinatura va magistraturaga kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

Talabalar ilmiy jamiyati a’zolari bilan suxbat vaqtida

  Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan materiallarning iqtiboslik darajasi va Xersh indeksi 6 ta xodimda aniklandi: 1. Kafedra mudiri - t.f.n. Mustafakulov I.B., 2. Prof. Karabayev X.K. 3. Ass. Tagayev K.R. 4. Ass. Daminov F.A., 5. T.f.d. Ruziboyev S.A., 6. Ass. t.f.n. Elmurodov A.N.