×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

DKTF ijtimoiy salomatlik va sogʼliqni saqlash boshqaruvi kursi

XODJAYEV NEGMAT ISOMOVICH
Tibbiyot fanlari nomzodi


Qabul vaqti: Chorshanba: 08:30-12:30
Tel: (98) 573-21-77
E-mail: xodjayevbahouddin@mail.ru
Manzil: Samarkand shahar, Mahmud Qoshg’ariy 90

KURS A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Xodjayev Negmat Isomovich tibbiyot fanlari nomzodi
Rahimova Shafoat Xakimovna o’qituvchi

KURS TARIXI


  Samarqand davlat tibbiyot instituti Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlashni boshqaruvi kursi 1982 yilda tashkil etilgan. Kurs turli yillarda Sosial gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish, Sog’lom turmush tarzini takomillashtirish nomi bilan atalgan. Kursning birinchi mudiri professor Aripov Subxanqul Aripovich edi.
  Subxankul Oripovning ilmiy faoliyati juda ko’p qirrali va samarali. U sog’liqni saqlash nazariyasi va amaliyotining turli jihatlarini yoritib bergan. 225 dan ortiq ilmiy nashrlarning, shu jumladan 14 ta monografiya va o’quv qo’llanmalarning muallifi, 15 ta ilmiy maqolalar to’plamining muharriri, Toshkent tibbiyot instituti haqidagi almanax, monografiya va Samarqand tibbiyot instituti. SamMI rektori sifatida Subxanqul Oripov ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashga katta e’tibor bergan. Uning bevosita ishtirokida ilmiy kadrlar tayyorlash masalasi bo’yicha 121 ta dissertasiya, shu jumladan 23 ta doktorlik dissertasiyasi himoya qilingan. Subxankul Oripovning ijtimoiy faoliyati har xil. U bir necha bor O’zbekiston Oliy Kengashi, ishchilar deputatlari Samarqand viloyat va Toshkent shahar kengashlari deputati etib saylangan. Sog’liqni saqlash sohasidagi ulkan xizmatlari uchun unga O’zbekistonda xizmat ko`rsatgan shifokor unvoni berildi, u O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi faxriy unvoniga sazovor bo’ldi, u ko’plab hukumat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bugun, zamonamizning yeng yuqori cho’qqisiga nazar tashlagan holda, biz ochiqchasiga aytishimiz mumkinki, Subxanqul Aripovich Aripovning butun hayoti va faoliyati uning xalqi va Vataniga xizmat qilishning haqiqiy namunasidir. Yuqori professionallik va yuksak axloqiy qadriyatlarga yega inson Subxanqul Aripovich Aripov yer yuzida va odamlar qalbida O’chmas iz qoldiradigan yorqin galaktikalardan biri, butun hayotini vrachning olijanob kasbiga bag’ishlagan chinakam vatanparvar edi, unga oxirigacha sodiq qoldi. (2006)
  Yarashev Norqul Yarashevich t.f.n.(1985), dosent (1987), «O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash a’lochisi».
Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida 1935 yil 12 oktyabr kuni tavallud topgan SamDTI ni bitirgan (1963). Shu institutda 1966 yildan fakultativ terapiya kafedrasida klinik ordinator (1966-1968), Ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasida assistent (1968-1971), katta o’qituvchi (1971-1985), kurs mudiri (1985 yildan 2008 yilga qadar) lavozimida ishlab kelgan.
  Bir vaqtning o’zida davolash fakulteti (1981-1982), ped.fak (1982-1985) dekanlari o’rinbosari bo’lib ishlagan. 40 ga yaqin ilmiy ish muallifidir. Uning nomzodlik dissertasiyasi mavzusi: «Izucheniye vremennoy netrudosposobnosti u rabotnikov щyelkomotalnыx fabrik krupnogo goroda (po materialom g . Samarkanda)»
  Xamidov Oblokul Hamidovich t.f.n.(1975), dosent (1988) Samarqand shahrida 1939 yil 14 mart kuni tavallud topgan SamDTI ni 1962 yilda bitirgan.
  Shu institutda 1927 yildan topografik anatomiya va operativ jarrohlik kafedrasida assistent (1967-1987), VMOF sos.gigiyena va SST kafedrasida dosent (1988-1993), kafedra mudiri (1993-1999) bo’lib ishlab, nafaqaga chiqqan. 55 dan ziyod ilmiy ish muallifi bÿlgan.
