×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

  Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va yon-atrofdagi voqealarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalash bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyatga ega.

SH.M.Mirziyoyev

Halimov Sulaymon G‘ulomovich


Tel: +99893 510-84-81
Fax: (0366)233-71-75
E-mail: manaviyatbulimi@sammi.uz
Manzil: Samarqand shahri Amir Temur ko‘chasi 18 uy

  Bugungi kunda O‘zbekiston xalqi yangi demokratik jamiyat qurmoqda, uni rivojlantirishda ma’naviyat muhim jihatlardan biri hisoblanadi. mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy vazifalarni hal etishda ta’lim, ma’naviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor beriladi.

  Ta’kidlash kerakki, mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlari, buyuk ajdodlar merosi haqiqatan ham jahon merosiga aylanib bormoqda. O‘zbek davlatining asl tarixini tiklash, milliy urf-odatlar, milliy madaniyatni tiklash, milliy tillarni rivojlantirish-bularning barchasi mustaqil Vatanimiz xalqlarining yangi ma’naviy hayotidir. Ma’naviy qayta tug‘ilish masalasi davlat siyosatimizning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. o‘zbek xalqi tarixida birinchi marta nazariy g‘oyalar va mafkuralar ishlab chiqildi.

  O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi yillarida odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‘zgardi. Demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy hayotni liberallashtirish va jamiyatni yangilashda o‘z nuqtai nazarini ko‘radigan yangi avlod hayotga shakllanmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot institutida talabalar o‘rtasida milliy mafkuraning yorqin tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda milliy o‘zlikni anglashni tiklash uchun institut rahbariyati, shuningdek professor-o‘qituvchilar va murabbiylar faoliyat olib bormoqda.

  Bugungi kundagi asosiy vazifa yosh avlodimizning bilim bilan boyitilishini ta’minlash, ularni ruhiy yuksaltirish, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lishida ko‘maklashishdan iborat.

  1996 yil 9 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 1559-sonli "Ma’naviyat va ma’rifat jamoat markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida" gi qarori qabul qilindi. Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2209-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1996 yil 16 sentyabrdagi 221-sonli buyrug‘i bilan institutda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashkil etilgan.

  Institut ma’naviy-ma’rifiy sohasini shakllantirishda qator yillar davomida «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi rahbari zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan. Markaz tashkil etilgan davr ichida 1992-1996 yillar dotsent X.Shodmonov, 1996-1999 yillar dotsent Yu.M.Halimbetov, 1999-2003 yillar professor Q.A.Asqarovlar faoliyat ko‘rsatgan.

  2003 yildan hozirga qadar S.G‘.Halimov bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelmoqda.
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi pq-4307-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyrug‘i asosida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi ”Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

  Bo‘lim prorektor rahbarligida ishlaydi. Bo‘limning kadrlar tarkibi bo‘lim boshlig‘i, uslubchilar va psixologdan iborat. Har bir o‘quv yilining boshida o‘quv yili uchun ish rejasini tuzadi va tasdiqlaydi, amalga oshirilgan ishlar va tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’ruzani ilmiy kengash va yuqori tashkilotlarga taqdim etadi.

  Institutdagi o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida bo‘limning asosiy vazifalari ma’naviy-ma’rifiy tizimga rahbarlik qilish, ushbu sohada olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish, ilg‘or tajribadan foydalangan holda zarur ilmiy va uslubiy adabiyotlar nashrlarini tayyorlashdan iborat, barcha sohalarda ishlaydigan xodimlarni o‘qitish, turli to‘garaklar va sport va jamoat klublari, uchrashuvlar tashkil etish, talabalarga umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy urf-odatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, ma’naviy sohadagi yutuqlar, yangi talablarga javob beradigan yuqori malakali etuk mutaxassislar tayyorlash. Ma’naviy va jismoniy barkamol, o‘z vataniga sadoqatli yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Iqtidorli talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib borish.

  Bo‘limning asosiy vazifalari talabalarni, malakali mutaxassis sifatida vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy vazifalarning mohiyatini anglab borishi, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarni mustaqil ishlashga tayyorlashning axloqiy asoslarini tushuntirishi mantiqiy fikrlashi, jamoani boshqarish qobiliyati, hayotda munosib o‘rin topishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, kelajakka ishonch, mamlakatning buyuk kelajagi yutuqlar bilan bog‘liqligini tushuntirishidan iboratdir.


Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari:


 • Talabalarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor qaratish – talabalarning milliy g‘ururini oshirish;

 • xalqning qadimgi qadriyatlarini boyishiga hissa qo‘shish;

 • ona vatan oldidagi hamfuqarolik, haminsoniylik vazifasini bajarishga tayyorlab berish;

 • bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy bilimini oshirish;

 • mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yuksalishida yoki mutaxassislarni tayyorlash;

 • talabalar kasbiy ko‘nikmasini oshirish;

 • muomala madaniyati oshirish, millati, vatani oldida, oilasi va do‘stlari oldidagi burchini shakllantiirish;

 • talabalarning shaxs sifatida individual xususiyatlarini shakllantirishi va takomillashtirish;

 • talabalar orasida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik o‘qishga va kasbga hurmat va ijtimoiy ma’suliyat hissini keng targ‘ib qilish;

 • talabalar manfaatlarini himoya qilish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi uchun barcha sharoitlarni yaratish;

