×
Menu Close Menu

Talabalar hayoti

  Institutda 3 ta talabalar turar joylari faoliyat koʼrsatmokda. 1 son talabalar turar joyi Daxbet koʼchasi 37 uyda, 2-son Talabalar turar joyi Dahbed koʼchasi 41 uyda va 3-son talabalar turar joyi Gʼiyosiddin Jamshid koʼchasi 17 uyda joylashgan. Institutda 1100 oʼringa moʼljallangan 3 ta talabalar turar joylari faoliyat koʼrsatmokda.

  Ushbu talabalar turar joylarda institutda tahsil olayotgan 1100 studentlar, Koreya Respublikasidan kelib oʼqiyotgan studentlar hamda qoʼshni 5 ta viloyatlardan malaka oshirishga kelgan vrachlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib mazkur joy zamon talablari darajasiga keltirilgan.
  Institut talabalar turar joylaridagi «Maʼnaviyat va maʼrifat» xonalari yuqori saviyada jixozlangan, qattiq va yumshoq mebellar qoʼyilgan, gilamlar toʼshalgan. bu joyda institut kutubxonasi filiali tashkil qilingan va tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. TTJlarda institut kutubxonasi filiallari tashkil qilingan boʼlib 3000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo boʼlishgan.
  Turar joylarda talabalarning madaniy dam olishlari uchun xar qaysi qavatlarga televizor qoʼyilgan va barcha xonalar yangi yumshoq mebellar bilan taʼminlangan. Institut 1-son talabalar turar joyida viloyat Oliy oʼquv yurtlarida yagona boʼlgan kir yuvish majmuasi faoliyat koʼrsatmoqda. Studentlar uchun barcha qavatlarda dush, gigiena, kir yuvish xonalari mavjud va ular issik suv bilan taʼminlangan. Muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimi oʼrnatilgan. 1-talabalar turar joyida 19 ta televizor, 14 ta kir yuvish mashinasi, 36 ta gaz plita va 1ta muzlatgich, 2-talabalar turar joyida 2 ta televizor, 6 ta kir yuvish mashinasi hamda 12 ta gaz plitasi, 3-talabalar turar joyida esa 1 ta televizor, 8 ta kir yuvish mashinasi, 20 ta gaz plita, 1 ta muzlatgich mavjud. Turar joylarda talabalarning dars tayyorlashlari soʼnggi modeldagi Pentium-IV rusumli kompьyut mavjud boʼlib WI-FI hamda internet tarmogʼiga ulangan.
  Institut 1-son talabalar turar joyida viloyat Oliy oʼquv yurtlarida yagona boʼlgan kir yuvish majmuasi faoliyat koʼrsatmoqda va har 10 kunda almashtiriladi. Studentlar uchun barcha qavatlarda dush, gigiena, kir yuvish xonalari mavjud va ular issik suv bilan taʼminlangan. Muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimi oʼrnatilgan.
  1-son talabalar turar joyi binosining dekaratsiyasi 2017 yil taʼmirlangan. 2-son talabalar turar joyi 2017 yil dekaratsiyasi taʼmirlangan. 3-son talabalar turar joyi 2018 yil kapital va joriy taʼmirdan chiqarilgan.