×
Menu Close Menu

Xotin-qizlar qo'mitasi

Xudayberdieva Gavxar Ismoilovna


Qabul vaqti: Dushanba-shanba: 1500-1700
Tel: +99891 557 81 32
E-mail: xotin-qizlar@sammi.uz
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

Xotin-qizlar maslahat kengashi


  Respublikamizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq xotin-qizlarning jamiyatdagi oʼrni va mavqeini yanada yuksaltirishga qaratilgan keng koʼlamli chora-tadbirlardan asosiy koʼzlangan maqsad ularga boʼlgan eʼtiborni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Shu maʼnoda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini takomillashtirish borasida oʼtgan yillar mobaynida qator qonun va qarorlar qabul qilinib, ayolga boʼlgan eʼtibor davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda 62% koʼproq ayollarimiz iqtisod, boshqarish, ishlab chiqarishning turil slhalarida faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar. SamDTI ida faoliyat koʼrsatayotgan professor oʼqituvchilarning 54%i xotin qizlar bulib, ular orasida fan doktorlari 28%, fan romzodlari 36%ni tashkil etadi. Institutning bir kator ayollari kafedra va boʼlimlarida rahbarlik faoliyatini yuritmoqda. Jumladan: 2 nafar prorektor, 1 nafar fakultet dekani, 36 nafari kafedra va kurs mudirlari, institut maʼmuriyati bulimlarida 10 nafar bulim boshliklaridir.


Tarixi


  Institut xotin-qizlar kenashi o’ziining uzoq yillik tarixiga ega bo’lib, xotin-qizlar raisi vazifalarida hurmatli ustozlarimiz Abduraxmonova Sayyora Kadirovna, Salaxitdinova Ra’no Maslaxatovna, Tilavova Sayyora Sharafutdinovna, Ibadova Dilbar Negmatovna, Yuldashova Dilorom Yuldashovna, Xusenova Shoira Akbarovna, Ishankulova Nasiba Nurmamatovnalar faoliyat yuritib, xotin-qizlar kengashi ishining rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishgan.

Kengashning asosiy maqsadi


  Xotin - qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar va mehnat turlariidagi faoliyatini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jaʼmoat ishlarini olib borish; xotin - qizlar oʼrtasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy kadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni xar tomonlama barkamol inson kilib tarbiyalashda turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, utkazish; xotin - qizlarning hukuklarini muxofaza kilish, maʼnaviy, intellektual va kasbiy tajribasini, xuquqiy savodxonligini, madaniyatini oshirib borish; iktidorli qizlar tugaragini yulga qo’yish, iktidorli kobiliyatli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa nomdar davlat mukofotlariga tavsiya kilishda ishtirok etish ; oilada soglom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yirok boʼlish, xotin - qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muxofaza kilish, xotin qizlarning madaniyat va sportga boʼlgan qiziqishlarni oshirish; xotin - qizlarimiz oʼrtasida xalkimiz maʼnaviyatiga, turmush tarziga yot bulgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyovandlik, ichkilikbozlik, oʼz joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish; xotin - qizlar oʼrtasida ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, diniy ekstremizm missionerlik gʼoyalarining tarqalishini oldini olish, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlik holatlaridan himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron qizlarimizni doimiy nazoratga olib ko’mak berish, yordam ko’rsatish va qo’llab quvvatlash.

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  Xotin qizlarning jamiyatda siyosiy , ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʼllab quvvatlash, ularning ijtimoiy iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaailarini himoya qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni maʼnaviy barkamol, gʼoyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yoʼlida oʼz kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish hisoblanadi.
  Institutning ijtimoiy hayotida, professor-oʼqituvchilar, yordamchi texnik xodimlar, Talaba-qizlar oʼrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borishda xotin-qizlar maslahat kengashi raxbariyat koʼmagida faol ishtirok etib kelmoqda.  
  Talaba-qizlar maʼnaviy olami ruhiy-psixologik xolatini oʼrganib borish maqsadida, talaba qizlarda yuksak maʼnaviyat tushunchalarni shakllantirish borasida uchrashuvlar, davra suhbatlari oʼtkaziladi. Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba qizlarda sogʼlom turmush tarzi malakalarini shakllantirish, oʼz salomatligiga nisbatan masʼuliyat, turli zararli odatlarga ruju qoʼymaslik, faxsh yoʼliga kirmaslik, muntazam ravishda sport bilan shugʼullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomala madaniyatiga rioya qilishni shakllantirish, talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, qizlarning oʼzlarini tutishlari, oʼqishga va kelajak hayotga boʼlgan munosabatlariga bagʼishlangan turli tadbirlar, davra suhbatlari talabalarning turar joylarida ham doimiy amalga oshirib keladi. 
  Xar bir sohada bulgani kabi ilm fan sohasida xam ayollarni urni bekiyosdir. Yosh olima xotin - qizlarimiz oxirgi vaqtlarda ilmiy izlanishlar borasida faollik kursatmokdalar. Iqtidorli talaba qizlarimiz davlat stpendiyalariga, jumladan I.Karimov, Ibn Sino, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi nomdar stipendiyalari gʼolibi boʼlishgan.

Jamoamizning barcha aʼzolari oʼzlarining xayrli ishlari, mehnatsearligi bilan jamiyatimizning tinchligi va farovonligiga hissa qoʼshmoqdalar.