  Uning nomzodlik dissertasiyasi mavzusi va himoya qilgan yili: «Stroyeniye i topogafiya aortalnыx sinusov v pozdnom embrionalnom i rannem postnatalnom periode» Moskva. U 2006 yilda vafot etgan.
Tilavov Boboqul Tilavovich VMOFning «Ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlashni boshqaruvi» kursi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent.
  Dosent Tilavov Boboqul Tilavovich 1946 yil 23 fevralda Samarqand viloyati, Tayloq tumaning «Sohibkor» j/x «1 May» qishlog’i (xozirgi nomi Uzunqishloq) hududida tavallud topgan.
  1963-1969 yillarda SamDavTIning pediatriya fakultetini bitirgan. U ÿz ish faoliyatini 1969-1970 y.y Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va tumani davolash-profilaktika muassasalarida davolovchi vrach sifatida boshlagan.
  1969-1970 yillarda SamDavTI topografik anatomiya va operativ xirurgiya kafedrasida assistent bÿlib ishladi.
1970 yildan 1980 yilgacha shu institutning sosial gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasida assistent lavozimiga ÿtkazildi
  1980-1983 yillarda Moskva shahridagi 1-sonli tibbiyot institutining «Sosial gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish» kafedrasida maqsadli aspiranturani tugadi va «Revmatoid artritga chalingan kasalliklarning ijtimoiy-gigiyenik tahlili va ularga tibbiy yordamni tashkillashtirish» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi.
  1983-1992 yillarda SamDavTI ning «Ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish» kafedrasida dastlab assistent keyinchalik katta ÿqituvchi bÿlib ishladi.
  1985 yilda unga dosentlik ilmiy unvoni berildi.
  1992 yilda SamTI rektorining buyrug’i bilan Vrachlar malakasini oshirish fakulteti (VMOF) ning «Ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish» kafedrasi katta ÿqituvchisi, fakultet dekani o’rinbosari, dekan vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat kÿrsatdi.
  1992-1996 yillarda Samarqand viloyat hokimligi devonining tibbiyot va ijtimoiy yordam ko’rsatish masalalari bo’yicha mas’ul yetakchi mutaxassisi;
  1996-1999 yillarda SamDavTI ning ma’naviy va ma’rifiy masalalar bo’yicha birinchi prorektori;
  1999-2005 yillarda SamDavTI ning «OXI» fakulteti dekani, bir vaqtning ÿzida institutning talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i, ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasi mudiri;
  Uning rahbarligi va tahririyati asosida 2 marotaba ya’ni 2004 va 2006 yillarda respublika ahamiyatiga molik bo’lgan anjumanlar (konferensiyalar) tashkil etildi va ularning materiallari asosida «Hozirgi zamon tibbiyotining nazariy va amaliy muammolari» deb nomlangan konferensiya materiallari alohida-alohida 2 ta tÿplam shaklida chop etilgan.
2006-2008 yillarda ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasi dosenti;
2008-2015 yillarda SamDavTI Vrachlar malakasini oshirish fakultetiga qarashli «Ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlash boshqaruvi» kursi mudiri (dosent).
  U ÿzining yoqlagan nomzodlik dissertasiyasi natijalari asoslanib O’zbekistonda revmatologik yordamni tashkil qilish bo’yicha qator tavsiyanomalar ishlab chiqdi va ular Respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlanib, joylarda joriy etildi.
  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 2-oktyabrdagi 700-sonli «Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkillashtirishni takomillashtirish tadbirlari haqida» gi qarori va uning asosida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligining 2007 yil 12-noyabrdagi 509-sonli buyrug’i «Tibbiyot muassasalari bosh vrachlari va ularning o’rinbosarlarini» «Tibbiyot muassasalari menejmenti» bo’yicha tayyorlash haqida»gi buyrug’i ijrosiga asosan dosent B.T. Tilavov Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bosh vrachlari va ularning yordamchilarini «1.26.01» -Sog’liqni saqlashda menejment va marketing mutaxassisligi bo’yicha 2007, 2008, 2009, 2010 yillarda o’qitish (tayyorlash) ga jalb etildi. Uning bu boradagi faoliyati Respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi tomonidan ijobiy baholanib, «O’zbekistonda Sog’liqni Saqlash» gazetasining 2008 yil 6-iyundagi 22-sonida uning fotosurati bilan yirik maqola chop qilingan.
  Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertasiya tadqiqotlari amalga oshirildi (kafedra ass. Muxammadiyeva N.I. va Navoiy viloyatining salomatlik instituti direktorii Rÿziyev Z.F.).
  Nashr etilgan maqolalari soni 157 tani tashkil etadi. Shundan 9 tasi markaziy tibbiyot jurnallarida, 2 tasi O’zbekistonda Sog’liqni saqlash gazetasi sahifalarida chop etilgan. 7 ta rasionalizatorlik takliflari kiritilgan va rasman qayd etilgan.
Dosent Tilavov B.T. Samarqand viloyati hokimining 2 ta Samarqand shahri hokimining 3 ta, SamTI ma’muriyatining 6 ta faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.
  N.I.Xodjayev Samarqand shahridagi qadimiy Qoraboy Oqsoqol mahallasida xizmatchi oilasida tug’ilgan Negmatjon, 1967 yilda Samarqand shahridagi 21-son o’rta maktabni «Oltin medal» bilan tugatib, Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga o’qishga kirdi va mazkur oliy ta’lim dargohini 1973 yilda a’lo baholar bilan bitirib, davolovchi vrach ixtisosini oldi. U 1973-1974 yilllar davomida internatura ta’limini olib, vrach-terapevt mutaxassisligi sohibi bo’ldi va 1970 yildan tibbiy xodim sifatida mehnat faoliyatini boshladi. Keyin umrining yarmidan ko’p yillarini asta-asta ko’tarilgan zinalar bilan turli bosqichdagi rahbarlik lavozimlari bilan o’tkazdi.
  Negmatjaton Xodjayev 1970-1973 yillar Samarqand viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida o’rta tibbiyot xodimi, 1973-1974 yillar Samarqand tuman markaziy shifoxonasi terapiya bo’limi vrach-terapevti, 1974-1975 yillar Samarqand tuman Zaxlik va Oxunboboyev qishloq uchastka kasalxonasining vrach-terapevti bo’lib ishladi, 1975-1977 yillar Oxunboboyev qishloq uchastka kasalxonasining bosh vrachi etib tayinlandi. 1977-1979 yillar Samarqand tuman Ohalik sanatoriyasi bosh vrachi 1979-1993 yillarda Samarqand tumani Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi, tuman Bosh Davlat Sanitariya vrachi, 1993-1998 yillarda Samarqand tuman hokimining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari, Samarqand tuman markaziy shifoxonasi bosh vrachi, 1998-2006 yillarda Samarqand viloyat Bosh davlat sanitariya vrachi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi, 2006-2009 yillarda viloyat hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i, 2009-2014 yillar davomida viloyat hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasiga qarashli viloyat markaziy shifoxonasi (hozir Samarqand viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi) bosh vrachi vazifalarida ishladi.
  Lekin u qaysi lavozimda ishlamasin, xalq salomatligini avaylab asrashni, yurt tinchligi va obodonchiligini, odamlar o’rtasidagi mehr-oqibat, do’stlik abadiy bo’lishini o’yladi va shu yo’l bilan el-ulusga, Vatan va xalqqa arzigulik obro’-e’tibor topdi.
2013-2018 yillarda Negmatjon Xodjayev Samarqand viloyat vrachlar assosiasiyasining raisi vazifasini bajarib keldi. Hozirgi vaqtda Samarqand davlat tibbiyot instituti ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish kursi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  Unga Maxpirat nomidagi O’rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon Fanlar Akademiyasi Prezidiumining 2017 yil 28 maydagi 1/05-17 – sonli qarori bilan akademik ilmiy unvoni va ko’krak nishoni berildi.
