×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Xorijda malaka oshirish va ta’lim xaqida ma’lumot

  - Hozirgi kunda Samarqand Davlat tibbiyot institutining 80 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud bo‘lib, malika oshirish, tajriba almashish o‘quv kurslari bo‘yicha amaldagi memorandumlar soni 75 tani tashkil etdi. Samarkand davlat tibbiyot instituti va boshqa davlat tibbiyot universtiteti bilan birgalikda akademik mobillik yo‘lga ko‘yish, maxorat darslari, ma’ruzalar o‘qish va ilm-fan almashinuvlarini amalga oshirishib kelinmoqda.

  - Birgina o‘tgan 2020-2021 yillar mobaynida institutda 70 dan ortiq xalqaro hamkor oliygohlar va tashkilotlar ishtirokida 100 dan ortiq kelishuvlar imzolangan, ularning 90 foizi esa amaliyotga bosqichma-bosqich tatbiq etib borilayapti. Shulardan xorijda malaka oshirish va ilm-fan almashinuvlarini amalga oshirish doirasida 2021 yil 27 iyundan 02 iyulgacha Samarqand davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi 10 kishidan iborat ishchi tashrifi doirasida Moskva viloyat ilmiy -tadqiqot klinik institutiga (MONIKI) tashrif buyurdi. Moskva mintaqaviy ilmiy -tadqiqot klinik instituti (MONIKI) - tibbiyot xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va oliy o'quv yurtidan keyingi ta’lim markazi, tadqiqot, davolash va diagnostikaning ilg‘or innovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etishi.

  -2021 yil 21 sentabr Samarkand Davlat Tibbiët Instituti professor-ukituvchilari, klinik-ordinatorlar va talabalardan iborat delegatsiya a’zolari akademik mobillik doirasida Rossiya Federatsiyaning Nalchik shaxridagi X.M. Berbekov nomidagi Kabardino-Balkar Milliy universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida "Stomatologiya va Yuz-jag jarroxligi Instituti direktori t.f.d. Rossiya Federatsiyasida xizmat kursatgan Tibbiët xodimi, professor Mustafaev Magomet Shabazovich bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida Magomet Shabazovich delegatsiyamiz a’zolariga institut tarixi, dars jaraënlari, ukitish tizimi va rejalari bilan tanishtirdilar.

  -Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, institutda 2020-2021 o‘quv yilida 30 dan ortiq xalqaro konferensiya, 6 ta xalqaro olimpiada va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan turli mavzularda 300 ga yaqin xalqaro vebinarlar o‘tkazildi.

Xorijiy universitetlar bilan ishlab chiqilgan qo‘shma o‘quv dasturlari, qo‘shma diplom dasturlari borasida


  -Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni kengaytirish borasida Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universtiteti qo‘shma o‘quv dasturining “ikki diplom” dasturi(4+2), pediatriya, stomatologiya va davolash ishi (bakalavriat) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 150 nafar talabalar o‘qishga qabul qilingan.

  -Rossiya Federatsiyasi Chuvashiya davlat universtiteti qo‘shma o‘quv dasturining “ikki diplom” dasturi (3+2,5) klinik psixologiya (bakalavriat) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar talabalar o‘qishga qabul qilingan.

  - Polsha Respublikasi Wyższa Szkoła Biznesu – National-Louis-University qo‘shma o‘quv dasturining “ikki diplom” dasturi(1+1) sog‘liqni saqlashda menejment (magistratura) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar magistr rezidentlar va qo‘shma o‘quv dasturining “ikki diplom” dasturi(3+1), sog‘liqni saqlashda menejment (bakalavriat) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar talabalar o‘qishga qabul qilingan.

  -Ukraina Respublikasi Ternopol milliy tibbiyot universiteti qo‘shma o‘quv dasturining “ikki diplom” dasturi(1+1) oliy xamshiralik ishi (magistratura) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar magistr rezidentlar va oliy xamshiralik ishi (bakalavriat) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 25 nafar talabalar o‘qishga qabul qilingan.

  -Belarus Respublikasi, Belarus Davlat tibbiyot universiteti qo‘shma o‘quv dasturining “ikki diplom” dasturi(1+1), otorinolaringologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar talabalar, travmatologiya va ortopediya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar talabalar, stomatologiya (yuz-jag‘ jarroxligi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar talabalar, stomatologiya (xirurgik stomatologiya) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar talabalar, mikrobiologiya va virusologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar talabalar, biokimyo ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar talabalar, tashxisning instrumental va funksional usullari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar talabalar, farmakologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar talabalar o‘qishga qabul qilingan.

  -Xozirgi kunda kelib jami 250 nafar talaba, magistr va ordinatorlar tahsil olyapti.