×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Tibbiy profilaktika fakulteti

Fakultet dekani: Tibbiyot fanlari doktori, dotsent

Tuxtarov Baxrom Eshnazarovich
Umumiy gigiena va ekologiya kafedrasi mudiri.


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: +998 99 815 35 90
Fax:
E-mail: baxromtuxtarov@mail.ru
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetida ikkita yo’nalish:
1.Tibbiy profilaktika
2.Tibbiy biologiya

Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) - 5510300-Tibbiy profilaktika ishi
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – vrach umumiy gigienist, epidemiolog
O’qish muddati: 5 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi

Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) - 5510300-Tibbiy biologiya ishi
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – vrach lobarant
O’qish muddati: 4 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi

Tibbiy profilaktika yo’nalishi 2016-yilda, Tibbiy biologiya yo’nalishi esa 2018-yilda tashkil etildi.
Fakultetda 378 nafar studentlar ta’lim olmoqda.


TIBBIY PROFILAKTIKA FAKULTETI DEKANAT XODIMLARI TARKIBI


Fayziboyev Pirmamat Normamatovich
O’quv ishlari bo’yicha
dekan o’rinbosari

Murodova Nargiza Azamatovna
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari


Fakultet tarkibida 10 ta kafedra mavjud:

Jаmoаt sаlomаtligi vа sogʼliqni sаqlаsh menejmenti kаfedrаsi

Umumiy gigienа vа ekologiya kаfedrаsi

Mikrobiologiya, virusologiya vа immunologiya kаfedrаsi

Tibbiy biologiya vа genetikа kаfedrаsi

Fiziologiya kаfedrаsi

Pаtologik fiziologiya kаfedrаsi

Odаm аnаtomiyasi

Operаtiv xirurgiya vа topogrаfik аnаtomiya kаfedrаsi

Gistologiya, embriologiya vа sitologiya kаfedrаsi

Epidemiologiya kаfedrаsi


OʼQUV – USLUBIY ISHLАR


  Fakultetning oʼquv-klinik bazalari: Samarqand viloyat Davlat sanitariya osoyishtaligi agentligi, Samarqand shahar Davlat sanitariya osoyishtaligi agentligi hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi klinik laboratoriya bo’limlari.

  Fakultetning muhim vazifalari bu- professor – oʼqituvchilar va talabalar bilan doimiy ravishda individual ishlashdir. Bunda, talabalarni ilmiy – izlanuvchanlikga jalb etish, chet tillarini oʼrganishi hamda kompyuter savodxonligini oshirish orqali tibbiyot fanlarini yanada chuqur oʼzlashtirishiga alohida eʼtibor qaratilgan.
  Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti asosiy eʼtibor studentlarning yuqori bilim va amaliy ko’nikmaga faolligini oshirishga qaratilgan. Bu holat oʼquv jarayonida hamda amaliyotda ish faoliyatida alohida o’rin tutadi.
  Kafedralarda Davlat taʼlim standartlari talablariga toʼliq mos holda talabalar bilan ish olib boriladi.

  Fakultetning oʼquv – uslubiy kengashi majlislarida mashgʼulotlar rejasi, dastur va mavzularning kalendar (taqvim) rejasi, oʼquv qoʼllanmalarni nashr etishga tavsiya berish, reyting tizimini yanada takomillashtirish, joriy nazoratlar, mashgʼulotlardagi davomatlar va talabalarning bilimi, kafedralardagi taqvimiy tematik ishlarga taaluqli masalalar muhokama qilinadi.
  Fanlar boʼyicha amaldagi ishchi dasturlar doimiy ravishda yangilanib, takomillashtiriladi va har oʼquv yilida qayta tayyorlanadi.
Fanlarni oʼqitishda fanlararo integratsiya shaklida oʼquv rejaga muvofiq olib boriladi.
Informatsion maʼlumotlar bazasidan samarali foydalanish uchun Fakultet kafedralarida yangi informatsion texnologiyalari joriy etilmoqda. Barcha kafedralar eng yangi kompyuterlar bilan jihozlangan va internet tarmogʼiga ulangan hamda multimediya proektorlari bilan jixozlangan.
  Oʼqitishning texnik vositalari doimiy modernizatsiya qilib boriladi: videoteka va elektron biblioteka doimiy ravishda toʼldirilib boriladi;