  Negmatjon Xodjayev o’zining bilimi va malakasini tinmay oshirish maqsadida bir necha marta Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, Moskva va Leningrad (Sankt-Peterburg) vrachlar malakasini oshirish institutida malaka oshirgan. Unga oliy toifali umumiy gigiyena vrachi hamda oliy toifali Sog’liqni saqlash tashkilotchisi malakalari berilgan.
  Negmatjon Xodjayev 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Epidemilogiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutida professor L.J.Axmedova rahbarligida “Osobennosti techeniya bakterionositelstva pri bryushnom tife S.tyfy mury srede ogranichennogo kontingenta” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqladi va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
  Negmatjon Xodjayev «Samarqand viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tarixi» (2006 yil), «Samarqand tibbiyot tarixi» (2 tomlik, 2007 yil), «Xodjayevlar sulolasi» (2009 yil), «Samarqand tabobati tarixiy bosqichlari» (2010 yil), «Shifobaxsh maskan» (2010 yil), «Yaxshilarga yondoshib» (2010 yil), «Samarqand tibbiyoti ravnaqi» (2011 yil), «Samarqandlik hakimlar” (birinchi kitob» 2011 yil, ikkinchi kitob 2013 yil), «Akam haqida» (2012 yil), «Yuksak fazilat sohibi» (2013), «Mehnatga baxshida umr» (2014 yil), «Viloyat vrachlar assosiasiyasining qisqacha tarixi» (2017 yil), «Yodnoma» (2017 yil), «Razvitiye zdravooxraneniya Samarkanda v godы Nezavisimosti» (2017 yil), «Samarqand tibbiyoti Mustaqillik yillarida» (2019 yil), «Tibbiyotda islohotlarning yangi davri» (2020 yil), «Samarqandlik hakimlar -III» (2020 yil) nomli monografiya va kitoblar muallifi. N.I.Xodjayevning 200 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan. Shundan 23 ta kitob (shundan 3 ta monografiya), 63 ta risolalar, 44 ta jurnal maqolalari va 52 ta o’quv-uslubiy qo’llanmalari hamda 71 ta tezislarni tashkil qiladi.
  Negmatjon Xodjayev jamoat ishlariga ham faol qatnashadi. U tuman xalq nazorati kengashining a’zosi, mehr – shafqat va salomatlik jamg’armasining raisi, xalq deputatlari Samarqand tuman kengashining deputati, sog’liqni saqlash va maorif doimiy komissiyasining raisi, Samarqand tuman ijroiya qo’mitasi prezidiumi a’zosi, «Med-o-Spid», «Tabobat va saxovat» gazetalari tahririyatlarining a’zosi, «Samarqandda Sog’liqni Saqlash» gazetasining bosh muharriri kabi vazifalarni jamoatchilik asosida amalga oshirib keldi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Vrachlar Assosiasiyasining nashri O’zbekiston Vrachlar Assosiasiyasininig Byulleteni jurnalining tahririyat a’zosi sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
  Negmatjon Xodjayev viloyat basketbol federasiyasining raisi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi tibbiy parazitologiya va Samarqand davlat tibbiyot institutlari ilmiy kengashining a’zosi etib saylangan.
  Xizmat yuzasidan tibbiyotning turli dolzarb vazifalariga bag’ishlangan seminarlar, simpoziumlarga qatnashish hamda tajriba almashish maqsadida AQSh, Olmoniya, Misr (Kohira, Iskandariya), Janubiy Koreya (Seul, Myondon, Itxevon), Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg), Latviya, Litva, Estoniya, Qirg’iziston, Tojikiston, Ukraina, Bolgariya, Ruminiya va boshqa davlatlarda bo’lgan.
Negmatjon Xodjayevning Davlat va xalq oldidagi xizmatlari munosib taqdirlanib «Hurmat belgisi» ordeni, «Sog’liqni saqlash a’lochisi» nishoni, «Mustaqillik», «Mustaqillikning 5 yilligi», «Mustaqillikning 10 yilligi», «Mustaqillikning 15 yilligi», «Mustaqillikning 20 yilligi», « Mustaqillikning 25 yilligi» esdalik nishonlari, Turon Fanlar Akademiyasining ko’krak nishoni, Qizil Yarimoy jamiyatining «Hurmat belgisi», «Pirogov» medallari va O’zbekiston Vrachlar Assosiasiyasi Samarqand viloyat bo’limining «Assosiasiya faxriysi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Samarqand viloyat hokimligi va Respublika Sog’liqni Saqlash vazirligining qator faxriy yorliqlari hamda diplomlari bilan mukofotlangan.

