Urologiya kursi
Menu Close Menu

Urologiya kursi

Shodmonovа Zebuniso Rаximovnа

SamDTI urologiya kursi mudiri, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba - Shanba 09:00 -15:00 gacha
Tel: +99891 5484964
E-mail: zebuniso.shodmonova@mail.ru
Manzil: Samarqand shaxri, Xodi Fayziy koʼchasi 2-uy

Kafedra a'zolari


F.I.SH Lavozimi
Salax Аllazovich Аllazov t.f.d., professor
Baxron Tursunovich Ishmuradov t.f.n., assistent
Nurillo Аsatovich Boboqulov assistent
Rushen Refatovich Gafarov assistent
Gʼulom Аbduganievich Xamroev assistent
Firdavs Muxiddinovich Tuxtaev assistent
Yusuf Nazimovich Iskandarov assistent
Bexzod Аminjonovich Batirov assistent

KAFEDRA TARIXI


  Urologiya xizmati juda qadimdan tabib yoki ustolar tomonidan koʼrsatilib kelingan (giyohlar bilan davolash, sunnat yoki xatna va boshqalar).
  Samarqandda urologiya xizmati Respublikamiz miqyosidagi xuddi shunday xizmatning tarkibiy qismi sifatida barpo boʼldi va taraqqiy etdi.

X.J.Raxmonov
(1916-1988)

  1932 yilda Oʼzbek davlat universitetining meditsina fakulteti va 1935 yilda Samarqand meditsina instituti tashkil qilinishi bilan fakultet xirurgiya kafedrasi tarkibida urologiya fani ham oʼqitila boshlangan. Urologiyadan lektsiyalarni har xil davrlarda professorlar А.А.Kozirev, B.E.Pankratьev, А.V.Suщevskiy, G.M.Mints, dotsentlar B.F.Medvedkov, M.L. Kotlyarevskiy, M.K. Karaevlar oʼqishgan.
  1965 yili SamMI 1-son klinikasida 45 oʼrinli urologiya boʼlimi ochilgach, uning bazasida IV kurs talabalariga lektsiyalarni dotsent X.J.Rahmonov, amaliy mashgʼulotlarni esa assistent N.А. Yusupov oʼta boshlagan.
  Mustaqil urologiya kursi 1973 yili tashkil qilinib, uning birinchi mudiri qilib dotsent X.J.Rahmonov tayinlangan. Dotsent Rahmonov Hamid Jalilovich 1 may 1916 yilda Fargʼonada tugʼilgan. SamMIni 1937 yilda tugatgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va 1947 yildan boshlab avval assistent, keyinchalik dotsent boʼlib fakultativ xirurgiya kafedrasida, 1973-1984 yillar davomida urologiya kursi mudiri va 1984 yildan to umrining oxirigacha shu kurs, keyinchalik kafedra dotsenti sifatida faoliyat koʼrsatgan.
  Dotsent Rahmonov X.J. uni bilganlar xotirasida printsipial xarakterli, yuqori professional xirurg-urolog va kamtarin inson sifatida eslanadi. U bemorlarning hurmati va olqishiga sazovor boʼlgan xirurg-urolog edi.
  Urologiya kursining birinchi xodimlari dots. Rahmonov X.J. (kurs mudiri), ass. Yusupov N.А., ass. Olimjonov N.K. va klinik ordinator S. Аllazovlar edi. 1976 yili N.А.Yusupov dotsentlikka oʼtkazildi va R.N.Ibodov Moskvada aspiranturani muvoffakiyatli tugatib qaytgach, assistentlikka qabul qilindi. Urologiya jamoasi bu davrda “Ileotsistoplastika”, “Siydik-tosh kasalligi”, “Pielonefrit” kabi muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib bordi.
  1979 yili urologiya kursi oʼshanda yangidan qurilib bitkazilgan SamMIning 2-son klinikasi tasarrufiga oʼtkazildi. 1984 yili kurs kafedraga aylantirildi va uning mudiri qilib shungacha fakultet xirurgiya, bolalar xirurgiyasi kafedrasida ishlab yurgan t.f.d. U.B.Bekmuratov tayinlandi, ord. Shtiben F.P. bir muddat soatbay assistent boʼlib ishladi. U.B.Bekmuratov chet elga ishlashga ketgach, urologiya kafedrasi 1990-1991 yillar davomida fakulьtiv xirurgiya kafedrasiga qoʼshib yuborildi (kafedra mudiri - prof. I.R.Rustamov). 1991yildan boshlab urologiya kafedrasiga mudir qilib gospital xirurgiya kafedrasida ishlab yurgan t.f.d. А.S.Salomov oʼtkazildi. Bu davrda kurs xodimlari “Buyrak va siydik yoʼllarining infektsion-yalligʼlanish kasalliklari”, “Prostata bezining adenomasi” kabi ilmiy muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib borishdi.
  1991-1998 oʼquv yili davomida urologiya kafedrasi pediatriya fakultetining xirurgiya kafedrasi bilan qoʼshilib, kafedra mudirligiga kayta prof. А.S.Salomov saylandi. Bu paytda kafedrada urologiya boʼyicha darslarni prof. S.А.Аllazov, ass., t.f.n.Z.R.Shodmonova, ass. D.R.Sayapova, ass. R.I.Hamitov va ass. N.А.Boboqulovlar olib borishdi.
  Urologiya kafedrasining aʼzolaridan S.А.Аllazov 1992 yili Samarqandda birinchi boʼlib urologiya fanidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

