×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Psixolog

Djurayeva Dilorom Abdurashitovna


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: +99893 346 61 16
E-mail: psixolog@sammi.uz
Manzil: Samarqand sh., Аmir Temur koʼch., 18 - uy

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI PSIXOLOGI


  Psixolog faoliyati taʼlim xizmatlari sohasiga mansub boʼlib, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalash hamda talabaning har tomonlama garmonik, toʼlaqonli psixologik taraqqiyotini taʼminlovchi optimal shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilib qoʼyadi.

  Oliy taʼlim psixologining burchi talabaning intlektual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim, koʼnikma va malakalari, mutaxassislik xislatlarini shakllantirishdek muqaddas ishga oʼzining munosib ulushini qoʼshishdan iboratdir.

  Psixolog oʼzining talaba xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari, kasbiy bilimlari, talabalar va kattalar, tengdoshlari bilan oʼzaro munosabat xususiyatlari, oʼquv-tarbiya jarayonini tashkillashuviga tayanib, shaxsga individual yondashuv imkoniyatlarini beradi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, meʼyordan chetlashishlarning ehtimolli sabablarini, psixologik-pedagogik korrektsiya qilish yoʼllarini aniqlaydi. Bu bilan psixolog oliy taʼlim tizimida, oʼquv tarbiya ishining maxsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirish imkoniyatini yaratadi.

  Psixolog vazifasi

- psixoprofilaktik ishlar

- psixologik targʼibot va maʼrifat

- psixodiagnostika

- psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya

- psixologik konsulьtatsiya

  1. Psixoprofilaktika – Psixolog faoliyatining maxsus turi boʼlib, talaba va professor-oʼqituvchilar uchun sogʼlom psixologik muhit yaratish va ular shaxsining rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni taʼminlash hisoblanadi.

  2. Psixologik targʼibot va maʼrifat - talaba va pedagoglar jamoalarida eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus psixologik tadbirlar olib borish, pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish, talabalar bilan professor-oʼqituvchilarning muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan pedagogik jamoalarda keng koʼlamda maslahatlar berish. Pedagogik jamoa aʼzolaridagi psixologik zoʼriqish va toliqishni yoʼqotish, kamaytirish, ularning oldini olish uchun chora-tadbirlarni tarkib toptirishga koʼmaklashish.

  3. Psixodiagnostika - psixodiagnostik tadqiqotlar talabalarning oʼqishi davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq oʼrganishga yoʼnaltirilgan boʼlib, ularning individual-psixologik xususiyatlarini, taʼlim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga moʼljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda oʼtkaziladi.

  4. Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlar - yoʼnalishi psixologdan talaba, professor-oʼqituvchilar shaxsi va intllektini rivojlantirish jarayoniga faol taʼsir oʼtkazishni taqozo qiladi.

Ushbu yoʼnalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:

- rivojlantiruvchi va psixokorrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:

a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashgʼuloti ayrim talabalar bilan alohida oʼtkazilishi mumkin boʼlgan mashgʼulotlar rejalashtiriladi.

b) talabalarning har-bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, talabalar guruhlariga tarbiyaviy taʼsir oʼtkazishga yoʼnaltirilgan boʼladi;

v) ota-onalar pedagogik jamoalarga oliy taʼlim tizimi xodimlari ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashgʼulotlar olib borish nazarda tutiladi.

  5. Psixologik konsultatsiya (maslahat) - talabalar taʼlim va tarbiyasi bilan shugʼullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan maʼmuriyat, professor-oʼqituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish orqali amalga oshiriladi.