Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ)
Menu Close Menu

Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ)

TUZILISHI

  Hozirgi kunda institutda 59 ta talabalar ilmiy to'garagi mavjud bo'lib, ularda 1347 iqtidorli talabalar faol ishtirok etib kelmoqdalar. 2020 yilda 273 nafar talabalar Xalqaro va Respublika miqyosidagi tanlovlar, konferentsiyalar va fan olimpiadalari g'olibiga aylandi.

  Yil davomida institut O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, I.Karimov va Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyalari uchun talabalar tayyorlandi. Ayni paytda institut miqiyosida 3 nafar Ibn Sino nomidagi, 2 nafar I.Karimov nomidagi stipendiya va 2 nafar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiya nomzodlari mavjud. Shuningdek, 3 nafar talaba tanlovdan muvaffaqiyatli o'tib, "O'zbekneftgaz" AJ stipendiyasini qo'lga kiritdilar.
2020 yilning ikkinchi yarmida ilk marotaba institutda Davlat stipendiyalaridan tashqari iqtidorli talabalarni saralash va ularni keyingi faoliyatlarida rag'batlantirish maqsadida "Rektor stipendiyasi" tashkil etildi.

  "Rektor stipendiyasi" - iqtidorli yoshlarni rag'batlantirish, ularni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish va iqtidorli talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida har semestr natijalari bo'yicha ajratilgan oylik stipendiya. Tanlovda 15 nafar talaba g'olib bo'lib, "Rektor stipendiyasi" nomzodiga sazovor bo'ldi.

  So'nggi bir yil ichida 246 nafar talabalar Respublika va Xalqaro fan olimpiadalarida g'olib bo’ldilar. 2020 yilda Respublika fan olimpiadalarida institutning 2 nafar talabasi birinchi o'rinni, 3 ta talaba ikkinchi, 4 ta talaba uchinchi o'rinni egallashdi, bu Respublikaning tibbiyot oliy o'quv yurtlari orasida eng yaxshi natijadir.

  Institutning iqtidorli talabalari har yili tibbiyot institutlari va xorijiy mamlakatlarning markazlari tomonidan tashkil etiladigan talabalar konferentsiyalarida faol qatnashadilar.

  2020 yil 11-12 dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot institute tomonidan ilk marotaba buyuk alloma va mutafakkir Abu Ali ibn Sinaga bag'ishlangan "Samarqand-2020" Xalqaro onlayn olimpiadasi o’tkazildi. Ushbu olimpiada O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ko'magi bilan tashkil etilgan (№8-7-3/1901-1). Ushbu Xalqaro onlayn olimpiadada 14 nafar mamlakatdan 72 ta oliy o'quv yurtlari ishtirok etishdi. Olimpiada musobaqalari natijasida institutimizning 86 nafar talabalari sovrinli o'rinlar diplomlariga ega bo'ldilar.

  Instituti talabalari Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2020 yil 25 dekabrda tashkil etilgan "Abu Ali ibn Sinoning ta'limotidan - uchinchi Uyg'onish davriga qadar" nomli xalqaro talabalar fan online olimpiadasida faol ishtirok etishdi. Olimpiada natijalariga ko'ra ishtirokchilarning 17 nafari faxrli o'rinlarga sazovor bo'lishdi va 12 nafar talabalar fanlar bo'yicha nominatsiyalar g'olibi deb e’lon qilindi.

TALABALAR ILMIY JAMIYATI RAISI (TIJ)


Payzullayeva Umida Furkatovna

iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish bo'limi boshlig'i


FAKULTETLARLAR BO’YICHA MAS'ULLAR


Yarmuxamedova Saodat Xabibovna

davolash fakulteti dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi

Kubaev Aziz Saidalimovich

stomatologiya fakulteti assistenti, PhD

Aliev Dilmurod Davronovich

tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti assistenti, biologiya fanlari nomzodi

Qodirov Behzod G'ofurovich

farmatsiya fakulteti assistenti

Nabieva Sevara Sultanovna

tibbiy pedagogika fakulteti assistenti

Po'latov Ulug'bek Sunatovich

oliy hamshiralik ishi fakulteti assistenti


"O'ZBEKNEFTGAZ" AJ STIPENDIYASI NOMZODLARI


Ochilova Baxtigul Sayfidin qizi

pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi

Xudoyqulov Shazod Shavkatovich

davolash ishi fakulteti 6-kurs talabasi

Axmedjanova Diyora Ma'rufovna

tibbiy pedagogika fakulteti 6-kurs talabasi


"REKTOR STIPENDIYASI" NOMZODLARI


Rustamov Inoyatulla Muradilla ug’li

jarrohlik yo'nalishi bo'yicha 3-kurs magistratura rezidenti

Qobilova Zarina Abdumo'min qizi

tibbiy pedagogika fakulteti 6-kurs talabasi

Ibragimov Sherzod Umidovich

davolash ishi fakulteti 3-kurs talabasi

Abdusamatov Akobir O’ktamovich

tibbiy pedagogika fakulteti 6-kurs talabasi

Jalolov Davlatshox Abduvohidovich

pediatriya fakulteti 5-kurs talabasi

Turazoda Farangiz Ulug’bek qizi

pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi

Ikromova Parvina Xamidjon qizi

pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi

Qamariddinzoda Malikabonu Qamariddinovna

stomatologiya fakulteti 5-kurs talabasi

Zubaydulloeva Zarina Xamzayevna

davolash ishi fakulteti 3-kurs talabasi

Ahmedov Islomjon Yusufjonovich

jarrohlik yo'nalishi bo'yicha 2-kurs magistratura rezidenti

Malikov Nizom Malik o’g’li

pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi

Maxmudova Saodat Qurbonbekovna

pediatriya fakulteti 4-kurs talabasi

Ibragimova Fayruza Sobir qizi

tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiyot biologiya fakulteti 3-kurs talabasi

Olimjonova Faraxnoza Orifjonovna

kasbiy ta’lim fakulteti 2-kurs talabasi

Kurbaniyazova Aziza Zafarjonovna

davolash ishi fakulteti 6-kurs talabasi