DKTF psixiatriya kursi
Menu Close Menu

DKTF psixiatriya kursi

OCHILOV ULUGBEK USMANOVICH

Kurs mudiri, tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD)

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba 14:00
Tel: +998979102464
E-mail: ulugbek_o@mail.ru
Manzil:

KURS A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.SH Lavozimi
Kubayev Rustam Muradullaevich assistent

KAFEDRA TARIXI


  2018 yil 16 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” №3606-sonli Qarori asosida Samarqand davlat tibbiyot instituti Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasida Diplomdan keyingi ta'lim fakul'teti tarkibida Psixiatriya kursi tashkil etildi va unga t.f.n. Velilyaeva A.S. rahbarlik qildi.
  SamDTI Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi, psixiatriya kursi mudiri t.f.n. Velilyaeva A.S. (2018-2020y.)

  Kurs bo‘yicha malaka oshirish sikli davomida kursantlar amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun imtihon topshirishlari kerak.
O‘tgan yillar davomida kurs 5 ta qo‘llanma, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya ishlab chiqdi.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI

  So‘nggi yillarda kurs xodimlari tomonidan 28 ta ilmiy maqola, shu jumladan 12 ta maqola chop yetildi, asosan VAK tomonidan ko‘rib chiqiladigan jurnallarda.
  2018 yilda kurs xodimlari tomonidan bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi:
  Ochilov Ulugbek Usmanovich " OIV bilan zararlangan psixoaktiv moddalarni iste'mol qiluvchi bemorlarda ruhiy buzilishlarning shakllanishi va dinamikasi" Ayni paytda professor Magzumova Sh.Sh. va Skugarevskiy O.A. rahbarligida Ochilov U.U. "O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlar: shakllanishi, klinikasi, terapiya va reabilitasiya masalalari (transkultural ahamiyati)" mavzusida doktorlik dissertasiyasi amalga oshirilayapti.

  2018 yildan beri kurs xodimlari Rossiya, Ukraina va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 4 ta seminar, forum va konferensiyalarda ma'ruzalar qildilar. 20 ga yaqin tezislar chop etildi.
  Institutimizda kurs ishtirokida "Psixiatriya, tibbiy psixologiya va suisidologiyaning dolzarb muammolari: zamonaviy amaliyot va rivojlanish yo‘nalishlari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "EL-YURT UMIDI" fondi tanlovining dasturiga muvofiq chet elda o‘qituvchilarni tayyorlash uchun Ochilov Ulugbek Usmanovich 29.11.2019 yildan 26.12.2019 yilgacha 144 akademik soat miqdorida Rossiya Federatsiyasining akademik I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universitetida "Narkologiyaning dolzarb masalalari" mavzusida malaka oshirish siklini Diplomdan keying ta'limi fakulteti Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasida professor Petrov D.S. rahbarligida o‘tdi.

Akademik I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti

DKTF psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi mudiri professor t.f.d. Petrov Dmitriy Sergeevich