Turli yillarda kursni boshqargan rahbarlar

Aripov S.O

Yarashev N.Ya

Hamidov O.H

Tilavov B.T

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Bugun biz tarixiy bir davrda –xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch –osoyishta hayot kechirayotgan, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani –bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
  Insoniyatning ko’p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o’zining milliy davlatini qurishga azmu-qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo’lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg’otish eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o’tishda o’ziga qo’shimcha kuch-quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo’lgan milliy g’oyani tayanch va suyanch deb biladi.
  Milliy g’oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o’tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo’lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid –maqsadlarini o’zimizga tasavvur qiladigan bo’lsak, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo’lamiz.
  Milliy g’oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o’z ichiga oladi.
  Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot mamlakatimizda alohida tizimga aylandi. Bu sohani tashkil etish, muttasil o’zgarib borayotgan davr talablari asosida takomillashtirishga qaratilgan qator qonun¬osti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, ke¬yingi chorak asrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 farmoni, 3 qarori, 1 farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining 2 qarori, jami 9 qonunos¬ti hujjat sohani rivoj¬lantirishga qaratildi.
  Ko’rinib turibdiki, hayotimizda ma’naviyat davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Jamiyatda ma’naviyatni targ’ib qilishning o’ziga xos tizimi shakllantirildi.
  Buni shu uch yilda davlatimiz rahbarining sohani yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgan ikkita qaroridan ham bilib olsa bo’ladi. Xususan, 2017 yilning 28 iyulidagi PQ-3160 sonli «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivoj¬lantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida»gi qaror bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati keskin kengaytirilgan, yangi shtatlar bilan to’ldirilgan, tarkibiy tuzilmasi tamoman qaytadan tashkil etilgan, oldiga davr talabidan kelib chiqadigan yangi maqsad va vazifalar qo’yilgan edi.
  Mana, oradan qariyb ikki yil o’tdi. Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Mamlakatimizda islohotlar juda jadal jarayonga kirdi. Davr ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada taraqqiy ettirishni taqozo etyapti.
  Ana shu tabiiy ehtiyoj Prezidentimizning 2019 yil 3 mayda PQ-4307-sonli «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorni imzolashga undadi. Unda tizimdagi qariyb ikki yillik faoliyat tahlilidan kelib chiqib, aytish mumkinki, ma’naviyat targ’ibotida maqsadli va manzilli tarbiya mexanizmini joriy qilish g’oyasi ilgari surilgan. Ushbu qarorda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatining asosiy yo’nalishlari yangidan belgilandi. Shuningdek, respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tarkibi tasdiqlandi. O’zbekiston Prezidenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi, viloyatlar, tuman va shaharlarda esa birinchi rahbarlari kengashlar raislari hisoblanadi.
  Ma’nan yetuk insonlarni tarbiyalash katta kuch, vaqt va mablag’ talab etadi. Bu jihatdan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytgan mana bu so’zlar chuqur ma’noga ega: «Ma’naviyatimiz, g’urur-iftixorimiz birinchi o’ringa chiqadigan vaqt keldi. Farzandlarimizni ana shunday yetuk avlod qilib tarbiya-lash uchun barchamiz mas’ulmiz. Biz buning uchun mablag’ va vaqtni ayamaymiz».
  Kursda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi, unga ko’ra tarixiy sanalar, milliy bayramlar va boshqalarga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkaziladi. Ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, ma’naviyat markazlari, kollejlar va boshqa tibbiyot tashkilotlari bilan birgalikda turli uchrashuvlar va seminarlar o’tkaziladi.
  Mazkur rejaga asosan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” (2008 y) asari hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” (2016 y), “Tanidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shahsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik koidasi bo’lishi kerak” (2017 y), “Qonunning ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” (2017 y), “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bossichga ko’taramiz” (2017 y), “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” (2017 y) kabi asarlari hamda Oliy Majlisga murojaatini mazmun-mohiyati to’g’risida tinglovchilarga ma’rifat darslari va video ko’rsatuvlar muntazam namoyish etib kelinmoqda.
  Shuningdek, kursda «Axborot soatlari»ni ko’rsatilgan jadval asosida yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlash, kursantlar bilan «Ochiq muloqotlar»ni o’tkazilishini tashkil etish, So’zangaron tibbiyot kolleji talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy mavzuda seminar o’tkazish, «Kursantlarning ma’naviy qiyofasi», «Inson odobi bilan go’zal» kabi mavzularda uchrashuvlarni tashkillashtirish, kursantlarning madaniy yodgorliklar, tarixiy qadamjolar, muzeylar hamda ko’rgazmalarga sayohatlarni tashkil etish, «Konstitusiya-adolat ko’zgusi» mavzusida suhbat o’tqazish, «Sog’lom turmush madaniyati», «Sog’lom turmush zaruriyati», «Sog’lom turmush tarzini yuritishda oilaning o’rni» kabi mavzularda suhbatlar va uchrashuvlar uyushtirish kabi tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Kursda o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy soat

