×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Аbiturientlarga eslatma

  Rasman magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo'ldi
2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.
Test sinovlari:
1 - smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2- smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3- smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.


Magistraturaga onlayn qabul jarayoni magistr.edu.uz http://magistr.edu.uz/ veb-sayti orqali 31-iyul kuniga qadar amalga oshiriladi.

Qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib boʻyicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test sinovlari oʻtkaziladi.

▪️1-bosqich: mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib boʻyicha 3-15-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

▪️2-bosqich: chet tili fanidan test sinovlari DTM tomonidan belgilangan tartib avgust oyining ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Magistraturaga kirish imtihonlarida abituriyentlar maksimal 300 ball to‘plashi mumkin?

Ushbu ballar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

▪️ bakalavriat diplomi ilovasining o‘rtacha balli — 55 balldan 100 ballgacha;

▪️ mutaxassislik fanlari bo‘yicha ballar — 0 balldan 100 ballgacha;

▪️ xorijiy til bo‘yicha ballar — 0 balldan 100 ballgacha.

P/S: Abituriyent mutaxassislik fanlari bo‘yicha kamida 55 ball to‘play olmasa umumiy balldan qat'iy nazar talabalikka tavsiya etilmaydi.

  Asosiy yo'l qo'yilayotgan xatolar:

1. Diplom yoki ilova rasmi juda xira yoki to'liq emas

2. Turdosh yo'nalish tanlanmagan

3. 2020-yil bitirib elektron variantda diplom olganlar bu yil ham o'sha diplomi bilan topshirgan. 2020-yildagi elektron diplomlar o'tmaydi. U vaqti diplomizni asli bo'lmagan shuning uchun vaqtincha topshirishga ruxsat berilgan. Endi diplomizni va ilovangizni asli bor. Universitetga borib hech bo'lmasa skaner qildirib kelishiz kerak.

4. Ilovada yo'nalishlar shifri yozilmagan

5. Chet tili no'to'gri tanlangan