×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

DKTF tibbiy radiologiya kursi

Xamidov Obid Abduraxmanovich


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 8:30-16:00
Tel: +998915360066
E-mail: oxamidov@gmail.com
Manzil: SamTI 1 – klinikasi Rentgen radilogiya bo’limi

KURS A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.SH Lavozimi
Xamidov Obid Abduraxmanovich Kurs mudiri
Axmedov Yakub Amandullayevich t.f.n. dotsent
Rustamov Umar Xaydarovich t.f.n. assistent
Atayeva Saodat Xurshedovna t.f.n. assistent
Shodiyeva Nodira Egamberdiyevna assistent
Bazarova Sabina Akmalovna assistent
Ametova Aliye Servetovna assistent
Aliyeva Umida Zoirovna assistent
Yakubov Doniyor Javlanovich assistent

KURS TARIXI


  SamTI DKTF Tibbiy radiologiya kursi 02.05.2015 yilda № 353 – У sonli buyrug’iga asosan tashkil etilgan. Kursning birinchi mudiri 2015-2016 y.y. t.f.n. Normurodova Nodira Murodullayevna, 2016-2020 y.y. Axmedov Yaqub Amandullayevich, 25.08.2020 yildan Xamidov Obid Abduraxmanovich.

  Xamidov Obid Abduraxmanovich, "Tibbiy radiologiya" kursi mudiri. 16.01.1985 yilda Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatida tug'ilgan. Millati o'zbek. 2008 yil Samarqand tibbiyot institutining davolash fakultetini, 2014 yil Tibbiy radiologiya mutaxassisligi bo’yicha magistraturani tamomlagan. 2014 – 2018 yillar SamTI 1 – klinikasi Rentgen radiologiya bo’limi UTT vrachi, 2018 y. -h.v. Rentgen radiologiya bo’limi mudiri. 25.08.2020 yildan Tibbiy radiologiya kursi mudiri. Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda va konferentsiya materiallarida 20 dan ortiq nashrlari mavjud. Talabalar va UTT vrachlari uchun 1 ta uslubiy qo’llanma muallifi.

  Dotsent Axmedov Yoqub Amandullaevich, "Tibbiy radiologiya" kursi dotsenti. 1.03.1950 yilda Qozog'iston Respublikasining Jambul shahrida tug'ilgan. Millati o'zbek. 1973 yilda Samarqand tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1986 yil A.I. Sechenov nomidagi Moskva Meditsina instituti rentgenologiya va radiologiya kafedrasida klinik ordinaturani tugatgan. 1987-2016 yillarda SamTI nurli diagnostika va nur terapiyasi kursida ishlagan. 2016-2020 yillarda SamTI Tibbiy radialogiya kursi mudiri. 1997 yilda «Диагностическая значимость микрокальцинатов в распознование субклинического рака молочной железы» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda va konferentsiya materiallarida 70 dan ortiq nashrlari mavjud. 6 ta ratsionalizatsiya takliflari va talabalar va vrach-rentgenologlar uchun 4 ta uslubiy qo’llanmalar muallifi. 2001 yilda kurs dotsenti lavozimiga saylangan.

  Rustamov Umar Xaydarovich, "Tibbiy radiologiya" kursi assistenti. 14.04.1957 yil Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug’ilgan. Millati tojik. 1983 yilda Samarqand tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1983-1984 yillar Samarqand shahar 2-son tug’ruqxonasi vrach-interni. 1991-1997 yillar Samarqand tibbiyot institute akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti. 1997-2001 yillar SamTI 1 – klinikasi tug’ruq kompleksi UTT vrachi. 2001 y.-h.v. Tibbiy radiologiya kursi assistenti. 1996 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda va konferentsiya materiallarida 10 dan ortiq nashrlari mavjud. Talabalar va UTT vrachlari uchun 1 ta uslubiy qo’llanma muallifi.

  Atayeva Saodat Xurshedovna, "Tibbiy radiologiya" kursi assistenti. 07.07.1971 yil Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug’ilgan. 1995 yilda Samarqand tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1995-1996 yillar Samarqand shahar 1-son poliklinikasi klinik interni. 2004 y. – h.v. SamTI 1 – klinikasi maslaxat poliklinikasi UTT vrachi. 2011-2017 yillar SamTI nurli diagnostika va nur terapiyasi kursi assistenti. 02.11.2020 yildan Tibbiy radiologiya kursi assistenti. 2010 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda va konferentsiya materiallarida 8 dan ortiq nashrlari mavjud. Talabalar va UTT vrachlari uchun 1 ta uslubiy qo’llanma muallifi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi, unga ko'ra tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport musobaqalari va boshqalarga bag'ishlangan turli tadbirlar o'tkaziladi. Ichki ishlar idoralari, huquqni muhofaza qilish idoralari, ma'naviyat markazlari va boshqa sherik tashkilotlar bilan birgalikda turli uchrashuvlar o'tkaziladi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun fakultetda faoliyati tasdiqlangan reja asosida olib boriladigan kuratorlik kengashi mavjud. Fakultetning har bir guruhiga tajribali o'qituvchilar orasidan tayinlanadigan kurator tayinlangan. Kuratorlar bilan birgalikda kursantlar ommaviy tadbirlarda faol qatnashadilar, madaniy hordiq chiqaradilar, Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.
  Har bir kuratorning ish rejasi bor, shu asosda u kuratorlar guruhi bilan turli tadbirlarni olib boradi. Fakultet dekani va dekan muovinlari muntazam ravishda guruh kuratorlari va kursantlar bilan uchrashadilar. Har payshanba kuni darslar Axborot soati bilan tanishishdan boshlanadi.


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Tibbiy radiologiya kursida UTT va Rentgenologiya yo’nalishlari bo’yicha malaka oshirish hamda ixtisoslashtirish oqimlari mavjud. Kursantkar ultratovushli tekshirish va rentgenografik tekshirishlardan o’z malakasini oshiradi. Bundan tashqari poliklinika vrachlari ultratovushli tekshirish va rentgenografik tekshirishlardan mutaxassislik olishadi. 2020 yildan boshlab Tibbiy radiologiya kursiga klinik ordinatorlar qabul qilina boshlandi.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kurs xodimlari pulmonologiya, artrologiya, endokrinologiya, akusherlik va ginekologiya yo’nalishlari bo’yicha ilmiy ishlar olib boradilar.
  Klinik bazalar: Tibbiy radiologiya kursining asosiy klinik bazasi bu SamTI 1 – klinikasining rentgen – radiologiya bo’limi xisoblanadi. Ushbu bazalarda retgendiagnostik va radionuklid diagnostika mavjud. Ultratovush tekshiruv xonalarida kursantlar hamda klinik ordinatorlar amaliyotda p’z bilim va ko’nikmalarini oshiradilar. Qolaversa kursning Samarqand shaharidagi zamonaviy xususiy tibbiy diagnostic markazlar bilan shartnomalari bo’lib, ushbu klinikalarda ham klinik ordinatorlar o’z malakalarini oshirib borishadi.
  Davolash ishlari: Kurs xodimlari va SamTI 1 – klinik bazasining rentgen – radiologiya bo’limi xodimlari bilan birgalikda nurli tekshirish ishlari olib borishadi.