Аbiturientlarga eslatma
Menu Close Menu

Аbiturientlarga eslatma

Test sinovlari 5 ta fandan emas, 2 ta fandan o‘tkaziladi va abiturientlar 3 ta emas, 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

  Abiturientlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

  Test sinovlari abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi.

  Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

Ballar quyidagicha belgilanadi:

  Birinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.

  Ikkinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

  Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball - 189 ball.

Abiturientlarga imtihon kuni harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma - https://youtu.be/rptoRXCF61w

DTM ning rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha - https://youtu.be/z0yv2nt6W-I

Test sinovlarini Samarqand viloyatida topshiradigan abiturientlar diqqatiga!

DTM Samarqand viloyati bo‘limi test sinovlari bo‘lib o‘tadigan hududlar nomi, manzili va geolokatsiyasini e’lon qildi.

1-hudud: Sportning eshkakli eshish turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabi (1-, 2-, 3-, 4-maydonlar). (Xalq tilida: Grebnoy kanal) Manzil: Samarqand tumani Konigil mahallasidan o‘tgan Toshkent-Termiz M-39 Xalqaro axamiyatidagi yo‘lida. Google-xarita

2-hudud: "Lokomotiv" futbol stadioni Manzil: Samarqand shahri, Depo ko‘chasi 79-uy Google-xarita

3-hudud: Samarqand shahri 2-son BO‘SM stadioni Manzil: Samarqand shahri, Sartepo maskani, Turkiston ko‘chasi 105-uy Google-xarita

4-hudud: "Nurafshon" futbol stadioni Manzil: Samarqand shahri, Super qo‘rg‘oni Google-xarita