×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Institut haqida umumiy ma'lumot

  Markaziy Osiyodagi eng qadimgi tibbiyot instituti bo'lib, yuqori malakali tibbiyot kadrlarini sifatli tayyorlashini ta'minlaydi. Institut go'zal va asrlar davomida ilmiy tafakkur va ajoyib madaniyat markazi bo'lib kelgan Samarqand shahrida joylashgan.

  Samarqand Davlat Tibbiyot Institutining tarixi 1930-yil may oyidan, O'zbekiston Xalq Komissarlari Kengashining 7-maydagi 80-sonli qarori bilan O'zbekiston Davlat Tibbiyot Instituti tashkil etilishidan boshlandi. Institut o’z faoliyati davomida 40000dan ortiq malakali shifokorlarni tayyorlab bergan.

Rektor: Rizaev Jasur Аlimdjanovich, Tibbiyot fanlari doktori, professor, 2020-yil 15-fevraldan.

Pedagog xodimlar tarkibi

Samarqand davlat tibbiyot institutida 712 nafar olim va o'qituvchilar ilmiy va pedagogik faoliyat olib borishadi, shulardan 624 nafari asosiy shtatli xodimlar. Ular tarkibi -58 nafar professor, 65 nafar fan doktorlari, 177 nafar fan nomzodlari, 152 nafar dotsentlardan iborat.

Moddiy-texnik bazasi:

Hozirgi kunda oliygohda ta’lim 9 fakultetda bakalavriatning 8ta yo‘nalishida olib borilmoqda:
Fakultetlar
• “Davolash fakulteti”;
• “Pediatriya fakulteti”;
• “Tibbiy pedagogika fakulteti”;
• “Oliy hamshiralik ishi fakulteti”;
• “Stomatologiya fakulteti”;
• “Farmastiya fakulteti”;
• “Tibbiy-profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti”;
• "Xalqaro fakultet";
• "Diplomdan keying ta’lim";

Bakalavriat yo’nalishlari
• “Davolash fakulteti”, 1930 yil tashkil etilgan;
• “Pediatriya fakulteti”, 1963 yil tashkil etilgan;
• “Kasb ta’limi (davolash ishi)”, 2005 yil tashkil etilgan;
• “Oliy hamshiralik ishi fakulteti”, 2005 yil tashkil etilgan;
• “Stomatologiya fakulteti”, 2009 yil tashkil etilgan;
• “Farmastiya fakulteti”, 2018 yil tashkil etilgan;
• “Tibbiy-profilaktika” (2016);
• "Tibbiy-biologiya ishi" (2018);
• "Xalq tabobati" (2020);

2020 yildan boshlab institutda 6 yo’nalishda qo’shma ta’lim dasturi va “MMBS” xalqaro dastur o’z ishsini boshladi
• “Davolash ishi”
• “Pediatriya ishi”
• “Stomatologiya fakulteti”
• “Oliy hamshiralik ishi”
• “Klinik psixologiya”
• “Menejment: sog’liqni saqlash menejmenti”
• “MMBS”


  Bu fakultetlar 1190 ta o’quv auditoriyalarida zamonaviy kompyuterlar va 75 ta multimediya xonalari mavjud bo’lgan 74 ta kafedra bazasida faoliyat olib boradi. Samarqand tibbiyot instituti qoshida Akademik litsey faoliyat ko’rsatmoqda.

Аsosiy koʼrsatkichlar:

  6900 ta talaba 9 ta bakalavriat yoʼnalishida va qo’shma ta’lim dasturida, 35 ta magistratura mutaxassisligida 371 nafar resident va 44 ta klinik ordinatura mutaxassisligida 577 nafar resident oʼqiydi. Soʼnggi 2 yilda 6 nafar fan doktori (DSc) va 41 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) tayyorlangan; 26 ta kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlik oʼrnatilgan; 468 shartnoma asosida viloyatlar Soglikni saklash boshkarmalariga (1.573,0 mln. soʼmlik) taʼlim xizmati kursatilgan.

