×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

DAVLAT IMTIHONLARI (KO)

  Oʼquv yili mobaynida yarim yillik, yillik (oʼqitishning birinchi yili tugagach) va yakuniy attestatsiya oʼtkazish nazarda tutiladi. Yetakchi olimlardan (yarim yillik, yillik va yakuniy attestatsiya) hamda kadrlar buyurtmachisi vakillaridan (yakuniy attestatsiya) iborat boʼladigan attestatsiya komissiyasi tarkibi muassasa rahbarining buyrugʼi bilan tasdiqlanadi, komissiya raisi etib ilmiy ishlar boʼyicha prorektor (direktor oʼrinbosari) tayinlanadi.

  Oʼqitish jarayonida klinik ordinatorlar bilimlari va malakasini baholashda 100 balli baholash tizimi qoʼllanadi. Bunda nazorat qilishning quyidagi turlari nazarda tutiladi:
  Ichki nazorat (mutaxassislik va yondosh fanlar boʼlimlari boʼyicha bilimlar va koʼnikmalarni baholash);
yarim yillik, yillik (oʼqitishning har bir semestri oxirida) va yakuniy attestatsiya;
  Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (nazorat tadbirlari rejasi boʼyicha va rejadan tashqari taʼlim faoliyatini monitoring va nazorat qilish) hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (muassasalarni belgilangan tartibda attestatsiyadan oʼtkazish va akkreditatsiya qilish).
  Klinik ordinator, uning amalga oshirgan ishlari toʼgʼrisidagi hisoboti kafedra majlisida maʼqullangandan keyin, yarim yillik, yillik va yakuniy attestatsiyaga qoʼyiladi. Hisobot kafedra (boʼlim, laboratoriya va shu kabilar) rahbari tomonidan tasdiqlanadi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
  Аttestatsiyani oʼtkazish tartibi (hisobot hujjatlari roʼyxati, oʼtkazish shakli va muddatlari, olingan bilimlar va koʼnikmalarni nazorat qilish turlari) Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
  Joriy oʼquv yilidagi oʼqitish dasturi tugallangandan keyin, attestatsiya natijalariga muvofiq, bilimlar va koʼnikmalarning reyting nazoratini hisobga olgan holda, attestatsiya komissiyasi tomonidan klinik ordinatorlarni navbatdagi kursga oʼtkazish, oʼqishdan chetlashtirish yoki klinik ordinaturani tugatganlik toʼgʼrisida qaror qabul qilinadi.
  Klinik ordinatorning tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy attestatsiya komissiyasining qarori muassasaning Ilmiy kengashida oʼqib eshittiriladi.
  Klinik ordinaturada mutaxassislar tayyorlash sifati, ularning amaliy sogʼliqni saqlash barcha boʼgʼinlarida mustaqil ravishda ishlashga tayyorligi uchun javobgarlik muassasalar va kafedralar (boʼlimlar, laboratoriyalar va shu kabilar) rahbarlari zimmasiga yuklanadi.