  Fakultet bitiruvchilari Tibbiy profilaktika ishi mutaxassisligi: tuman, shahar va Respublika DSEOAlarida, davlat sanitariya-profilaktika muassasalari, sug‘urta va munisipial tibbiyot muassasalari, tibbiy-sanitariya qismlari, OITSga qarshi kurash markazlar, ilmiy-tekshirish institutlari, o‘rta va oliy tibbiy o‘quv muassasalarida faoliyat olib boradilar.
  Tibbiy biologiya yo‘nalishi: Tibbiyot kollejlarida umumtibbiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchi (mikrobiologiya, normal anatomiya, patologik anatomiya, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, gistologiya).
  Vrach laborant – sog‘liqni saqlash tizimida, sanatoriyalarda, ayrim tashkilot va vazirliklar tarkibidagi tibbiy sanitariya bo‘limlari, sport – sog‘lomlashtirish komplekslarida, diagnostika markazlarida mutaxassis bo’lib faoliyat olib boradilar.
  Bakalavr diplomidan soʼng mutaxassislik: 7 ta mutaxassilikdagi ordinatura va 7 yoʼnalishdagi magistraturani egallash imkoniyatlari mavjud.


ILMIY – TАDQIQOT ISHLАR


   Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti kafedralarining xodimlari ilmiy – tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.
  Fakultet professor – oʼqituvchilar jamoasining tibbiyot ilm - fanini yuksalishida profilaktik chora-tadbir ishlari hududlarda muvofiq olib boriladi. Oʼtkazilgan tadqiqotlar natijalari amaliyotda oʼz oʼrnini topadi va davolash profilaktika chora-tadbirlarining sifatini oshiradi.
  Fakultetning 10 dan ortiq pedagog - oʼqituvchilar chet eldagi yirik markazlarda oʼz malakasini oshirishdi, koʼplab oʼqituvchilarimiz nufuzli halqaro konferentsiya ishlarida ishtrok etishib, oʼz chiqishlarining dolzarbligiga eʼtiborni tortdilar. Fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari halqaro, respublika va mahalliy nashriyotlarda nashr qilib boriladi.
Fakultetda jami professor-o’qituvchilar 103 nafar bo’lib, shundan 3 nafar professor, 3 nafar t.f.d. dotsent, 9 nafar dotsent, 6 nafar katta o’qituvchi va 92 nafar assistent studentlarga ta’lim berib kelmoqda.


TIBBIY PROFILAKTIKA, JAMOAT SALOMATLIGI VA TIBBIY BIOLOGIYA FAKULTETINING MА'NАVIY – MА'RIFIY ISHLАRI


  Fakultetning asosiy faoliyatlaridan biri studentlarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) boʼlishni, sogʼlom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni institutning ommaviy – madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Fakultetda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular oʼz faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. Fakultetning xar bir guruhiga murabbiy biriktirilgan boʼlib, ular tajribali pedagoglardan tanlangan. Fakultet studentlari boʼsh vaqtlarni mazmunli oʼtkazish maqsadida, murabbiylar rahbarligida jamoat tadbirlarida, havaskorlik tashabbuslariga jalb etiladi, Samarqandning va Respublikaning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor yodgorliklari, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.
  Fakultet studentlari Respublikamizda oʼtkazilib kelinayotgan turli ijodiy konkurslarda qatnashib kelishmoqda. Jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor berilmoqda. Fakultet studentlari institutimiz sport kompleksi bazasida faoliyat koʼrsatayotgan futbol, tennis, shaxmat, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashi, yengil atletika sport to’garaklariga qatnashib kelishmoqda. Ular hududiy va Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida xam faxrli o’rinlarni olib kelmoqda.