  1996 yili SamMIda “Urologiya” mutaxassisligi boʼyicha birinchi marta ajratilgan doktoranturaga t.f.n.Z.R.Shodmonova kabul qilindi va “Siydik-tosh kasalligini patogenetik davolash samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bora boshladi.
  1998 yilda D.R. Sayapova prof. S.А.Аllazov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu yillarda urologiya klinikasida "Uroliks" majmuasi, Litotriptor "Urat-II" oʼrnatilishi tufayli viloyat aholisiga koʼrsatilayotgan urologiya xizmati yangi pogonaga koʼtarildi.
  Urologiya kursi "Pediatriya fakulteti xirurgiyasi va urologiya" deb atalgan kafedradan 1999 yilda ajratildi va mustaqil urologiya kursigacha aylantirilib, prof. Аllazov S.А. mudir qilib tayinlandi. Bu davrda urologiyada juda koʼp qoʼllaniladigan adenomektomiya jarrohligi amaliyotida qon ketishni toʼxtatish maqsadida juda qulay maxalliy usul – lagoxilus dimlamasidan foydalanish yaxshi natijalar berdi (bunda adenoma oʼrnini tampon qilish, tikish yoki koagulyatsiya qilishga xojat qolmaydi).
  Mustaqil urologiya kursi 2006 yilda 6-7 kurslar xirurgik kasalliklari kafedrasi bilan yana kayta birlashtirildi.
  2013 yildan urologiya kursiga xirurgiya kafedrasidan oʼtkazilgan prof. Sobirov B.U. tayinlandi.
  2014 yildan urologiya kursi mudiri etib – t.f.n., dots. Zebuniso Raximovna Shodmonova tayinlandi va xozirgi kungacha faoliyat olib bormokda.
  Shu kungacha urologiya kursi professor-oʼkituvchilaridan taxsil olgan, soglikni saklash tizimida faoliyat olib borayotgan 100 dan ortik klinik ordinaturani, 40 nafar magistratura va 5 nafar aspiranturani tugallagan vrach-urologlar respublikamiz axoliga ixtisoslashgan xizmat kursatib kelishmokda.

  Hozirgi vaqtda SamDTI urologiya kursida dots. Z.R. Shodmonova raxbarligida prof. S.А. Аllazov., ass. N.А.Boboqulov., ass. t.f.n. Ishmuradov B.T., ass. Gafarov R.R., ass. Xamroev Gʼ.А.., ass. Tuxtaev F.M., ass. Iskandarov Yu.N. va ass.Batirov B.А.lar faoliyat olib borishmoqda. Urologiya kursida SamDTIning davolash, tibbiy pedagogika fakultetlarining 4-kurs talabalari xamda 10 nafar magistratura rezidentlari va 17 nafar klinik ordinatorlar taxsil olmoqda.

