Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida”
Menu Close Menu

Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida”

  “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida”gi Qonun ilmiy ijod va axborot erkinligini taʼminlashga qaratilgan. Qonunda ilmiy ijod va axborot erkinligi, samaradorlik va ijodiy raqobat, manfaatdorlik va ragʼbatlantirish, ilmiy ekspertizaning xolisligi, inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmaslikdan iborat ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy printsiplari belgilanmoqda.

  Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy tushunchalari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, oliy taʼlim tizimi, shuningdek boʼysunuvida ilmiy tashkilotlar boʼlgan vazirlik, idoralar hamda tashkilotlar, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari mustahkamlab qoʼyilmoqda.
  Bundan tashqari, Qonunda ilmiy faoliyat subʼektlari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, oliy taʼlim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritish tartibi ochib berilgan. Jumladan, belgilab qoʼyilishicha, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi va ushbu muassasalarning pedagog kadrlari tegishli yoʼnalishlarda ilmiy faoliyat bilan shugʼullanishlari shart.
Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari, davlat ilmiy dasturlari, ilm-fan va taʼlimning hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bogʼliqligi, ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga doir normalar mustahkamlanmoqda. Qonun qabul qilinishi ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat barcha ishtirokchilarining samarali hamkorligini taʼminlashga, ilmiy faoliyat sohasidagi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni toʼliq tartibga solishga, tegishli masalalarni tartibga solishga, shuningdek ilm-fan sohasidagi tushunchalar uygʼunlashtirilishi va bir xilda talqin etilishini taʼminlashga koʼmaklashadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida”