×
Menu Close Menu

ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH BOʼLIMI

Mavlyanov Farxod Shavkatovich
Bo’lim boshlig’i, tibbiyot fanlar doktori, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 14:00-16:00
Tel: 66 233-30-34
Факс: (0366) 233-30-34
E-mail: mavlyanov.farxod@sammi.uz
Manzil: Samarqand shahar. Amir Temur ko`chasi 18

  Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi institutning asosiy tarkibiy bo'linmalaridan biri bo'lib, u nizomga muvofiq ish olib boradi va o'z faoliyatini institut Rektori va Ilmiy kengashning qarorlari va buyruqlari asosida tashkil etadi.

Bo‘limning maqsadi, vazifalari:


- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4958-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda oily o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga muvofiq falsafa (Doctor of Philosohy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini berish bo’yicha ishni tashkil etish;
- tibbiyot tizimidagi mavjud ilmiy-texnik va klinik muammolarni hal qilishda institut olimlari ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga keng jalb etish yo‘li bilan institutda tayyorlanayotgan mutaxassislar salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
- institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv jarayoni va amaliyotiga, ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etish;
- byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;
- ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or xorijiy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari bilan axborot almashish, ilmiy hamkorlik qilish;
- tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish;
- institutda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida doktorantlarning faoliyatini yagona dastur asosida rivojlantirib, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish.

Olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida ma’lumot Ilmiy-uslubiy ishlar


2020 yilda Scopus platformasida 151, xorijda va MDH mamlakatlarida 757 ta maqola, 257 ta tezis, Respublikada – 586 ta maqola, 1402 ta tezis chop etildi. Jami 2020 yilda SamDTI professor–o‘qituvchilari tomonidan 3153 ta ilmiy maqola va tezis chop qilingan, shu jumladan xorijiy nashrlarda va MDH davlatlarida 1014 ta, Respublika ilmiy nashrlarida 1988 ta.
2020 yilda institut professor–o‘qituvchilaridan 72 ta xorijda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarda, 117 ta Respublika miqiyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashdilar.
2020 yilda institutda 67 ta ilmiy–amaliy konferensiyalar hamda seminarlar o‘tkazilib va bu anjumanlarda ilmiy–tadqiqot ishlari natijalari asosida kasalliklarning yangi diagnostik va davolash texnologiyalari, tibbiy ta'limdagi innovasion texnologiyalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligidan 60 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratish dasturiga guvoxnomalar va 5 ta ixtiro uchun patent olingan hamda 6 ta darslik, 42 ta monografiya, 36 ta o‘quv qo‘llanma va 120 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.
- Institut Yosh olimlari, talaba (bakalvar, magistr) yoshlar tomonidan 12 ta innovatsion - ishlanma va Strart Up loyiihalari yaratilgan.
- Akademik innovasiyalar fondi Granti tanlovida g‘olib bo‘lgan 70 000 AQSh dollarlik institutlararo xalqaro "O‘zbekistonda klinik injinering bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturi" loyihasi amalga oshirilmoqda
2020 yilda jami 13 ta: 1 ta Fan doktori va 11 ta Falsafa doktori ilmiy darajasi olish uchun dissertasiyalar himoya qilingan.