×
Menu Close Menu

O'quv bo'limi

O'quv- uslubiy bo'limi boshlig’i
Garifulina Lilya Maratovna

Qabul vaqti: Dushanba-juma 14:00-16:00
Tel: (0366)233-36-79
Fax: (0366)233-71-75
E-mail: uquv.bulim@mail.ru
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

  Samarqand Davlat meditsina institutida oʼquv jarayoni Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saklash vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy xujjatlar asosida tashkil etilgan xamda “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga amal qiladi.
  Hozirgi paytda institutda 9ta bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 5700 ta student, 35 ta mutaxassislik bo‘yicha 274ta magistratura rezidentlari va 38 ta mutaxassislik bo‘yicha 450 tadan ortiq klinik ordinatorlar tahsil olmoqda.
2020 – 2021 o‘quv yilidin boshlab Privoljsk tibbiy tadqiqot universiteti, I.Ya.Gorbachovskiy nomidagi Ternopol' milliy tibbiy universiteti, I.N.Ul'yanova nomidagi Chuvash davlat universiteti bilan 5 ta qo‘shma fakul'tet o‘z faoliyatini boshladi, bu yerda 5 ta bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 150 tadan ortiq student tahsil olmoqda.
Institutning 6 ta fakul'teti va 74 ta kafedrasida 730 ta pedagog: 53 ta tibbiyot fanlari doktori (ulardan 30 tasi professor), 145 ta tibbiyot fanlari nomzodi (ulardan 80 tasi dosent), 37 ta katta o‘qituvchi o‘quv – uslubiy faoliyat olib bormoqda.

OʼQUV-USLUBIY BOʼLIMINING MAJBURIYATLARI VA FUNKTSIYALAR:


  Oʼquv-uslubiy boʼlim Samarqand davlat meditsina institutining tarkibiy boʼlinmalardan boʼlib, uning asosiy vazifalari institutdagi oʼquv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish xisoblanadi.
  Аsosiy funktsiyalari:
 • 1-6 kurs talabalari uchun oʼquv mashgʼulotlari jadvalini tuzish, oʼquv jarayonining xulosaviy jadvali, imtihon mashgʼulotlari jadvalini tekshirish;
 • oʼquv yili uchun studentlar, oʼquv guruhlari va okimlar sonini hisoblash;
 • oliy tibbiy taʼlim mutaxassisliklari oʼquv dasturlarini tayyorlash;
 • oʼquv yili uchun kafedra professor-oʼqituvchilarining oʼquv va boshqa ish turlari hajmini hisoblash va muvofiqlashtirish;
studentlar intizomini nazorat qilish;
 • Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi bilan davlat attestatsiya komissiya raislarini muvofiqlashtirish;
 • soatbay ish haqi stavkalari boʼyicha shartnoma shartlari boʼyicha oʼquv ishlarini bajarish uchun hujjatlarni tekshirish, tasdiqlash va farmoyishlar tayyorlash, uning bajarilishini nazorat kilish;
 • Studentlarning boshqa oliy taʼlim muassasalaridan koʼchirish va qayta tiklash boʼyicha murojaat qilgan fuqarolarga tegishli maslahatlar berish;
 • oliy taʼlim muassasalarining oʼquv dasturlaridagi ilmiy farqlarni hisoblash .


O'quv-uslubiy bo'lim xodimlari