  Urologiya kursi xodimlarining bugungi kundagi vazifalari: urologiya fanidan bakalavr, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlarga taxsil berishida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni kullagan xolda yetuk mutaxasislar tayyorlab yetishtirish;
Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash vazirligining talablaridan kelib chikkan xolda, axoliga ixtisoslashgan, malakali tibbiy yordam kursatuvchi UАSh, yetuk urolog mutaxassislarini tayyorlab yetishtirish;
  Respublikamiz axolisi orasida mavjud urologik bemorlarni erta aniklash, ularga zamonaviy ixtisoslashgan urologik yordam kursatish va urologik kasalliklarning profilaktikasi yuzasidan ilmiy amaliy izlanishlar olib borish.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kursimizda talabalarning bo'sh vaqtlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi.Kurs faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri talabalar o'rtasida yuksak axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish, sog'lom turmush tarziga ehtiyojni tarbiyalash, talabalarni institut madaniy tadbirlariga jalb qilishdir. Ushbu vazifalarni bajarish uchun kursimizda tasdiqlangan rejaga muvofiq ishlar amalga oshiriladi. Haftaning har payshanba kunlari rejaga muvofiq ma’naviyat soatlari muntazam o`tkaziladi. Bundan tashqari har kuni ertalab studentlar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar bilan 5 daqiqa davomida oxirgi yangiliklar, ma'naviy-ma'rifiy sohada suhbat o’tkaziladi. Kurs xodimlaridan: ass.Xamroyev G’.A. davolash fakultetning 327-328 guruhlari bilan, ass. Gafarov R.R. 329-330 guruhlari, ass. To’xtayev F.M. 252-253 guruhlar bilan va ass. Iskandarov Yu.N. 254-255 guruhlar bilan kuratolik ishlarni olib bormoqda. Har bir kuratorning ish rejasi bor, shu asosda u kuratorlar guruhi bilan turli tadbirlarni olib boradi. Har bir kurator har bir talaba va uning kundalik faoliyati to'g'risida ma'lumotga ega. Shuningdek, voqealar syujetlarini aks ettiruvchi albom va disklar mavjud.

  Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi, unga ko'ra tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport musobaqalari va boshqalarga bag'ishlangan turli tadbirlar o'tkaziladi.

Urologiya kursi xodimlarining Samarkand shaxridagi tarixiy kadamjolarga sayoxatlari

Murabbiylik guruxlari talabalari, murabbiy ass. Xamroev G.А., ass. Gafarov R.R. va prof. Indiaminov S.I. bilan birgalikda
Yarim marafonda ishtiroklari


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


Kurs bo'yicha o'quv uslubiy ishlar O'zbekiston Respublikasining o'quv-uslubiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan:

1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni (1997 yil 29 avgust).
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgust).
3. SSSR Qurolli Kuchlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Oliy ma'lumot to'g'risidagi nizom". 9.01.2003 yildan
4. 5510100 "Davolash ishi" va 5111000 "Tibbiy-pedagogika fakulteti" yo'nalishlari bo'yicha davlat ta'lim standarti.
5. Oliy ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 5510100 " Davolash ishi " va 5111000"Tibbiy-pedagogika fakulteti" o'quv yo'nalishlari uchun o'quv dasturlari.
6. Mavzular bo'yicha standart va ishchi dasturlar.
7. Belorusiya Respublikasi Qurolli Kuchlari vazirligining 2009 yil 204-sonli buyrug'i bilan Belorusiya Respublikasi Samolyot va ijtimoiy ta'minot vazirligining 2010 yildagi 333-sonli buyrug'iga asosan o'zgartirishlar bilan tasdiqlangan "Talabalar bilimlarini monitoring qilish va baholash reyting tizimi to'g'risida nizom".
8. SamMI rektorining 2013 yil 12 sentyabrdagi 43-sonli buyrug'i "Institutda o'quv jarayonini modulli o'qitish tizimida tashkil etish to'g'risida".
9. SamMI rektorining 2013 yil 19 dekabrdagi 951 / U-sonli buyrug'i "Institutda o'quv jarayonini moodle.sammi.uz intranet elektron o'quv tizimida tashkil etish to'g'risida".
10. SamMI Ilmiy Kengashining 2016 yil 15 iyundagi 9-sonli "Ta'lim jarayonini tashkil etishning kredit-modulli tizimida talabalarning o'quv faoliyatini baholash va nazorat qilish bo'yicha tavsiyalar" bayonnomasi.
Hozirgi kunda kafedrada tibbiyot va tibbiy-pedagogika fakultetining 4-kurs talabalari hamda Koreyadan "urologiya" fanidan talabalar shug'ullanmoqda. Bundan tashqari, 9 magistratura rezidentlari va 17 ta klinik rezidentlari o'qitiladi.
  Yaratilgan kompyuter platformasida kafedrada amaliy va nazariy mashg'ulotlar olib borilmoqda. Darslar davlat talablariga to'liq mos ravishda o'tkaziladi. O'quv jarayoni RSCEMP Samarqand filialining barcha bo'limlarida mavjud bo'lgan zamonaviy texnologiyalardan to'liq foydalangan holda amalga oshiriladi.
  Urologiya tsikli davomida talabalarning chuqur bilim olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Xususan, talabalarning umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikmalarni - kiyinish xonalarida ishlash, operatsiyalarga yordam berish, tungi smenalarda 1-2 marta qatnashish va boshqalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Baholash mezonlari bosqichma-bosqich aniqlanadi, bunda amaliy ko'nikma maqsadi, ko'rsatmalar va bajarish texnikasi ko'rsatilgan.

