×
Menu Close Menu

Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor

Aminov Zafar Zayirovich

Tibbiyot fanlari doktori


Qabul vaqti:
Tel: (0366)233-27-44
Fax: (0366)233-27-44
E-mail: international.department@sammi.uz, aminov.zafar@sammi.uz1969botir@mail.ru
Manzil: Samarqand shahar, Amir Temur ko’chasi,18 uy

  Aminov Zafar Zayirovich 2002-yilda Samarqand Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2001–2003yillarda Prezident Yordamchilarning Samarqand shahar tibbiyot talabalari assotsiatsiyasida prezident yordamchisi, 2003-2008 yillarda Project HOPE xalqaro tashkloti Qarshi bo’limi monitoring va baholash bo'yicha mutaxassisi, 2008–2010yillarda Nyu-York Davlat universiteti magistranti, 2010–2013 yillarda Nyu-York Davlat universiteti doktoranti, 2013-2020 yillarda Samargand davlat tibbiyot instituti Ijtimoy salomatlik, umumiy gigiena va ekologiya kafedrasi mudiri, 2014-2018 yillarda Samargand davlat tibbiyot instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash prorektori, 2018-2020 yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti Ijtimoy salomatlik, umumiy gigiena va ekologiya kafedrasi mudiri, o’rindoshlik asosida xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i, 2020 yildan hozirgi kunga qadar Samarqand davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor. Aminov Zafar Zayirovich oʼz ish faoliyati davrida bilimga chanqoq, yangilikka intiluvchan va oʼz ustida tinimsiz ishlovchi shifokor ekanligini koʼrsatdi bemorlar, kafedra va boʼlim xodimlari orasida katta hurmatga sazovor boʼldi.

PROREKTOR LAVOZIM VAZIFALARI


  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish.
  • Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan universitetning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.
  • Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.
  • Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish.