×
Menu Close Menu

Davolash ishlari boʼyicha prorektor

Аbdullaeva Nargiza Nurmamatovna

tibbiyot fanlari doktori, dotsent


Qabul vaqti:
Tel:
Fax: (0366)233-71-75
E-mail:
Manzil: Samarqand sh., Amir Temur k.,18 uy

  Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna 02.10.1975 yilda Samarqand shahrida tugʼilgan. 1997 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. Asab kasalliklari mutaxassisligi boʼyicha klinik internaturani tugatganidan soʼng, 1999 yildan 2004 yilgacha u SamMI klinikasining nevrologiya boʼlimida vrach-ordinator boʼlib ishlagan. 2004 yilda «Yod tanqisligi fonida epilepsiya kasalligining kliniko-patogenetik kechishi va davolash usullari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2004 yildan 2007 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot instituti nevrologiya kafedrasida assistent boʼlib ishlagan. 2008 yilda unga dotsent ilmiy unvoni berildi. 2008 yildan 2019 yilgacha - Samarqand davlat tibbiyot instituti nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasi dotsenti.

  2010 yilda Nargiza Nurmamatovna SamMI oliy hamshiralik fakulteti dekani etib tayinlandi. 2016 yilda «Qariya va yoshi kattalarda epilepsiya va epileptik paroksizmlar» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

  Nargiza Nurmamatovna bir vaqtning oʼzida SamMI 1-klinikasining bosh vrachi , viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi hayʼatining, Oʼzbekiston oliy oʼquv yurtlari rektorlari kengashi huzuridagi «nevrologiya», «bolalar nevrologiyasi», «tibbiy genetika» yoʼnalishlari boʼyicha monotematik komissiya, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ixtisoslashtirilgan nevrologlar kengashining aʼzosi xisoblanadi. Shu bilan birga u «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining aʼzosidir.

  Davolash ishlari boʼyicha prorektorning asosiy faoliyati:

  • klinik kafedralar xodimlari tomonidan davolash ishlarining bajarilish hajmi va sifatini nazorat qilish, klinik bazalar bilan oʼzaro aloqalarni taʼminlash, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni davolash jarayoniga tatbiq etilishini amalga oshirish;
  • tegishli yuqori tashkilotlarning buyruqlari va koʼrsatmalari, institut Ilmiy kengash qarorlari va SamMI rektorining davolash ishlari bilan bogʼliq buyruqlari bajarilishini tashkil etish.