 • talabalarning ijtimoiy – siyosiy va huquqiy ongini oshirish, tanqidiy va tahliliy tafakkurini kengaytirish;

 • adolatsizlik, firibgarlik, qarindosh – urug‘chilik va mahalliychilik, ya’ni jamiyatdagi salbiy kamchiliklarga qarshi kurashish;

 • talabalar o‘rtasida xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstrimizm, giyoxvand moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

 • maqsadli ma’naviy – axloqiy ishlarni takomillashtirish;

 • institutda boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;


Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining vazifasi:


  •  Ma’naviy tarbiya jarayonida boshqaruv tuzilishni muntazam takomillashtirish;
  •  • Rejalar va dasturlarni ishlab chiqish va ularni nazorat qilish;

     • Talabalar va professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va ta’lim to‘g‘risidagi qonun bilan birga milliy kadrlar tayyorlash dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida etkazishini tashkil etish;

     • Talabalar va professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlarini va axborotlarni o‘z vaktida etkazishni ta’minlash;

     • O‘qituvchi-murabbiylar tizimini takomillashtirishni yaratish;

     • O‘qituvchi-murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan ma’naviyat soatlarini samarali o‘tkazilishini ta’minlash;

     • Institutda ma’naviyat kunida utkaziladigan mazmunli tadbirlarni tashkillashtirish;

     • Har xil sohalarda tarbiyaviy uchrashuvlar tashkil etish;

     • Jinoyatchilikni oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ish tizimini takomillashtirish;

     • O’qituvchilarni ma’naviy-marifiy tarbiya masalalari buyicha o”quv qo’llanmalarini tayyorlash va nashr etish, shuningdek o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash;

     • Talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini tashkil etish;

     • Uyda yoki kvartirada yashaydigan talabalarning yashash sharoitlarini doimiy ravishda nazorat qilinishini tashkil etish;

     • Institutda maishiy uskunalar, sport va sog’lomlashtirish tizimini uzluksiz sifatli ishlashini ta’minlash hamda umumiy ovqatlanish va bo’sh vaqtlarini nazorat etish;

     • Institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalarida e’tirof etayotgan barkamol avlodni shakillantirish, ularga Vatanga muhabbat, o‘z xalqiga sadoqat, istiqlolga fidoiylik, mustaqil va erkin fikrga ega bo‘lgan, irodasi mustahkam, iymoni butun yoshlarni voyaga etkazish kabilar tashkil etish;

     • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi o‘z faoliyatini institut Nuroiylar va murabbiylar kengashlari, YOshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar maslahatchisi, psixolog, kasaba uyushmasi hamda fakultetlar dekanlarining yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda olib borish;

     • Fakultetlar va kafedralarida professor-o‘qituvchilar tomonidan «Axborot va ma’naviyat soatlari»ni o‘tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar murabbiylik guruh jurnallari va hujjatlarini muntazam ravishda tekshirib borish;

     • Institutda olib borilayotgan har bir ishdan ko‘zlangan maqsad talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, vatanga muhabbat, mustaqillikning qadriga etish kabi tuyg‘ularni shakllantirish;

     • Talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, ular keltirib chiqaradigan mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratish va shu maqsadda huquq-tartibot, diniy, sog‘liqni saqlash idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

     • Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boradi va istiqomat qiluvchi talabalarning dam olishi, o‘z ustida mustaqil ishlashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratishda ko‘maklashish;

     • Institutda olib borilayotgan har bir ishdan ko‘zlangan maqsad talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish, vatanga muhabbat, mustaqillikning qadriga yetish kabi tuyg‘ularni shakllantirish;

     • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorezm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, ular keltirib chiqaradigan mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda huquq-tartibot, diniy, sog‘liqni saqlash idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, ular ishtirokida amaliy anjumanlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazib boriladi. Shuningdek, talabalar ushbu mavzuda yaratilgan filmlar, spektakllar, sahnalashtirilgan tomoshalarga ommaviy ravishda olib borish;

     • Talabalar turar joylarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham bo‘limning doimiy e’tiborida turadi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning dam olishi, o‘z ustida mustaqil ishlashlari barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, talabalar turar joyida kutubxona va qiroatxona, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, sport kulub faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalarning o‘qishdan bush vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadidа qiroatxonada kitobxonlik kechalari, ma’naviyat va ma’rifat xonasida uchrashuvlar, davra suhbatlari, sport klubida turli musobaqalarni muntazam o‘tkazish;

     • Bo‘lim tomonidan talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda alohida ahamiyat beriladi. Buning uchun institutda 40 ga yaqin klub va tugaraklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa «Talaba» sport kulubi, «Quvnoqlar va zukkolar», «Zakovat» klublariga talabalarning qiziqishlari katta. Ularda bugungi kunda mingga yaqin talabalarimiz darsdan bo‘sh vaqtlarini do‘stlar bilan birgalikda o‘tkazishni tashkil qilish;

     • Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-qo‘vvatlash bo‘limning doimiy nazoratidagi ishlardan hisoblanadi. Milliy bayramlarimiz arafasida, shuningdek, yil davomida navbati bila nota-onasi yo‘q, nogiron, kam ta’minlangan talabalar moddiy rag‘batlantirib borishni tashkil qilish;