So'nggi 5 yil ichida kafedra o'qituvchilari tomonidan quyidagi o'quv qo'llanmalar, klinik qo'llanmalar va monografiyalar nashr etildi:

1. Болезнь Фурнье: усовершенствование диагностики и лечения. Самарканд, 2017
2. Урологическая помощь при позвоночно-спинномозговых повреждениях. Самарканд, 2017
3. Гемостаз при аденомэктомии простаты. Тошкент: Istiqlol, 2019-172с. (Монография)
4. Нурдиёрининг шифо бахш усимликлари. Самарканд: Зарафшон нашриёти. 01.07.2019 й.
5. Гемостаз лагохилусом при аденомэктомии простаты. Самарканд 2019, 63 бет.
6. «Гематурия» модулини яратиш аъмоллари. Самарканд 2019, 83 бет
7. Коагулологические показатели при аденомэктомии простаты. Самарканд 2019, 66 бет.
8. Кровопотеря при аденомэктомии простаты. Самарканд 2019, 55 бет.
9. Неотложная эндоурология при уролитиазе. Самарканд 2019, 63 бет.
10. Хирургические осложнения при различных способах аденомэктомии простаты. Самарканд 2019, 61 бет.
11. Адабиётимиз утмишидан бирзар варак. Самарканд 2019, 28 бет.
12. Пропедевтика урологических заболеваний. Самарканд 2020, 75 бет.
13. Стандарты и клинические протоколы в экстренной урологии. Самарканд 2020, 56 бет
14. Лагохилус в урологии. СамТИ нашриёти 2020. (Монография)
15. Факультетская урология. СамТИ нашриёти 2020.
16. Бошланғич урология. СамТИ нашриёти 2020.
17. Умумий урология. СамТИ нашриёти 2020.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy ishlar ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog'liqni saqlash talablari bilan chambarchas bog'liq holda olib boriladi. Hozirgi kunda u amaliy urologiyaning eng dolzarb muammolarini, xususan, urolitiazni, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini jarrohlik yo'li bilan davolash, urologik etiologiyali gematuriyada gemostazning yangi usullarini ishlab chiqishga qaratilgan.
  Kafedra xodimlari ilmiy izlanishlar olib borish uchun grant olish uchun arizalar tanlovlarida qatnashadilar.
  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan EXM dasturi uchun 2 ta patent, 6 ta ratsionalizatorlik taklifi, 5 ta amaliyot aktlari tayyorlandi. Hozirgi kunda kafedrada falsafa doktori - PhD ilmiy darajasini olish uchun 2 ta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 70 dan ortiq ilmiy ishlar (3 ta o'quv qo'llanma, 3 ta monografiya va boshq.) nashr etilgan, shu jumladan 30 dan ortiq chet elda.


TALABALAR ILMIY JAMIYATI


  Talabalarning ilmiy to'garaklaridagi talabalarning ishtirok etishi kafedra faoliyatidagi o'quv jarayonining ajralmas qismidir. Urologiya kafedrasi talabalar to'garagi tarkibiga universitetning ilmiy va o'quv faoliyatida faol qatnashadigan 7 talaba kiradi.
  Ilmiy-tadqiqot ishlarining materiallari har yili universitetning yosh olimlari konferentsiyasida namoyish etiladi, u erda to'garak a'zolari doimiy ravishda sovg'alar olishadi. Eng yaxshi ishlar xalqaro talabalar ilmiy konferentsiyalariga yuborilgan.

To'garak talabalarining respublika va xalqaro konferentsiyalarda qatnashishini tasdiqlovchi sertifikatlar va diplomlar