×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Yoshlar ittifoqi tomonidan o`tkazilgan tadbirlar

  Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig'ini yoshlar tashkil etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017-yil 30-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi tashkil topgan kun va "Yoshlar kuni"deb e'lon qilindi.

  O'zbekiston yoshlar ittifoqi-yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, keng jamoatchilik, avvalambor, yoshlar vakillarining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, yoshlar tashkilotidir.

  O'zbekiston yoshlar ittifoqining asosiy maqsadi mamlakatimiz yoshlarini zamonaviy, ma'naviy va intellektual rivojlangan, ommaviy madaniyatning tahdid va xavf – xatarlariga qarshi tura oladigan, mustaqilligimizga sodiq shaxslar etib tarbiyalashdan iborat.

  Yoshlar ittifoqining asosiy vazifalari yoshlarni mamlakatimizda demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga jalb qilish, jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, o'g'il - qizlarning ma'naviy va kasbiy darajasini oshirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashishdan iborat.

  O'zbekiston yoshlar ittifoqiga 2017-2021 yillarda islohotlar jarayonida yoshlarning faolligini oshirish bo'yicha qator muhim vazifalar yuklatildi.

  Yoshlar ittifoqining SamDTI boshlang'ich tashkiloti o'z faoliyatini 2017-yil 5-sentabrda institut tashabbuskor yoshlari ta'sis yig'ilishi qaroriga muvofiq boshlagan.

14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni bayram tadbiri

Rektor stipendiatlariga har semestrda sertifikatlar topshirilib kelinmoqda

Navoiyni “Qush tili” asari institut talabalari ijrosida

Kiborsport bo`yicha sport musobaqasi

“Rektor kubogi” uchun sport musobaqalari

9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayram uchrashuvi

61-imkoniyati cheklanganlar maktab internatidagi xayriya aksiyasi

  SamDTI yoshlar ittifoqi talabalarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi, ularning muammolarini o'rganadi va ularni rahbariyatga taqdim etadi, institutning ta'lim, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarida faol ishtirok etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta'minlangan talabalar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan muntazam suhbatlar, faol talabalarni jalb etgan holda turli ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. So'nggi yillarda olib borilayotgan muntazam ishlar tufayli yoshlar ittifoqining talabalar o'rtasidagi roli sezilarli darajada oshdi.