×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor

G'ayrat Elmurodov Abdumurodovich

Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:


  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

 • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, moliyaviy-iqtisodiyot jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha SamDTI Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruq hamda farmoyishlarning bajarilishini tashkil qilish;
 • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
 • Moliyaviy jarayonni ta’minlaydigan taribiy bo‘linmalar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
 • Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid yordamchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, tarkibiy bo‘linmalarni malakali xodimlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
 • Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid bo‘sh lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
 • O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
 • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
 • Oliy ta’lim muassasalari bilan moliyaviy-iqtisodiyot yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
 • SamDTIni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
 • SamDTI moliya-iqtisodiyot va xo‘jalik ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
 • Reja-moliya bo‘limi, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
 • Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
 • SamDTIning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
• Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishni tashkil etish;
• Davlat budjeti, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetalarini tegishli vazirliklardan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
• SamDTI xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
• SamDTIning o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
• Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida SamDTIning moddiy texnika bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
• SamDTIga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
• Shtat, budjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisoboti nazoratini tashkil qilish;
• Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
• SamDTIning professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
• SamDTIning professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
• To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;
• Qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, qora va rangli metall chiqindilarini topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;
• Talaba va xodimlarni favqulodda holatlardagi hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
• Institut binolarini barqarorligini ta’minlash,yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigienik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
• Talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;
• Professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim oluvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalarini tashkil etish;
• O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.