×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Ziyadullayev Shuxrat Xudayberdiyevich


Qabul vaqti:
Telefon: (0366)233-30-34
Fax: (0366)233-71-75
E-mail: ziyadullayev@mail.ru
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

  Ziyadullayev Sh.X. 2000-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2000-yildan 2003-yilgacha aspiranturada, 2010-2013-yillar Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya institutida doktoranturada tahsil olgan. 2006-yilda tibbiyot fanlari nomzodi, 2014-yilda esa tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalari himoyasini qilgan (ilmiy rahbar va maslahatchi prof. Xaitova N.M.).
  2002-yildan 2010-yilgacha Samarqand davlat tibbiyot instituti umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash №2-son terapiya kafedrasi assistenti. 2013-yildan 2017-yilgacha Samarqand davlat tibbiyot institutida ichki kasalliklar, farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri. 2017-yildan 2018-yilgacha Toshkent Davlat stomatologiya instituti stomatologiya va yuz-jag jarroxligi ilmiy-amaliy markazi katta ilmiy xodimi. 2018-yildan 2020-yilgacha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy kotibi.
  Ziyadullayev Sh.X. 240 ta ilmiy va oʼquv – uslubiy ishlar muallifi, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan darslik, oʼquv qoʼllanma, 2 ta monografiya va 14 ta uslubiy tavsiyanomalar. Ilmiy faoliyat boʼyicha davlat dasturi doirasidagi 3 ta amaliy va fundamental tadqiqotlar loyixalarni bajarishda raxbar va ijrochi sifatida ishtirok etgan. Xalqaro hujayra biologiyasi boʼyicha (9- xalkaro kongress, 2007- Seul, Koreya, 3-Immunodiagnostika va immunomonitoring konferentsiyasi 2009-Chikago, АQSh, Yevropa Respirator jamiyatining-yillik kongressi, 2009-Vena, Аvstriya, 32- Butunjaxon ichki kasalliklar kongressi 2018-Seul, Koreya va boshqalar) hamda Respublika kongresslar maʼruzachisi.
  Ziyadullayev Sh.X. Oʼzbekiston Respublikasi Immunologiya va inson genomikasi institutida hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash koshidagi ilmiy seminar aʼzosi. Oilali, uch nafar farzandi bor.

  Ilmiy va innovatsion faoliyat Samarqand davlat tibbiyot instituti faoliyatini muhim qismi boʼlib, sogʼliqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish doirasida amalga oshirib kelinmoqda.

  SamDTI respublika va halqaro koʼrgazmalar, konferentsiyalar, kongresslar va boshqa ilmiy tadbirlarga faol ishtirok etmoqda. Institutda muntazam ravishda tibbiyotni dolzarb masalalariga bagʼishlangan turli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlari oʼtkazilib kelinmoqda.

  SamDTI zamonaviy poligrafik bazasiga ega. Muntazam ravishda oʼquv qoʼllanmalar, monografiyalar, ilmiy ishlar toʼplamlari, OʼzR OАK dissertatsion ishlarni asosiy natijalarini chop etadigan nashrlar roʼyxatiga kiritilgan «Journal of Biomedicine and Practice», «Biologiya va tibbiyot muammolari jurnali», «Vrach axborotomasi jurnali», «Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali», «Gepato-gastroenterologik tadqiqotlar jurnali», «Reproduktiv salomatlik va uronefrologik tadqiqotlar jurnali», «Stomatologiya va kraniofatsial tadqiqotlar» jurnallari nashr qilinmoqda.

  Oliy malakali kadrlarni tayyorlash uzluksiz tizimi tashkil etilgan. Institutni bitirgandan soʼng talabalar oʼz oʼqishlarini magistratura, klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktoranturaga davom ettirishlari mumkin. Institutda tibbiyot fanlari boʼyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) boʼyicha quyidagi ixtisosliklar boʼyicha 2 Ilmiy kengash faoliyati yoʼlga qoʼyilgan: 14.00.01 – Аkusherlik va ginekologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar, 14.00.09 – Pediatriya, 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi, 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.04 – Otorinolaringologiya, 14.00.14 - Onkologiya.

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentini 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan OʼzR Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy muassasalar hamda oliy taʼlim muasasalarini reytingi olib borilmoqda va ularni ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tizimi joriy qilingan. 2020-2021 oʼquv yili boʼyicha baholash natijalariga koʼra, reytingda ishtirok etadigan 85 OTMlar ichidan SamDTI eng zoʼr 10-likga kirdi. Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi rektor J.А. Rizayev va ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Sh.X. Ziyadullayevlarni ragʼbatlantirishga taqdim etgan.


ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO‘YICHA PROREKTOR LAVOZIMINING MAJBURIYATLARI


• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmonlari va farmoyishlari, ta’lim va fan sohasidagi Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining me’yoriy – huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
• Rejalar va dasturlarni, ilmiy – tadqiqot, innovatsion , ixtirochilik faoliyati va ilmiy tadqiqotlarni standartlashtirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarishda kafedra va kurslarga tashkiliy yordam ko‘rsatish;
• Iqtidorli yoshlarni topish, tanlash va ular bilan ishlashda yordam va boshqarish;
• Talabalarni Respublika va xalqaro ilmiy –amaliy konferentsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari, I.A. Karimov va Avitsenna nomidagi davlat stipendiyalari tanloviga, shuningdek Respublika fan olimpiadalariga tayyorlash jarayonini boshqarish;
• Institut kafedralarining ilmiy – tadqiqot faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni, shuningdek ilmiy tadqiqot loyihalari va grantlarida ishtirok etish, tadqiqotlar samaradorligini monitoring qilish, turli xil ko‘rgazmalarda amaliy faoliyat, ilmiy texnik ishlanmalarni joriy qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish
• Ilmiy tadqiqotlar olib borishda me’yoriy talablarga, hujjatlarni sifatli rasmiylashtirishga, uni muvofiqlashtirilgan va o‘rnatilgan tartibiga rioya qilinishini ta’minlash;
• Intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish, ilmiy yutuqlarni parentlash ishlarini boshqarish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish
• Institut kafedralari xodimlarining ilmiy materiallarini, shuningdek jurnalning ilmiy maqolalarini, institutning o‘quv va ilmiy faoliyati davomida ilmiy va davriy nashrlarni tayyorlash va nashr etish jarayonini, kutubxona adabiyotlarining yangilanishini nazorat qilish; halqaro raqamli kutubxonalari Scopus, Web of Science va boshqalarga institut xodimlarining kirishini ta’minlash;
• Respublika va xalqaro ilmiy – amaliy konferentsiyalarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish, o‘qituvchilar va talabalarning etakchi xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash;
• Doktorantura va mustaqil izlanuvchilar orqali yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlash, shuningdek institut xodimlarining ilmiy unvonlarini o‘z vaqtida olishga yordam berish ;
• Xalqaro aloqalar bo‘limi bilan birgalikda chet el grantlarini olish bo‘yicha ilmiy loyihalarni shakllantirishda ishtirok etish.