×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

2-son Otorinilaringologiya kafedrasi

Nasretdinova Magzuna Taxsinovna

t.f.d. v/b professor

Qabul vaqti:

Dushanba –shanbа 15:00 (maslahat)

Tel:

+99891 557-59-88

E-mail:

Luna_1088@mail.ru

Manzil:

Samarqand viloyat ko’p tarmoqli Tibbiyot markazi. 2-son otorinolaringologiya kafedrasi


KAFEDRA XODIMLARI RO’YXATI


F.I.SH

Lavozimi

Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna

Kafedra mudiri, t.f.d, professor

Xotamov Jaxongir Abruyevich

T.f.d., kafedra dotsenti

Xayitov Alisher Adxamovich

Katta o’qituvchi (PhD)

Shamatov Islom Yakubovich

Kafedra assistent

Shadiyev Anvar Erkinovich

Kafedra assistent

Maxmudova Nigina Ravshanovna

Kafedra assistenti


KAFEDRA TARIXI


  1930 yil Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi davolash fakultetida Otorinolaringologiya kafedrasi tashkil qilingan. 1931 yil fevral oyida Samarqand shahar Respublika shifoxonasi LOR bo´limi negizida kafedra o´z faoliyatini boshlagan.

  Kafedraning asoschisi va birinchi rahbari Professor Savelev A.B. hisoblanadi. U davolash fakulteti dekani va ilmiy kotib lavozimlarini muvaffaqiyatli va samarali bajargan. 1935 yilda fakultet Samarqand tibbiyot institutiga aylandi va shu bilan birga institut qoshidagi LOR klinikasi ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish markaziga aylandi. Ulug' Vatan urushi davrida (1941-1944) Samarqandga Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasi ko'chirilgan, shu sababli Otorinolaringologiya kafedrasini professor V.I.Voyachek boshqargan. U Leningradga qaytib kelganidan keyin kafedrani yana professor A. V. Savelyev boshqargan. Uning rahbarligi ostida ikkita nomzodlik dissertatsiyasi yozilgan (S.K. Chengeri, M.V. Kachurova).

  1950 yilda A.V.Saveliev Kursk tibbiyot institutiga taklif qilingan. Undan keyin kafedrani boshqarganlar: dotsent S.K.Chengeri (1950-1951 va 1956-1965), professor M.S.Lurie (1951-1956), R.V.Sadrieva (1965-1970), V.A.Gorchakov (1970-1986).

  1986 yilda professor T.X. Nasretdinov kafedra mudiri bo'ldi. Qishloq joylarda otorinolaringologik xizmatni rivojlantirish va mutaxassislarning malakasini oshirishga katta e'tibor berildi.

  1995 yilda kafedra ikkiga bo'lindi: pediatriya fakultetining otorinolaringologiya kafedrasi va vrachlar malakasini oshirish kursi, uni xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor Mo'minov A.I., davolash fakultetining kafedrasi (kafedra mudiri professor Nasretdinov T.X.) boshqargan.

  2002 yildan boshlab VMOF kafedrasini tibbiyot fanlari doktori, professor U.L. Lutfullaev boshqargan. V-VII kurs talabalari uchun Otorinolaringologiya kafedrasini professor T.X. Nasretdinov boshqargan. 2009-2010 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori Qoraboev X.E. boshqargan.

  Hozirgi kunda SamMIda 5 ta doktor va 10 dan ortiq tibbiyot fanlari nomzodlari ishlaydi. 2010-yildan 2020-yilgacha otorinolaringologiya kafedrasini Xushvakova Nilufar Jurakulovna kafedra mudiri hisoblanadi.

  Har yili SamDTI Otorinolaringologiya kafedrasi respublika - xalqaro seminar va konferentsiyalarni o'tkazadi. Kafedra xodimlari MDH va jahon kongresslarida otorinolaringologiyaning dolzarb muammolari bo'yicha ishlarida faol qatnashadilar. 2019 yilda SamDTI Otorinolaringologiya kafedrasi Otorinolaringologlarning VI Evroosiyo Assambleyasini tashkil etdi va muvaffaqiyatli o'tkazdi.

  V yanvare 2021 godu kafedra otorinolaringologii bыla reformirovana na kafedrы Otorinolaringologiya №1 stomatologicheskogo fakulteta (d.m.n., prof. Xushvakova N.J.) i otorinolaringologiya №2 lechebnogo fakulteta, pod rukovodstvom d.m.n. prof. Nasretdinova M.T.

  2021-yil yanvarda otorinolaringologiya kafedrasi 1-son otorinolaringologiya kafedrasi Stomatologiya fakulteti qoshida (kafedra mudiri t.f.d. prof. N.J.Xushvakova), 2-son otorinolaringologiya kafedrasi Davolash fakulteti qoshida (kafedra mudiri t.f.d prof. M.T.Nasretdinova) qayta tashkil qilindi.