×
Menu Close Menu

Oliy hamshiralik ishi fakulteti

AXMEDJANOVA NARGIZA ISMAILOVNA

tibbiyot fanlari doktori, dotsent

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: (0366) 233-81-08
E-mail: oxi_dekan@mail.ru
Manzil: Samarqand sh., Amir Temur ko‘ch., 18 uy

Mutaxassislik:0513000 – Hamshiralik va akusherlik
Kvalifikatsiyasi: 6510700 – Hamshiralik va akusherlik bakalavri
O‘qish muddatiya: 3 yil.
O‘qitish shakli: kunduzgi.

FAKULTET TARKIBIGA QUYIDAGI KAFEDRALAR KIRADI:

3-son ichki kаsаlliklаr kаfedrаsi, endokrinologiya kursi bilаn

Endokrinologiya kursi

Jismoniy tаrbiya vа sport kаfedrаsi

Tibbiy reаbilitаtsiya, sport tibbiyoti vа xаlq tаbobаti kаfedrаsi

Teri-tаnosil kаsаlliklаr kаfedrаsi

FAKULTET DEKANATINING TARKIBI

Raufxon Bozorovich Asqarov

Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel.: (998) 99 4090951
E-mail: rasqarov@bk.ru

Melikova Dilshodaxon O’ktam qizi

Metodist
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: (998) 979225025
E-mail: yewoda0710@gmail.com

FAKULTET TARIXI


  “Oliy hamshiralik ishi” yo’nalishi bo’yicha birinchi qabul 1999-yilda Samarqand Davlat Tibbiyot institutining davolash fakulteti qoshida bo’lib o'tdi. SamMI rektori prof. A.M.Shamsiev tashabbusi bilan 2005 yildan boshlab fakultet o’zining mustaqil faoliyatini boshladi va fakultet dekalari bo’lib dotsent B.T.Tilavov, dosent S.E.Kubaev, t.f.d. N.N.Abdullaeva faoliyat ko’rsatdilar. 2020 yildan boshlab “Oliy xamshiralik ishi” fakultetini t.f.d. dotsent N.I.Axmedjanova boshqarib kelmoqda. Fakultet talabalari 3 yil davomida institutning 36 kafedrasida 62 ta fandan taxsil oladilar. Shu o’tgan davr ichida fakultet 652 ta oliy toifali xamshira yetkazib berdi. Bitiruvchilar soni xar yili 60-70 taga yetadi. Fakultet kafedralari juda xam boy tarixga ega.

  Kafedralarning professor-o’qituvchilari malakali mutaxassis yetishtirish uchun doimiy ravishda o’z ostilarida ishlab, bilimlarini oshirgan xolda faoliyat olib borishmoqda. Institutning barcha kafedralari Davlat Ta’lim standartining mutaxassisliklar bo’yicha umumiy reja asosida ish olib borishadi. Fakultet kafedralarida, 50 o’qituvchi studentlarga ta’lim beradilar, ulardan 4tasi fan doktorlari, professor va 15 ta fan nomzodlari, shunday qilib professor-o’qituvchilarning ilmiy saloxiyati 38% tashkil etadi.
  Fakultetning o’quv bazalari SamMIning 1 va 2 son klinikalarida, Samarkand shaxrining RShTYIM filiali, shaxar sog’likni saqlash shifoxonalarida va poliklinikalarida joylashgan.
  Oliy xamshiralik ishi fakulteti kafedralarining professor o’qituvchilari yuqori saviyadagi pedagogik maxoratga ega va o’z malakaviy bilimlarini uzluksiz ravishda xorijiy davlatlarning yirik markazlarida va respublikamizning tibbiy muassasalarida oshirib kelishmokda. Professor o’qituvchilarning kupchiligi yirik Xalkaro anjumanlarda katnashib, o’zining dolzarb mavzulri bilan kupchilikning e’tiborini jalb kilib kelmokdalar.

Fakultet dekanlari:

