×
Menu Close Menu

SamMI yuridik xizmati

Olim Tursunov Gadayevich


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 1500-1700
Tel: (0366)233-04-44
E-mail: yurist@sammi.uz
Manzil: Samarqand, Amir Temur ko'chasi, 18

Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari

  • SamDTI yuridik xizmati – institut faoliyatini huquqiy ta'minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me'yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim bo‘lib, SamDTIda ushbu xizmat 1 shtat – huquqshunoslik lavozimidan iborat.
  • Yuridik xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, institut rektorining 2017 yil 30 yanvardagi 90-U-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat tibbiyot institutining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilish;
  • Institutning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish;
  • SamDTI tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ–huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • Institutning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
  • SamDTI xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot – kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
  • Shartnomaviy–huquqiy va talabnoma–da'vo ishlarini yuritish, institutning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta'minlash.

Institut yuriskonsul'ti vazifasida keyingi yillarda:

  • S. Raupov (1982-1991),
    B. Saidov (1991-1994),
    S. Xasanova (1994-1998),
    D. Sabirova (1998-1999),
    Z. Muxitdinov (1999-2015) faoliyat ko‘rsatib kelishgan.

  Hozirda institut yuriskonsul'ti O.G. Tursunov (ushbu lavozimda 2017 yil 29 maydan) O.G. Tursunov 2018 yil iyun' oyida Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirish kursini tugatgan (2018 yil 22 iyunda 30-01-761sonli sertifikat).
  2018 yil 4 avgustda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasidan attestasiyadan o‘tgan (YuK seriyali 003412-sonli attestasiyadan o‘tish guvohnomasi).