Kurs xodimlari viloyat, shahar va tuman tibbiyot muassasalari tinglovchilari bilan

O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kursda o’quv-uslubiy ishlar O’zbekiston Respublikasining ta’lim me’yoriy hujjatlariga muvofiq tashkil yetilgan:
1. O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni (O’RQ-637-son 2020 yil 23 sentyabr).
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgust).
3. SSSR Qurolli Kuchlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ma’lumot to’g’risidagi nizom (2003 yil 9 yanvar).
4. O’zbekiston SSVning 2018 yil 26 fevraldagi “Sog’liqni saqlash xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatini boshqarish va tashkillashtirishga qo’yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash to’g’risida”gi 125-sonli buyrug’i.
5. O’zbekiston SSVning 2020 yil 15 iyundagi “Tibbiy-sanitariya va farmasevtika kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarini yanada takomillashtirish to’g’risida” gi 160-sonli buyrug’i
6. Mavzular bo’yicha standart va ishchi dasturlar.
7. SamMI rektorining 2013 yil 12 sentyabrdagi 43-sonli “Institutda o’quv jarayonini modulli o’qitish tizimida tashkil yetish to’g’risida”gi buyrug’i.
8. SamMI rektorining 2013 yil 19 dekabrdagi 951/U-sonli “Institutda o’quv jarayonini moodle.sammi.uz internet elektron o’quv tizimida tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’i.
9. SamMI Ilmiy Kengashining 2016 yil 15 iyundagi 9-sonli “Ta`lim jarayonini tashkil etishning kredit-modulli tizimida talabalarning o’quv faoliyatini baholash va nazorat qilish bo’yicha tavsiyalar” bayonnomasi.

ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kurs o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar har doim ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog’liqni saqlash muassasalari talablari bilan chambarchas bog’liq holda olib borilgan bo’lib, hozirgi vaqtda fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat dasturi tomonidan belgilangan.
  Kursda ijtimoiy salomatlikni muhofaza qilish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholini jismoniy faolligini oshirish, noinfeksion kasalliklarning oldini olish, aholining tibbiy madaniyati va savodxonligini oshirish, sog’lomlashtirishning zamonaviy valeologik usullarini amaliyotda qo’llash va boshqa qator dolzarb mavzularda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirishga katta ahamiyat berilmoqda. Faqat 2018-2019 yillarda Samarqand, Surxandaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan 266 nafar turli soha vrachlari, tibbiyot muassasalari malaka oshirib, o’zlarining nazariy bilimlari oshirib va amaliy ko’nikmalarini mustahkamladilar.
  2015-2020 yillarda 6 ta kitob, shu jumladan 3 ta monografiya, 14 ta jurnal maqolalari, 30 ta tezislar, 28 ta o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 8 ta risolalar chop etildi.