Institutdagi oʼquv jarayoni

  Institutni mehnat jamoasi zamon bilan hamnafas boʼlib, mamlakatimizni taʼlim va sogʼliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar va oʼzgarishlarning barcha talablarga oʼz vaqtida toʼlaqonli javob berib kelmoqdalar.
  Institutda o'quv jarayoni "Ta'lim to'g'risida" gi qonun, ta'lim yo'nalishlariga muvofiq "Davlat ta'lim standarti" va "Malaka talablari" asosida amalga oshiriladi.
  Hozirgi kunda oʼquv jarayonini yuqori sifatini taʼminlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari va oʼquv klinik laboratoriyalari eng zamonaviy axborot bazaviy texnologiyalari, multimediya proektorlari, video va audio tizimlari, masofaviy oʼqitish bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni institutda oʼqitiladigan barcha fanlar boʼyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallarni oʼz ichiga qamrab olgan elektron va modulli oʼquv tizimidan (moodle.sammi.uz) foydalangan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya Internet texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Chet ellik talabalar (Koreya Respublikasidan) uchun ingliz tilida elektron oʼqitish tizimida alohida majmualar yaratilgan. Shuningdek, barcha boʼlimlarda talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) faoliyat koʼrsatmoqda. Yaratilgan shart-sharoitlar oʼquv jarayoni jahon taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajada olib borishga imkoniyat bermoqda.
  Institutda o‘quv jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tilida olib boriladi.

 Taʼlim axborot manbalari

  Institutda tashkil etilgan, o’z fondida 300000 dan ortiq nashrga yega bo’lgan ARM (axborot-resurs markazi) alohida e’tiborga loyiqdir. Bu yerda fanlar bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalar, uslubiy, ilmiy va boshqa turdagi adabiyotlar ham mavjud.

  ARMda electron kutubxona mavjud bo`lib bazasidan har bir talaba, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar, vrachlar malalasini oshirish fakulteti tinglovchilari hamda professor-o’qituvchilar https://library.sammi.uz sayti va @sammiarm telegram kanali orqali foydalanishlari mumkin. Ta’kidlash joizki, zamonaviy axborot bazasi tizimlari bilan jihozlangan Innovasion pedagogik texnologiyalar markazining shakllanishi o’quv jarayoni sifatini oshirish omillaridan biri bo’ldi. Yaratilgan Axborot texnologiyalari markazi yeng so’nggi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydi. U 14 ta kompyuter sinflaridan va Internetga ulangan lingafon laboratoriyalaridan iborat bo’lib, lokal server orqali institutning yelektron kutubxonasiga ulangan. Bu talabalarga Xalqaro ta’lim standarti doirasida kasbiy bilimlarni olishga yordam beradi.

Moddiy texnik baza

  Samarqand Davlat tibbiyot instituti moddiy texnik jihatdan doimiy boyitib kelinmoqda. Jumladan institutda o‘quv jarayonlarida foydalanish uchun 730 ta kompyuter (barchasi internet tarmog‘iga ulangan), 126 ta proyektor, 89 ta televizor, 5 ta vediomagnitafon, 18 ta elektron doska, 2 ta masofadan o‘qitish texnikasi va 1 ta “Pirogov stoli” bilan ta’minlangan. Institut Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari orasidagi reytingda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
  2020-yil Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi tomonidan Davlat Akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan va 30-oktabr 2020-yilda 5 yil muddatga Sertifikat berilgan.

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot instituti fan va texnologiyalar Markazini grantlari, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasining fundamental tadqiqotlarida faol qatnashadi hamda chet ellik sheriklar bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. АQSh, Germaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Gollandiya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Qozogʼiston va Qirgʼizistonning halqaro va oʼquv tashkilotlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan. SamDTIning bitiruvchilari Oʼzbekistonda va chet el mamlakatlari, xususan АQSh, Isroil, Germaniya, Rossiyada samarali mehnat qilmoqdalar. Institut jamoasi tibbiy taʼlim va ilm-fan rivojida yangi ufqlarini aniq tasavvuri bilan farq qiladi. Mustaqillik yillarida, mintaqamizning eng qadimiy tibbiy OTMdagi ijobiy oʼzgarishlar, uni mamlakatimizning nufuzli muassasalari qatoriga qoʼshdi. Bu esa, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yoʼlidan faoliyat yuritayotgan Samarqand Davlat tibbiyot institutining mavqeini yanada oshirish uchun kuchli turtki boʼlmoqda.