B.T Tilavov

S.E Kubaev

N.N. Abdullaeva

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Fakultetning bosh vazifalardan biri studentlarda yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatiga qizikishni tarbiyalash, sog’lom turmush tarziga extiyoj berish, talabalarni madaniy-ommaviy tadbirlarga jalb etish kabi amallardir. Fakultetning tarbiyaviy ishlarini Yoshlar Ittifoqining dastlabki tashkiloti, talabalarning kasaba Ittifoqi, fakultet ayollar qo’mitasi, kuratorlar kengashi tasdiqlangan reja asosida amalga oshiradi. Fakultetning xar bir guruxiga tajribali pedagoglardan kuratorlar biriktirilgan. Xar bir kuratorning ish rejasi bo’lib, uning asosida guruxlar bilan xar xil tadbirlar o’tkazadi. Xar bir kuratorda xar talaba va uning kun tartibi borasida ma’lumotlar bor. Utkazilgan barcha tadbirlarga oid albom va disklar mavjud, ularda mazkur tadbirlar syujeti o’z aksini topgan. Kuratorlar raxbarligida fakultet talabalari barcha ijtimoiy tadbirlar – badiiy ijod, tarixiy obidalar va Samarqand shaxrining ko’zga ko’ringan joylari, muzey va teatrlarga borishadi. Jismoniy tarbiya va sportga xam katta axamiyat beriladi. Fakultet studentlari institut sport kompleksi bazasida ish olib borayotgan tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, yengil atletika kabi seksiyalarda qatnashib, respublika va regionda bo’lib o’tayotgan sport musobaqalarida faol katnashib kelmoqdalar. Fakultet dekani va dekan o'rinbosari muntazam ravishda studentlar va guruh murrabiylari bilan uchrashib turishadi.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari Xalqaro, respublika va maxalliy nashrlarda aks ettirilgan. Fakultet olimlarining ilmiy tadqiqot ishlari doimiy ravishda ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog’liqni saqlash talablari bilan yaqin aloqadorlikda olib boriladi. Xozirgi vaqtda esa ilmiy tadqiqotlar fan va texnika taraqqiyotining Davlat dasturiga kiritilgan muammolarning yechishiga yo’naltirilgan. Fakultetning asosiy vazifasi yuqori fundamental, umumtibbiy va kasbiy malakaga ega yuqori malakali muttaxassislarni tayyorlashdan iborat.
  Fakultet xodimlari institutda, respublikaning tibbiyot OTMlar va MDH davlatlarida o’tkaziladigan konferensiyalarda faol qatnashadilar. Kafedra o’qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlarni tashkillashtirishda katta ishlar olib borishmoqda. Fakultet respublikaning xamda yaqin va uzoq xorij davlatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan faol xamkorlikda ishlaydilar. Ilmiy tadqiqot ishlarda studentlar xam faol qatnashadilar. Studentlarni ilmiy faoliyatga jalb etish TIJ orqali amalga oshiriladi.

Oviedo (Ispaniya) Universitetida Evropa Ittifoqining ERASMUS + SPHERA loyihasi doirasida seminar-treningda, fakultetning ichki kasalliklar #3 kafedrasi tomonidan faol ishtirok etishdi.
2018 yil 18-23 mart

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR


  Fakultetning o'quv metodik faoliyati O'zbekiston Respublikasi ta’lim normativ xuquq-xujjatlari asosida tashkillashtirilgan.
  Talabalar fanlarni o’zlashtirishi ta’lim jarayonini kafedralarda yaxshi tashkil etilishi va zamonaviy jixozlar bilan ta’minlangan sharoitda amalga oshiradilar, bu esa o’quv materiallarini chuqur o’rganishga yordam beradi. O’quv jarayonini o’quv rejasi, namunaviy va ishchi dasturlar asosida o’tish uchun kafedralarda kerakli o’quv xonalar kompleksi, o’quv-ilmiy laboratoriyalar, ma’ruza zallari va sinf xonalari mavjud. Studentlar Internet orqali institutning elektron ta’lim tizimidan metodik materiallar olish imkoniyatiga ega. Fakultet kafedralarida o’quv jarayonini tashkil etilishida o’quv va mexnat tartib-intizomiga talabchanlikga rioya qilish, o’qitish amaliyotida pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish, o’qitishning sifat va samaradorligini takomillashtirish muxim axamiyatga ega. Ushbu maqsadga yetishish uchun xar kunlik amaliyotda studentlarni darsga qatnashishi va o’zlashtirishining doimiy monitoringi ishlab chiqilgan va tadbiq etilgan.
  Professor-pedagoglarni studentlar bilan doimiy ravishda individual ishlashi fakultetning muxim vazifalaridan biri xisoblanadi. Tibbiy fanlarni chuqur o’zlashtirishda, barcha fanlar bo’yicha elektron o’quv-metodik materiallar joylashgan (mt.sammi.uz), elektron modul tizimidan foydalanish mumkin.

IQTIDORLI STUDENTLAR BILAN ISHLASH


  Fayzieva Baxora 305- gurux talabasi boʼlib 2019-2020 oʼquv yilida oʼquv dasturidagi fanlarni oʼzlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va oʼquv rejasidagi barcha fanlarning kamida ¾ qismi boʼyicha 86 ball va undan yuqori oʼzlashtirish koʼrsatkichlariga erishib imtiyozli diplom bilan bitirdi.